1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari



Download 0,69 Mb.
bet27/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Metodik qo`llanma: O`yinni avval tarbiyachining o`zi ko`rsatadi, so`ngra ikkita bolani chaqiradi va birgalikda gudok chalinishini tasvirlaydilar. ¡olgan bolalar faqat qo`llari bilan harakat qiladilar. So`ngra hamma bolalar birgalikda o`ynaydilar.

Ovoz balandligini rivojlantirish.

Mashg`ulotning mavzusi: «Bo`g`irsoq» ertagining rasmlarini ko`rsatib turib ertakni aytib berish.

Mashg`ulotning maqsadi: ovoz balandligini o`zgartirish malakasini rivojlantish.



Metodik ko`rsatma: bolalar har bir obrazni, yahni quyon, ayiq, bo`ri, tulkining ovoziga taqlid qilganlarida juda baland yoki juda past gapirmasliklari darkor. Bolalarning ªshiga mos ravishda ovozni balandlatish yoki pastlatish kerak.

Ovoz mashqlari bolalar uchun tanish bo`lgan tovushlarga taqlid qilish orqali olib boriladi. Oldin defektologning o`zi arining ovoziga taqlid qilib ko`rsatadi. («z-z-z-z»).

Ovozni tarbiyalash bolaga sekin va qattiq, past va baland tovush bilan gapirish, o`rtacha ovoz kuchi bilan so`zlashishi, so`zlaganda qisilmasliq ovozni o`zgartira olish (baland va past qila bilish) imkonini beradi, bu esa tasviriy nutqni tarbiyalashda juda muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar tovush madaniyatini shakllantirishda tovush, so`z talaffuzini, intonatsiya, surhat, ovoz kuchi va nutqning ta`sirli hamda tasviriy oxangdorligini oshirishga katta ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Nutq madaniyatining asosini eshitish nutqi va nutqda nafas olib, nafas chiqarish tashkil qiladi. Bularni egallamasdan nutqni yaxshi egallab bo`lmaydi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda tovush madaniyatini shakllantirish qiyinchilik bilan amalga oshadi. CHunki ularda bosh miyaning organik jarohatlanish natijasida, bilish faoliyatida turg`un buzilishlar kuzatiladi. Bu o`z vaqtida nutqni rivojlantirishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ko`p tovushlarni, yahni sirg`aluvchi (s, z), shovqinli (sh, j, ch), til orqa (q g, h), chuqur til orqa (q, g`, x), sonor (p,r) tovushlarni talaffuz qila olmaydilar yoki noto`g`ri talaffuz qiladilar. Bunday holat bola nutqini xarakatga keltiruvchi apparatning sust yoki rivojlanmaganligidan dalolat beradi.

SHuningdeq bahzi bolalar so`zdagi bo`g`inlarning joyini o`zgartirib, so`zni noto`g`ri aytadilar. Masalan, «dahliz – dalxiz», «deraza-dezara». Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda tovushlarni talaffuz qilish har xildir.

5-6 yashar aqli zaif bolalarning ayirimlari boshqalarga nisbatan nutqni bir muncha yaxshi egallaydi, bahzilarining nutqini umuman tushunib bo`lmaydi.

6-7 yoshga kelib bolalarning nutqi bir muncha o`zgaradi, ular nutqida bahzi bir tovushlar paydo bo`la boshlaydi. Dastlab bolalar bu tovushlarni aniq talaffuz eta olmaydilar. Defektolog yordamida bu tovushlar o`zlashtirib boriladi. Bunda talaffuzning turg`un bo`lmasligi aqli zaif bolalar uchun xarakterli xususiyatlardandir. Bolalar tovushlarni bahzan to`g`ri bahzan noto`g`ri talaffuz qiladilar. Bu tasodifiy bir xol bo`lmay, bola yangi tovushni eski tovush bilan chalkashtirib yuboradi, yangi tovushni o`rinli, o`rinsiz ishlataveradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini xarakatga keltiruvchi apparatlarning sust yoki rivojlanmaganligi sababli nutq ahzolarining xarakatchanligini oshirish maqsadida mashqlar olib borilishi lozim. Tovush va so`zlarning toza, aniq talaffuz etilishi artikullyatsiya xarakatining aniqligi hamda kuchiga bog`liq. SHuning uchun aqli zaif bolalarda tovushlarni to`g`ri talaffuz etishni tarkib toptirib borish bilan birga alohida nutq ahzolarini harakatga keltiruvchi apparatlarini: lab, til, lunj muskullarini doimiy mashq qildirib borish va jahning xarakatchanligini o`stirish uchun artikullyatsion mashqlardan foydalaniladi. Masalan,



  • lab uchun umumiy artikullyatsion mashqlar: labni kulgi holatiga keltirish, labni cho`chaytirish;

  • til uchun – tilni yuqori-pastga, o`ng-chapga harakatlantirish, tilni kengaytirish, ingichka holga keltirish, tilni kengaytirib pastki, so`ng yuqori lablarni yopish, pastki va yuqorigi tishlarni til bilan aylana harakat qildirish;

  • jag` uchun – og`izni ochib, yopish, pastki jag`ni o`ngga va chapga fazoviy munosabatni aks ettiruvchi harakat qildirish;

  • lunj uchun – lunjni shishtirish, havoni bir tekis chiqarish, havoni kuch bilan chiqarish.

Ko`pincha artikulyatsion mashqlar o`yin xarakterida bo`ladi.

O`yinda bolalar kerak bo`lgan so`z va tovushlarni bir necha bor takrorlaydilar.

Bunday ishlarni o`tkazish metodlari quyidagilardan iborat: ko`rsatma materiallar bilan o`ynaladigan didaktik o`yinlardan, masalan: lozim bo`lgan tovushlar ishtirok etadigan o`yinchoqlar to`plami bilan «Ajoyib xaltacha» o`yinidan yoki og`zaki didaktik «Bu kimning uyi» (hayvonlarning ovoziga taqlid qilish uchun), «Orkestr» (muzika asbobining ovoziga taqlid qilish uchun) o`yinlaridan foydalanish mumkin.

Bulardan tashqari, harakatli : Ot-otakam» (bolalar otga taqlid qilib, tuyoqlarning ovozini chiqaradilar, aravakashni tasvirlab, tillarini cho`pillatadilar. Xar ikki holda ham bolalar tilning harakatchanligini tarbiyalashga qaratilgan o`yin harakatini bajaradilar) . «Poezd», «CHumchuqlar va avtomobilg’» o`yinlari o`tkaziladi. Tovushlarga taqlid qiluvchi hikoyalar o`qiladi (Qarg`avoy ertagini qayta aytish), maxsus tanlangan ashula, shehrlar yoddan aytiladi, katta guruhlarda esa tez aytish mashqlari o`tkaziladi. Asosiy usullar to`g`ri talaffuz namunasini ko`rsatish yakka-yakka va xor bo`lib takrorlash ko`rsatma berish hamda tushuntirishdir. Bu usullardan nutq o`stirishdan o`tkaziladigan boshqa mashg`ulotlarda ham jumladan, narsalar va suratlarni ko`rish, sayrda kuzatish vaqtida ham foydalanish mumkin

O`quv yilning boshida hamma guruhlarda o`yin va mashqlarga talaffuz jihatidan oson (p, b, m, t, d, l) tovushlar kiritiladi. Defektolog bolalar artikullyatsion apparatining ishini kuzatib boradi, kimning lab va jag`i kam xarakat qilsa, uni aktivlashtiradi.

Bunday mashg`ulotlar bir necha marta o`tkazilgandan keyin o`yin mazmuniga qiyinroq shovqinli tovushlar (j, sh, ch) shuningdeq til orqa (qg), chuqur til orqa (q, g`, k), sonor (r) tovushlar ham kiritiladi. So`zlarni to`g`ri talaffuz etish yuzasidan olib boriladigan ishlar alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bola so`zning bo`g`in tarkibini buzib aytadi. Bu esa ko`proq kichik yoshdagi aqli zaif bolalarda uchraydi (so`zdagi bo`g`inlarning o`rnini almashtirib yuboradi). So`z tuzilishini to`g`ri saqlab qolishda nutq surhatining ohistaligi, talaffuzning ravon bo`lishi juda muhim. Bolalarda, ashulali matnlarda, qiyin bo`lmagan shehrlarni sekin o`qish davomida tarbiyalab boriladi.

So`zlarni talaffuz qilish ustida ishlash uchun «Magazin», «Kutubxona» singari didaktik o`yinlardan ham foydalaniladi. «Magazin» o`yinida bolalar boshqaruvchiga, yahni sotuvchiga murojaat etib, har bir so`zni ravon aytishga o`rganadilar.

Katta guruhlarda namuna bo`yicha hikoya qilishdan foydalaniladi. Bunda bolalar xato qiladigan so`zlar qo`llaniladi, bolalar mana shu berilgan namuna asosida o`zlarining kichik hikoyalarini tuzadilar. Bu tuzgan hikoyalarida berilgan so`zlardan albatta foydalanadilar. Defektolog katta guruhlarda radio eshittirishlarini tinglash, televidenie ko`rsatuvlarini tomosha qilish (mashg`ulotda va mashg`ulotdan tashqari vaqtlarda) ishlarini sistema ravishda tashkil etish lozim. U bolalarning ehtiborini so`zlayotgan kishining nutqining to`g`riligi va talaffuzining go`zalligiga jalb qiladi. Umuman nutqlarining orfoepik jihatdan to`g`ri bo`lishiga bolalar kattalar nutqiga taqlid qilish bilan erishadilar.

Bolalarning adabiy til talaffuzini to`g`ri o`zlashtirishlari va uni takomillashtirishlari uchun defektolog tomonidan juda ko`p kuch sarflanishi lozim.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish