1- mavzu: Kirish. Qadimgi Sharqdagi хalqarо alоqalar va diplоmatiya Rеja



Download 37,86 Kb.
bet7/18
Sana24.09.2021
Hajmi37,86 Kb.
#183356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
1 Ma'ruza

Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi. Tiglatpalasar III (eramizdan azvalgi
745—727 - yillar) Osuriya dvzlatiga chinakam asos solgan kishidir. U uzining
xarbiy yurishlari bilan Osuriyaning xarbiy qudratiga mustaxkam negiz solgan. Old
Osiyoda azaldan Osuriyaga raqib bo’lib kelayotgan Urartu davlatiga qattiq zarba
berish Osuriya podshosi oldida ko’ndalang vazifa bulib qolgan. Tiglatpalasar III
Urartuga muvaffaqiyatli yurish qilib, urartularga bir necha marta zarba bergan.
Tiglatpalasar Urartu podsholigini o’ziga buysundira olmagan bulsa ham, lekin uni
birmuncha kuchsizlantirgan va shunday qilib, Old Osiyoning shimoli-g’arbiy
qismida Osuriyaning avvalgi qudratini qaytadan tiklagan. Osur podshosi o’z
yozuvlarida shimoli-g’arbga va g’arbga qilgan yurishlari tug’risida faxrlanib xabar
qiladi. U o’zining bu yurishlari natijasida aramey qabilalarini batamom
buysundirgan; Suriya, Finikiya va Falastinda Osuriyaning hukmronligini tiklagan.
Tiglatpalasar Karxemish, Samal, Hamat shaxarlarini, Livan o’lkasini istilo qilib, to
O’rta dengizgacha borib yetgan. Xiram shaxri, Tir podshosi, Bibl knyazi va Isroil
(Samariya) podshosi Tiglatpalasarga xiroj tulaydigan bulgan. )xatto Yaxudiya,
Edom o’lkalari va filistimlarning Gazasi ham Osuriya istilochisining
xukmronligini tan olgan. Gaza hokimi Gannon Misrga qochib ketgan. Biroq
daxshatli osur qo’shinlari Misr chegaralariga ham yaqinlashib qolgan.
Tiglatpalasar Arabistondagi saba qabilalasiga qattiq zarba bergandan keyin, Misrga
maxsus amaldorini yuborib, Misr bilan aloka bog’lagan. G’arbga qilingan bu
harbiy yurishlar vaqtida 732 - yilda Damashqning olinishi osurlarning ayniqsa
katta g’alabasi bulgan, bu g’alaba Suriyaga va Falastinga boradigan eng muxim
savdo va xarbiy yo’llarni osurlarga ochib bergan.
Mesopotamiyaning Eron qo’ltigigacha cho’zilib ketgan butun janubiy qismining
tamomila buysundirnlishi Tiglatpalasarning yana bir katta yutug’i bo’lgan.
Tiglatpalasar bu tug’risida yilnomada ayniqsa mufassal yozgan:
«Keng Karduniash (kassit Bobiln) yurtini, uning eng uzoq chegaralariga qadar, o’z
xokimiyatimga buysundirdim va unda hukmronlik qila boshladim. Dengiz
buyidagi o’lkaning podshosi Yakina mening ota-bobolarim podsholik qilgan
davrda ularning xuzuriga sira-sira kelmagan va ularning oyog’ini o’pmagan edi,
ammo uning ugli Merodax-Baladan bulsa mening xo’jam Ashshurning daxshatli
qudratidan dar-dar qaltirab, Sapia shaxriga keldi va mening oldimda tiz cho’kib,
oyoqlarimni o’pdi. Kop-kop oltin, tilla buyumlar, oltin zebi gardonlar va
qimmatbaxo toshlarni tog’-tog’ qilib to’kib tashladi... rangdor kiyimlar, turli
giyoxlar, qoramol va kuylar olib kelib menga xiroj tuladi».
Tiglatpalasar 729-yilda Bobilni bosib olgandan so’ng, Bobiliyani o’zining bepoyon
davlatiga qo’shib olgan va bu ishda Bobil koxinlari uni quvvatlaganlar. Podsho o’z
yozuvlarida, «Belga... mening xo’jalarim bo’lmish buyuk xudolarga chin qalbidan
qurbonlar qildim... va shu tufayli ular mening koxinlik qadr-qiymatimni sevib
qoldilar (ya’ni e’tirof etdilar — V. A.)» dedi.
Tiglatpalasar III shimoli-g’arbda Aman tog’larigacha yetib, so’ngra sharq
tomondagi «qudratli midyanlar» o’lkasiga borib girgan va u yerda o’zining juda
katta, kuchli xarbiy davlatini barpo qilgan. Ichki ulqalarni yetarli miqdorda ish
kuchlari bilan ta’minlamq uchun podsho o’ziga tobe bo’lgan mamlakatlardan juda
ko’plab qullar xaydatib keltirgan. SHu bilan birga. osur podshosi o’z davlati qul
ostida yashovchi birqancha qabilalarni mamlakatning bir joyidan ikkinchi joyiga
qo’chirgan, bu tadbirdan maksad buysundirilgan xalqlarning qarshiligini
zaiflashtirish va ularni osur podshosi xokimiyatiga batamom tobe qilish bo’lgan.
Tobe qilingan qabilalarni bir joydan ikkinchi joyga ommaviy suratda kuchirish
tartibi (nasaxu) xuddi shu paytdan boshlab istilo qilingan mamlakatlarni
bo’ysundirish usullaridan biriga aylangan.
Tiglatpalasar III dan keyin uning o’gli Salmanasar V podsho bo’lgan. Salmanasar
podsholik qilgan besh yil mobaynida (eramizdan avvalgi 727—722 yillar) bir
qancha xarbiy yurishlar qilgan va muxim reforma o’tkazgan. Bobil, shu bilan birga
Osuriyaning g’arbiy tomonidagi Finikiya bilan Falastin Salmanasarning diqatini
ayniksa o’ziga jalb etgan. Osur podshosi Bobil bilan go’yo avvaldan shaxsiy
ittifoqda bo’lib kelganligini kursatmoqchi bo’lib, Bobilda o’zining Ululay degan
maxsus nom bilan yuritgan. Finikiyadagi Tir shaxrining xokimi tayyorlayotgan
qo’zgolonni bostirish maqsadida Salmanasar Rarbdagi Tir shaxriga qarshi va uning
ittifokchisi bo’lgan Isroil podshosi Osiyaga qarshi ikki marta qo’shin tortib borgan.
Osur qo’shinlari isroilliklarni tor-mor keltirib, oroldagi Tir qal’asini va Isroil Davlatining poytaxti Samariyani qamal qilgan. Salmanasar o’tkazgan reforma ayniksa
katta ahamiyatga ega bo’lgan. Xaddan tashqari keskinlashib ketgan sinfiy
ziddiyatlarni bir qadar yumshatish maqsadida, Salmanasar V Osuriya bilan
Bobiliyaning Ashshur,_Nippur, Sippar ham Bobil kabi qadimgi shaxarlariga
moliya-iqtisodiy soxada berilgan imtiyozlarni hamda soliqlar masalasidagi
yengilliklarni bekor qilgan. Bu bilan Salmanasar ayniqsa zo’r iqtisodiy ta’sirga ega
bo’lib kelgan quldor aristoqratlarga boy-savdogarlarga, koxinlarga va katta yer
egalariga kuchli zarba bergan. Salmanasarning axoli orasidagi bu tabaqaning
manfaatlarini juda cheklab qo’ygan reformasi bu tabaqaning podsho siyosatidan
qattiq noroziligini tug’dirgan. Natijada fitna uyushtirilgan. Salmanasar V taxtdan
tushirilib, urniga uning ukasi Sargon II o’tqazilgan.
Sargon II ning (eramizdan avvalgi" 722—705 yillar) nomi («qonuniy podsho»—
sharruken» deb nom olganligi) uzidan avvalgi podshoni ag’darib, xokimiyatni
zurliq yo’li bilan qulga olganligini ko’rsatadi, u Tiglatpalasar III ning istilochilik
siyosatini katta muvaffakiyat bilan davom etdirgan. Osur podsholari va
qnyazlarining, aftidan, Misr yordamiga tayanib ko’targan qo’zgolonlarini
bostirmoq uchun, Sargon II Suriyaga yangidan qo’shin tortib borishga majbur
bo’lgan. Bu urush natijasida Sargon II Isroilni tor-mor keltirib, Samariyani ishg’ol
qilgan va isroilliklardan 25 ming kishini asir qilib olib ketgan va bu asirlarni
Osuriyaning ichki o’lkalariga va mamlakatning uzoqdagi chegaralariga
joylashtirgan. Sargon II uzoq qamaldan keyin Tir shaxrini olib, Tir podshosini
uziga bo’ysundirgan va uni xiroj to’lashga majbur etgan. Nixoyat, Sargon Rafiya
yonida bo’lgan jangda Gaza qnyazi Gannonga hamda Misr fir’avnining Gavaga
yordamga yuborgan qo’shinlariga o’ngarilmas zarba bergan. Sargon II o’z
yilnomasida xabar berishicha, u ―Gaza" podshosi Gannonni o’z qo’li bilan ush'lab
olgan» hamda «Misr podshosi» fir’avndan va Arabistondagi sabey qabilalarining
xotin podshosidan xiroj olgan. Sargon II Karxemishni batamom tobe qilgandan
so’ng, Suriyaning Kichik Osiyo chegaralaridan tortib to Arabiston va Misr
tuprog’igacha cho’zilib ketgan hamma yerlarini egallab olgan.
Sargon II o’z podsholigining 7 va 8-yillarida urartlar ustidan ham juda katta
g’alaba qozongan. Sargon Urartu mamlakatining ichkarisigacha kirib, Urartu
qo’shinlarlni tor-mor qilgan, Musasir shaxrini egallagan va talagan. Sargon bu boy
shaxardan juda katta ulja qo’lga tushirgash «Saroyda bulgan butun xazinani, 20
170 kishini va ularning mol-mulkini, urartlarning xudolari bo’lmish Xalda bilan
Bagbartumni va ulardagi qimmatli zebu-ziynatlarii ulja qilib xisobdan o’tkazdim».
Urartu shu qadar kattiq tor-mor etilganki, Urartu podshosi Rusa Musasir shaxrining

xarob

qilinganligini va xudolarning xaykallari dushman quliga tushganligini

eshitgandan so’ng, «uzini-uzi xanjar sanchib uldirgan».





Download 37,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish