1- Mavzu: Jahon ta’lim tizimini rivojlanishida xalqaro tashkilotlar
va ularning faoliyatlari.
REJA:
1.1.Xalqaro tashkilotlar haqida ma’lumot
1.2.YUNESKO va uning ish faoliyati
1.3.YUNISEF va uning ish faoliyati
1.4.Xalqaro mehnat tashkiloti va uning ish faoliyati
1.5.TINCHLIK KORPUSINING UCH MAQSADI
1.6.Oʻzbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi.
Tayanch so’zlar: BMT; YUNESKO; YUNISEF; MOT(XTM); “Tinchlik korpusi”
Ta'lim, fan va madaniyat bilan shug'ullanadigan xalqaro birlashmalar.
Hukumatlararo tashkilot universal xarakterga ega bo'lgan yagona tashkilot -
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha
tashkiloti (YuNESKO). Ta'lim dasturlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Bolalar jamg'armasi (YuNISEF) faoliyatida muhim o'rin tutadi. Mintaqaviy va
mintaqalararo darajada ta'lim sohasidagi ishlarni ixtisoslashtirilgan siyosiy va
iqtisodiy hukumatlararo tashkilotlar amalga oshiradilar. Evropa uchun bunday
tashkilot Evropa Kengashi hisoblanadi. Uning doirasida Ta'lim qo'mitasi ishlaydi;
Kotibiyatning Ta'lim, madaniyat va sport masalalari bo'yicha direktsiyasi mavjud.
Mintaqalararo institutlarga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti, Ta'lim,
fan va madaniyat bo'yicha Arab davlatlari tashkiloti, ALECSO (Arab Ligasi Ta'lim,
madaniyat va ilmiy tashkilot, ALECSO; 1964 yilda tashkil etilgan; Kotibiyat -
Tunisda), Janub Ta'lim vazirlari tashkiloti kiradi. Sharqiy Osiyo, SEAMEO (Janubi-
Sharqiy Osiyo Ta'lim vazirlari tashkiloti, SEAMEO; 1965; Kotibiyat - Bangkokda),
Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha Ibero-Amerika shtatlari tashkiloti (Organación de
Estados Iberoamericanos para la Educación, la Ciencia y la Cultura, OEI; 1949 yilda
tashkil etilgan, 1954 yildan hozirgi holati, 1985 yildan nomi; Kotibiyat - Madrid) va
boshq.
Dunyoda 2 mingdan ortiq nodavlat ta'lim tashkilotlari (xalqaro, mintaqaviy,
submintaqaviy) mavjud, ammo ularning faqat yarmidan kami faoldir. 110 dan ortiq
tashkilot YuNESKOda u yoki bu maqomni oldi, shu qatorda Xalqaro jismoniy
tarbiya federatsiyasi (Fédération Internationale d'Éducation Physique, FIEP; 1923),
Butunjahon maktabgacha ta'lim tashkiloti (mondiale pour l'education préescolaire,
OMEP) ; 1948), Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi, IAU (Xalqaro universitetlar
assotsiatsiyasi, IAU; 1950), San'at orqali ta'limning xalqaro jamiyati (InSEA; 1954),
Musiqa ta'limi bo'yicha xalqaro jamiyat (ISME; 1953), o'qituvchilar uchun ta'lim
bo'yicha xalqaro kengash (ICET; 1953), xalqaro ilmiy tadqiqotlar uyushmasi (1953)
, 1977 yildan beri zamonaviy nomi), Xalqaro rus tili va adabiyoti o'qituvchilarining
assotsiatsiyasi, Evropa maxsus ta'lim assotsiatsiyasi (EASE; 1971), kattalar uchun
ta'lim bo'yicha xalqaro kengash (ICAE; 1973) ) va boshq.
Alohida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar to'g'risida muntazam ravishda nashr
etiladigan ma'lumotnomalarda: Xalqaro tashkilotlar yilnomasi, Saharaning janubi
Afrika, Yaqin Sharq va Avstraliya va boshqalar, shuningdek, YuNESKO tomonidan
nashr etilgan xalqaro nodavlat tashkilotlari ro'yxatiga kiritilgan.
YUNESKO- by tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan,
madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo’lib, u 1946
yilda tashkil etilgan.
1992 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171
davlati, shu jumladan, O’zbekiston ham a’zodir.
By tashkilotning qarorgohi Frantsiyaning poytaxti Parij shahrida bo’lib, uning
oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir.
YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy
o’rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida “Urush haqidagi fikrlar odamlar
aqlida paydo bo’ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib,
tinchilikni himoya qilish g’oyasini tarbiyalamoq kerak”- deb yozib qo’yilgan.
Ma’lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy
meroslarini, osori atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash,
ta’mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir.
Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy o’rinni egallaydi. Uning
ro’yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori,
London Taueri, Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab ob’ektlar kiradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 1993 yildan boshlab O’zbekistonning
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Toshkent va boshqa joylaridagi ko’plab tarixiy
obidalar ana shu ro’yxatga kiritildi.
YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalk og’zaki ijodiyoti, folklor, o’lanlar,
aytishuvlar, maqomlar, xalk kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi.
Adabiyot bo’yicha YUNESKOning roli ayniqsa salmoqlidir. Jahon adabiyoti,
uning shox asarlari, adabiy meros ayniqsa u tomondan e’zozlanib, ular to’planadi va
jahonning turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi.
Shuningdek, YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini
voqea va xodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib uning
rivojlanishiga ko’maklashadi.
Bu xalqaro muassasa ko’plab vaqtli matbuot va nashrlarga xomiylik qiladi.
1992 yil 2 martda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining a’zoligiga
qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga xaqli a’zo bo’lib kira olish
xuquqiga ega bo’ldi. Shu bois Respublikamiz 1993 yil 26 oktyabridan boshlab
YUNESKOga a’zo bo’lib kirdi.
YUHECKO tashabbusi bilan Frantsiyaning Parij shahrida, samarqandlik olim,
davlat arbobi Muxammad Tarag’ay Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubiley
tantanalari bo’lib o’tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon tarixiy
obidalar shaharlari ro’yxatiga kiritish bo’yicha ham ko’pgina ishlar qilindi.
YUNISEF 1946 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining birinchi sessiyasidayoq bir ovozdan YUNISEF — BMTning
Favqulodda Bolalar Fondi nomi bilan tarkib topdi.
YUNISEF tashkil topgan dastlabki yillarda uni mablag’i urushdan qattiq
jabrlangan Evropa va Xitoyda bolalarga oziq-ovqat, dori-darmonlar uchun sarf qila
boshladi. 1950 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada
kengaytirdi. Uning mablag’lari rivojlanayotgan davlatlardagi son-sanoqsiz bolalar
uchun sarflayna boshladi.
1953 yilning oktyabridan BMT Bosh Assambleyasi YUNSEFni o’zining
doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar
fondiga aylantirildi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to’laligi saqlab qolindi.
1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatini global himoya qiluvchi
zabardast organga aylandi.
Uning Respublikamizdagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni
himoya qilish, ularga kerak, tibbiy yordam ko’rsatish, to’la qonli ta’lim berish,
turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy kafolatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Shuningdek YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarini oldini olish,
ularni 100 foiz immunizatsiya qilish bolalarni chechak, och terlama, difteriya,
poliomielit, ko’k yo’tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi amaliy
ishlarni bajarmoqda. Xuddi shu maqsadlarda mana ikki yildan buyon O’zbekistonlik
bolalarga vaktsinalar keltirilmoqda.
YUNISEF ta’limni amalga oshirishga ko’maklashishda ham faol
qatnashmoqda. Ayniqsa bu tashkilot maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’limga
ko’proq yo’naltirilgan.