1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


  Ichki  tafovutlari  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalari



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
5.  Ichki  tafovutlari  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalari.
  Germaniyada 
ichki  iqtisodiy  –  geografik  tafovutlar  ham  mavjud.  G„arbiy  qismi 
mamlakatning  yirik  industrial  rayoni  sifatida  tanilgan.  Uning  negizini 
Rur havzasi tashkil qiladi. Bu yer mamlakat hududini oz qismini tashkil 
qilsada,  sanoat  tarmoqlarining  ko„p  qismi  shu  yerda  joylashgan.  Shu 
jumladan og„ir sanoatning katta qismi to„plangan. Rurdagi shaharlarning 
sanoat  tarmoqlari  majmuasi  bir-biriga  o„xshab  ketadi,  faqat  ayrim 
xususiyatlari  bilangina  farq  qiladi.  Masalan,  Essenda  mashinasozlik  va 
harbiy  korxonalar  ko„proq,  Desburg  xorijiy  Yevropada  eng  katta 
metallurgiya  markazi  va  daryo  portidir.  Rur  havzasidan  tashqarida 
Reyning  yuqori  oqimi  bo„ylab  joylashgan  shaharlar  o„z  funksiyalariga 
ko„ra ancha xilma-xildir. Masalan, Dyusselbdorfda ko„p tarmoqli sanoat 
mavjud u madaniy markazi hisoblanadi. 
Germaniyaning  janubiy  qismida  ko„mir  (Sarda)  va  uran  rudasi 
konlari  mavjud.  Aholining  ko„pligi,  Reyn  va  uning  tarmoqlari 
vodiysidagi  karvon  yo„llari  ustida  joylashganligi,  nihoyat  qishloq 
xo„jaligi xom-ashyolarining mavjudligi bu yerda ishlov beruvchi turli xil 
sanoatning  ko„plab  markazlari  vujudga  kelishiiga  sabab  bo„lgan.  Bu 
yerda 
metall 
sarflanadigan 
mashinasozlik-yelektrotexnika, 
aniq 
mexanika  va  optika,  elektron  asbobsozlik,  shuningdek  kimyo, 
to„qimachilik va oziq-ovqat sanoati ajralib turadi. 
Germaniya  dunyodagi  tashqi  savdo  hajmi  bo„yicha  AQSHdan 
keyin  ikkinchi  o„rinda  turadi.  Tashqi  savdoning  tovar  va  geografik 
tuzilishi  mamlakatning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  ishtirokini  aks 
ettiradi.  GFR  avvalo  sanoati  rivojlangan  davlatlarga,  birinchi  o„rinda 
Yevropa Kengashi bo„yicha sheriklariga qarab ish tutadi. Tashqi savdo 
aylanmasining  asosiy  qismi  shu  davlatlarga  to„g„ri  keladi.  Germaniya 
chetga  asosan  avtomobillar,  stanoklar,  mashinalar,  kimyo  mahsulotlari 


 
101 
va  elektr  texnika  buyumlari  chiqaradi.  Chetdan  xom  ashyo,  elektr 
texnika va to„qimachilik mahsulotlari oladi. 
Germaniya  –  jahondagi  eng  yirik  investorlardan  biri.  U  o„z 
sarmoyalarini  ko„pgina  davlatlarning  sanaoati  va  xizmat  sohasiga 
sarflamoqda.  Germaniya  bilan  O„zbekiston  Respublikasi  o„rtasida 
rasmiy  munosat  1992  yildan  boshlangan.  O„zbekiston  respublikasining 
jami tovar aylanmasining deyarli 1/8 qismi hamda importning 1/7 qismi 
GFR  ga  to„g„ri  keladi.  1997  yil  mamlakatimizning  dunyo  mamlakatlari 
bilan  tashqi  savdo  hajmlari  bo„yicha  Germaniya  4-o„rinni  (Rossiya, 
Koreya, Shveysariyadan keyin) egalladi. 2000 yilda o„zaro savdo hajmi 
291,9  mln.  AQSH  dollarini  tashkil  etdi.  O„zbekistondan  Germaniyaga 
paxta  tolasi,  mis  va  undan  yasalgan  buyumlar,  boshqa  rangli  metallar 
yetkazib  beriladi  va  turli  xizmatlar  ko„rsatiladi.  Gemaniyadan 
O„zbekiston  Respublikasiga  asbob-uskuna,  baliq  mahsulotlari,  qand-
shakar  va  qandolat  mahsulotlari,  bug„doy  uni,  kimyoviy  mahsulotlar, 
qora  metall  va  undan  tayyorlangan  buyumlar,  transport  vositalari, 
saryog„  va  o„simlik  yog„i,  optik  asbob  va  apparatlar,sut  mahsulotlari, 
qog„oz  va  karton,  plastmassa  va  undan  yasalgan  buyumlar,  uchish 
apparatlari va boshqalar yetkazib beriladi va turli xizmatlar ko„rsatiladi. 
Yengil  sanoat,  paxta  va  uning  chiqitlarini  qayta  ishlash,  tibbiyot  va 
farmatsevtika 
priaparatlari  ishlab  chiqarish,  qishloq  xo„jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash, yuk va yo„lovchi tashish, avtoservis, ilmiy 
ishlanmalar,  savdo-sotiq  va  boshqa  sohalarda  bir  nechta  qo„shma 
korxona  faoliyat  yuritayotir.  O„zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy 
aloqalar  vazirligi  huzurida  Germaniyaning  40  ta  firma  va  kompaniyasi 
vakolatxonalari rasmiylashtirilgan.                                                                                                                               
  
                           

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish