35
Davlat tizimining riyespublika shakli ham ancha qadimiy (yeng
qadimiy respublika San-Marino Respublikasi bo„lib u 301 yilda tashkil
topgan). Respublika ham o„z navbatida prezident va parlament
respublikasi shaklida bo„ladi. Birinchisida saylangan prizident ayni
vaqtda davlat va xokimiyat boshlig„idir; hatto parlament oldindan
tarqatib yuborish hududiga ham ega. Respublikaning bunday ko„rinish
AQSH, Braziliya, O„zbekiston, Qozog„iston va boshqa davlatlarda amal
qiladi.
Parlamentar respublikada prizident huquqi biroz cheklangan
bo„lib, unda hokimiyat parlamentga shaklan bo„ysinsada u amalda
asosiy
boshqaruvchi
shaxs
hisoblanadi
(Germaniya
Federativ
Respublikasi,
Malayziya, Hindiston, Avstriya, Rolsha, Italiya va b,).
Hozirgi davrda yer sharida respublika tizimidagi davlatlar
ko„pchilikni tashkil qiladi. Ularning umumiy soni 150 ga yaqin,
monarxiyaga esa taxminan 30 ta davlat kiradi.
Davlat tizimi mamlakatning ma‟muriy-hududiy tuzilishi bilan ham
bog„liq, davlatlar ma‟muriy – hududiy tuzilishning ikki – unitar va
federativ shakli mavjud. Unitar davlatlarga qonun chiqaruvchi va ijro
etish organi bitta, konstitutsiya ham yagona. Ularning ishidagi ma‟muriy
birliklar, masalan, viloyat, rayon kabilarning hududi uncha katta emas.
Bunday davlatlar soni juda ko„p: Fransiya, Ukraina, Turkmaniston,
Belorus, Qozog„iston, Yaponiya va h.k.
Federativ davlatlarning ichki siyosiy tuzilishi ancha murakkab: bu
yerda «davlat ichida davlatlar» mavjud bo„ladi. Yagona davlat
tarkibidagi respublika, shtat, okrug, kanton, provinsiya kabilar
o„zlarining konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga
ega. Ularning siyosiy jihatdan huquqi ancha yuqori. Chunonchi, AQSH,
Braziliya, Hindiston, Meksikaga, uxshash 20ga yaqin federativ davlatlar
tarkibida shtatlar (shtati, shtat – davlat demakdir), GFRda yerlar,
Rossiyada – respublikalar mavjud.
Davlat ma‟muriy tuzilishining konfedratsiya shaklida uning ichki
birliklari o„zlarining mustaqilligini tula saqlagan bo„ladi. Bunday tizim
Shvesariyada kuzatiladi; «Shvesariya konfederatsiyasi» 22 ta
kantonlardan iborat.
Dunyo siyosiy xaritasida tom ma‟nodagi mustamlakalar deyarli
yo„qolgan bo„lsa-da, siyosiy jihatdan qulay yoki buysinuvchi hududlar
hanuzgacha bor. Bularga Portugaliya, Daniya, Fransiya, Buyuk
Britaniya kabi davlatlarning yer sharining turli chekkalarida qolgan
avvalgi mustamlakalari, kichik, to„la mustaqil bo„lmagan hududlari
36
kiradi. Ular, masalan, Janubi-Sharqiy Osiy, Okeaniya, Karib dengizi
havzasida bor.
Shu o„rinda Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo„stlik
davlatlariga ham to„xtalib o„tish lozim. Ma‟lumki, «Buyuk Britaniya»
dastavval 1707 yilda Angliya, Shotlandiya va Irlandiyani qo„shilishidan
tashkil topgan edi. 1931 yilda vujudga kelgan Buyuk Britaniya
Hamdo„stligiga hozirgi vaqtda 50 dan ortiq davlatlar, shu jumladan,
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada kiradi (umumiy maydoni 30 mln.
km
2
, aholisi esa dunyo aholisining 1/6 qismini tashkil qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: