4. O„zbekisitonda sanoat tarmoqlarini rivojlanish istiqbollari
.
Keyingi yillarda sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo„lgan
176
176
tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, murakkab malakali
kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda
respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar
mavjud bo„lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Albatta, har bir
davlat rivojlanish darajasi sanoat tarmoqlari, ayniqsa mashinasozlikni
taraqqiy etishi bilan belgilanadi. Shunga bog„liq holda yuqorida qayd
etilganlardan kelib chiqib, respublikada sanoat tarmoqalarini kelajakda
yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Bular uchun zaruriy
xom ashyolar, mehnat resurslari yetarli hisoblanadi. Tog„-kon sanoatini
oshira borib, yoqilg„i sanoatida ko„mir- kimyo, neft-kimyoni joriy etish
bilan birga gaz – kimyo mahsulot turlarini oshirish. Urandan tinchlik
maqsadida foydalanish uchun atom elektro stansiyalar vujudga
keltirilishi lozim. Mavjud temir, marganes, xrom ruda konlarini
sinchiklab o„rganish va ular asosida qora metallurgiya mahsuloti
chiqarishni ko„paytirish. Haydaladigan yerlarni ko„pligini hisobga olib,
unga kerakli har xil cho„qurlikda haydaydigan traktorlarni ishlab chiqish
maqsadli hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bevosita ishlab chiqarish bilan band bo„lgan
mashinasozlik sanoati, ko„proq transport mashinasozligi, jumladan
samalyotsozlik, yengil avtomobillar, mikroavtobuslar uchun o„zida
ehtiyoj qismlarni ishlab chiqishni joriy etish yaxshi natijalar keltiradi.
O„zbekiston hududlari qurilish materiallariga juda boy, ulardan
kelgusida tejamkorlik bilan atroflicha, oqilona foydalansa ijobiy
natijalarni yuzaga keltiradi. Qurilish materiallari orasida marmar eng
ahamiyatlilardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda undan asosan plita
shaklda foydalanish yuqori o„rinda. Lekin marmardan juda ko„plab
mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Bularga stol, stullar, lali va
tarelkalar, tugmalar, har xil taqinchoqlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Albatta ularga sharqona bezaklar berilsa uning eksport salohiyati ortadi.
Respublikaning janubiy tog„li rayonlarida kaliy tuzining katta
zahiralari bor. Lekin ularni qayta ishlab chiqarish amaliyotida
qo„llanilgan emas. Vaholanki undan selitra tuzlari, kaliy o„g„itlari olish
imkoniyatlari bor.
Ma‟lumotlarga ko„ra, paxta tolasini 30 foizdan ortig„i (2005 y.)
respublikada qayta ishlab chiqariladi. Qolgan qismidan kamida 30-40
foizini yaqin kelajakda qayta ishlanishi uchun korxonalar tashkil etilsa,
qanchadan-qancha ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta‟minlanadi. Shoyi xom
ashyosi pilla uchun ham shu fikrni keltirish mumkin. Birgina atlas
to„qishni oladigan bo„lsak, bu noyob mahsulot xotin-qizlarimizni asosiy
177
177
milliy kiyimi hisoblanib kelingan. Keyingi vaqtda uning iste‟moli juda
kamaygan, bu yaxshi natija emas. Shuning uchun milliy kiyimlarga
e‟tibor qaratila borib, ular reklamasini oshirish lozim.
Mahalliy sanoat mahsulotlari sifati rang-barangligini kengaytirish
kerak. Chunki chetdan keladigan sayyohlar ham ko„proq ularni harid
qiladilar.
Oziq-ovqat sanoatini mahsulotlarini toza, mazali holatiga e‟tiborni
qaratish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |