1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Rangli metallurgiya sanoati



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Rangli metallurgiya sanoati.
 Respublikamiz hududi rangli metall 
xomashyolariga  juda  boy,  bir  qancha  rangli  metall  zixiralari  bo„yicha 
O„zbekiston MDH dagina emas, balki jahonda oldingi o„rinlarda turadi. 
Jumladan,  oltin  zahiralari  bo„yicha  dunyoda  4  –  o„rinda,  molebden  va 
uran zahiralari bo„yicha 8-o„rinda, mis zahirasi bo„yicha esa 11 o„rinda 
turadi. Rangli va nodir metallurgiya yirik zihiralari Markaziy Qizilqum, 
Janubiy  Tyanshan,  Chotqol-Qurama,  Nurota,  Molg„uzor,  Janubiy 
Farg„ona mintaqalarida joylashgan. 
Mamlakatimizda oltin qazib olish rivojlangan bo„lib, hozir jahonda 
7  –  o„rinda  turibdi.  Ayni  vaqtda  respublikamizda  30  dan  ortiq  oltin 
konlari  mavjud.  Mamlakatimizda  oltin  sanoatini  rivojlantirishga  kata 
etibor  berilmoqda.  Shu  maqsadda  1992  yili  «O„zbekoltin»  birlashmasi 
negizida  endilikda  O„zbekiston  Respublikasining  qimmatbaho  metallar 
davlat  qo„mitasi  tashkil  etildi  va  u  1994  yilda  O„zbekiston  oltin  qazib 
olish 
va 
olmosga 
ishlab 
berish 
korxonalari 
uyushmasi 
(«o„zolmosoltin»)ga  aylantirildi. «O„zolmosoltin» uyushmasi (Toshkent 
shahri) 
va 
uning 
boshqaruvi 
Navoiy 
shahrida 
bo„lgan 
«Qizilqumkamyobmetalloltin»  konserni  (1994  yildan)  faoliyat 
ko„rsatmoqda.  Mamlakat  oltin  qazib  olish    sanoatining  yirik  markazi 
«Qizilqumkamyobmetalloltin»  konsernining  bosh  korxonasi  –  Navoiy 
konmetallurgiya  kombinatidir.  U  dastlab  1958  yilda  Muruntov  va 
Qizilqumning  boshqa  sochma  oltin  konlarini  ishga  tushirish  maqsadida 


 
 
169 
169 
qurilgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, 
Zarafshon, Uchqudud shaharlarida joylashgan. 
O„zbekiston  oltin  sanoatini  rivojlantirish  jarayonida  xorij 
texnologiyasidan  keng  foydalanilmoqda,  jumladan,  AQSH  bilan 
hamkorlikda 1993 yilda Zarafshonda Muruntov ruda chiqindilardan oltin 
ajratib    olish  yuzasidan  «Zarafshon  –  Nyumont»  qo„shma  korxonasi 
(yillik  quvvati  12-13  tonna)  qo„rilishi  boshlangan  edi.  U  1995  yilning 
may oyida mahsulot Bera boshladi.  
Mamlakat  rangli  metallurgiyasida  oltindan  keyin  misning 
salohiyati  katta.  Olmaliq  tog„-metallurgiya  kombinatining  asosiy 
mahsulotlaridan  biri  ham  misdir.  Mazkur  kombinatda  uni  qazib  olish, 
boyitish, pishirish, eritish, xomaki va so„ngra toza mis tayyorlash jahon 
andozalariga javob beradi. Respublikamizda yiliga 83-85 ming tonnadan 
ortiq  mis  ishlab  chiqarilmoqda.  O„zbekiston  mis  rudalarida  mis  bilan 
birga  rangli  metallarning  15  dan  ortiq  turi,  chunonchi,  oltin,  kumush, 
molibden, kadmiy, indiy, tellur, vismut, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy 
va  boshqalar  ham  qazib  olinadi.  Respublikamizda  hozirda  40  ga  yaqin 
rangli  metallurgiya  korxonalari  bo„lib,  ularda  65,4  mingdan  ortiq 
ishchilar ishlaydi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish