1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


  Xo„jaligini  joylanish  xususiyatlari.  Sanoati



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
4.  Xo„jaligini  joylanish  xususiyatlari.  Sanoati.
  Qozog„iston 
respublikasida  yoqilg„i  sanoati,  energetika,  qora  metallurgiya, 
mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlari shakllangan. 
Halqaro  mehnat  taqsimotida  Qozog„iston  respublikasi  rangli 
metallurgiya sanoati bilan ya‟ni mis, ko„rg„oshin - rux, alyuminiy, titan 
-  magniy,  shuningdek  kambop  va  nodir  metallar  ishlab  chiqarish  bilan 
ajralib turadi. 
Mis sanoati asosan Jezqazg„on viloyatida joylashgan bo„lib, bularga 
asosan  Balxash  va  Karsakpay  mis  eritadigan  zavodlari,  Koungrad, 
Jezqazg„on,  Sayak  rudani  boyitish  korxonalari  kiradi.  Qozog„istoning 
ikkinchi  mis  havzalari  Sharqiy  qismida  bo„lib,  bu  yerda  Irtish  mis 
zavodi ishlab turibdi. 


 
119 
Qo„rg„oshin  rux  sanoati  Rudali  Oltoy  va  Janubiy  Qozog„istonda 
joylashgan bo„lib, Oltoydagi eng yirik  qo„rg„oshin - rux kombinati Ust-
Kamenogorsk  shahrida,  Janubiy  Qozog„istonda  esa  Qoratau  va  Jing„or 
Olatauda  qazib  olinadigan  rux  asosida  Shimkent  shahrida  qo„rg„oshin 
zavodlari mavjud. 
Titan  va  magniy  sanoati  korxonalari  Ust  -  Kamenogorsk  shahrida, 
glinozem  ishlab  chiqariladigan  korxona  esa  Pavlodarda  (Ekibastuzda 
arzon ko„mir energiyasi bazasida) shakllangan. 
Qora  metallurgiya  bu  respublikaning  eng  yangi  tormoqlaridan 
hisoblanadi. 
Ulug„ Vatan urushi yillarida Temirtauda tuliqsiz metalurgiya zavodi 
ochilgan. Keyinchalik Qarag„anda metalurgiya korxonasi tashkil topgan 
bo„lib,  bu  korxona  rudani  Markaziy  Qozog„istondan  va  Kustanay 
viloyatidan oladi. 
Kustanayda 
juda 
yirik, 
respublika 
-metallurgiya 
bazasini 
rivojlantiradigan  -  temir  ruda  bazasi  vujudga  kelgan.  Shuningdek, 
Sokolo  va  Sarboyda  tog„-kon  metallurgiya  kombinati,  Lisakova  va 
Kocharsk kombinatlari ishlab turibdi. 
Qozog„iston Respublikasida shuningdek ko„mir sanoati rivojlangan 
bo„lib, eng yirik havzalari Qaraganda konidir. Bu yerda toshko„mir va 
kokslanuvchi ko„mir qazib olinadi. 
Ekibastuz ko„mir havzasining ahamiyati ham tabora o„sib ketayapti, 
bu  yerda  qazib  olinadigan  ko„mir  ochiq  usulda  qazib  olinib,  uning 
tannarxi  juda  arzon.  Ekibastuz  ko„miri  elektroenergiya  olish  uchun 
xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Qozog„iston  respublikasida  neft  sanoati  asosan  1911  yillardan 
boshlab  o„zlashtirilishi  boshlangan,  Emben  havzasida.  Ulug  Vatan 
urushi yillarida esa Ural  - Emben rayonidan neft transportirovka qilish 
maqsadida Gurev - Orsk neft quvuri ishga tushirildi. 
1975  yildan  boshlab  esa,  Janubiy  Mang„ishloq  va  Shimoliy 
Ustyurtda yangi neft havzalari ishga tushdi. 
Mamlakat 
elektroenergetikasining 
aksariyat 
qismi 
issiqlik 
elektrostansiyalarida  ishlab  chiqariladi.  Eng  yirik  elektrostansiyalar 
Olma-Ota,  Qaraganda,.  Petropavlovsk,Jambul,  Shimkent,  Pavlodar 
shaharlarida  kurilgan.  Irtish  daryosida  Ust-Kamenogorsk  va  Buxtarma 
GESlari  qurilgan.  Issiklik  elektrostansiyalarning  ichida  eng  yirik  - 
Yermak GRES hisoblanadi, quvvati - 2,4 mln. kvt.s 


 
120 
Qozog„istondagi  mashinasozlik  tarmog„i  asosan  ehtiyoj  omili 
asosida  rivojlanib  ko„proq  ishlab  chiqarish  vositalarini  ishlab 
chiqarishga qaratilgan. 
Bu  yerda  tog„-kon  mashinasozligi  (Qaraganda),  neft  sanoati  uchun 
asbob uskunlar ishlab chiqarishi (Gurevda), og„ir mashinasozlik (Olma-
Otada) va boshqa tormoqlar tashkil topgan. 
Kimyo  sanoati  esa  mamlakat  hududidagi  kimyo  xom  ashyolari  -
fosforit,  turli  tuzlar,  tabiiy  gaz  negizida  rivojlangan.  Bu  tarmoqning 
asosiy  sohasi  -  fosfat  o„g„itlarini  ishlab  chiqarish.  Shuningdek,  soda 
ishlab  chiqarish  yaxshi  yo„lga  quyilgan.  Mamlakat  yengil  sanoati 
doirasida  quychilik,  junchilik,  tuqimachilik  tarmoqlari 
yaxshi 
rivojlangan. 
Ip-gazlama 
kombinatlari 
Shimkent 
va 
Olma-Ota 
shaharlarida joylashgan. 
Turkmaniston  respublikasining  asosiy  tarmoqlari  neftni  qazib  olish 
va  qayta  ishlash  bilan  bog„liq  va  bu  soha  respublika  og„ir  sanoatini 
vujudga keltirgan. 
Neft qazib olinadigai asosiy rayon Nebitdag bo„lib, bu shahar quvur 
bilan Turkmanboshi (Krasnovodsk) shahri bilan bog„langan. Chunki, bu 
yerda  neftni  qayta  ishlash  korxonasi  mavjud.  Neft  qayta  ishlaydigan 
ikkinchi  shahar  bu  Chordjuydir.  Chordjuyda  shuningdek,  mineral 
o„g„itlarini   ishlab chiqaruvchi korxona qurilgan. 
Shu bilan birga respublikada qishloq mahsulotlarni qayta ishlovchi 
paxta  tozalaydigan  va  yog„  ishlab  chiqaridigan  tarmoqlar  bor.  Ular 
Mari,  Bayram  -  Ali,  Chardjou,  Tashxovuz,  Ashg„abad  shaharlarida 
joylashtirilgan.  Jun  va  ipak  sanoati  -  Ashg„abad  va  Chordjouda, 
gilamchilik - Kerki, Kazondshikda juda yaxshi rivojlangan. 
Qirg„iziston  Respublikasida  qishloq  xo„jaligi  sanoatdan  ustun 
tursada, tabiiy resurs imkoniyatlari bir xil sanoat tarmoqlarini vujudga 
kelishda  katta  ahamiyat  kasb  qiladi.  Bu  yerda  qishloq  xo„jaligi 
mashinasozligi  yaxshi  shakllangan.  Suv  resurslari  asosida  Norin 
daryosida  Tog„tagul  GESining  bir  nechta  quvvati  ishga  tushirilgan. 
Shuningdek  oziq  -  ovqat  sanoatining  tarmoqlari  -go„sht  ishlab 
chiqarish, shakar, vinochilik, tamakichilik bo„lib, bu korxonalar ishlab 
chiqargan  mahsulotni  MO  davlatlariga  ham  eksport  qilmoqda.  Yengil 
sanoatda  esa  paxta  tozalash,  ipakchilik,  qo„ychilik,  konop  ishlab 
chiqarish tarmoqlari shakllangan. 
Tojikiston  sanoati  ko„proq  qishloq  xo„jaligi  mahsulotlarini  qayta 
ishlashga ixtisoslashgan bo„lib - to„qimachilik, konserva sanoati yaxshi 


 
121 
rivojlangan.  Shuningdek,  rangli  metallurgiya,  mashinasozlik,  ximiya 
sanoatlari ham shakllanmoqda. 
Vaxsh  daryosida  qurilgan  Nurek  GES  negizida  Tursunzoda 
alyuminiy  zavodi  respublika  rangli  metallurgiya  tarmog„ining  eng 
yetakchisi 
hisoblanadi. 
Shuningdek 
Yavanda 
qurilgan 
elektroximkombinati ximiya sanoatiga asos soldi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish