Baxtsiz hodisalarni taxlil qilish uslublari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlapishlarni kamaytirish uchun ularning sabablarini to`gri
aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning
sabablarini o`rganish va baholashni kuyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur taxlil qilish, uning
aniq sabablarini o`rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan
mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan
materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigienik holati kabi omillar tekshirilib
o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |