1- mavzu. Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni. Biznes va tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari. Biznes va tadbirkorlikni tashkil etish va yuritish. Nazorat savollari va topshiriqlari



Download 20,09 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi20,09 Kb.
#798722
Bog'liq
1 nazorat savollari .doc Biznes rejalashtirish


1- MAVZU . Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni. Biznes va tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari. Biznes va tadbirkorlikni tashkil etish va yuritish.
Nazorat savollari va topshiriqlari

  1. Tadbirkorlikni aniqlang

  2. Tadbirkorlik kapitalini shakllantirish manbalarini sanab o'ting

  3. Xorijiy biznes tajribasi

  4. Shaxsiy manfaatdorlik tadbirkorlik faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi, ammo o'z manfaatlarini ko'zlagan tadbirkorlik sub'ekti jamoatchilik uchun ish olib borishini tushuntiring.

  5. Ishbilarmonlik muhitining tarkibiy qismlarini tavsiflash uchun : iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, texnologik, tashkiliy-texnik va jismoniy yoki geografik muhit.

  6. Asosiy biznes turlarining asosiy kamchiliklari va afzalliklari nimada?

  7. Konsalting xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xorijiy tajribani ko'rib chiqing

  8. Shaxsiy xususiy tadbirkorlikning ijobiy va salbiy tomonlari

  9. Boshqaruv bo'yicha konsalting - xususiyatlari va tarkibi

  10. Tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarish omili sifatida



  1. Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o'zgarishida to'g'ri yo'l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to'la namoyon bo'lishi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to'rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo'lishini tadbirkor harakatini tahlil qilishdagi boshqaruv aspektiga ko'chirish bilan bog'laydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko'plab o'zaro bog'liq fanlar doirasida olib borilishini anglatadi. Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlami mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amerikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan . Intraprenerlikning paydo bo'lishi ko'pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik shakliga o'tishi bilan bog'liq. Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo'lishini ko'zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo'linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu tadbirkorlikning asosida yotuvchi g oyalami amalga oshirish uchun zarur intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi.

Tadbirkoming ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y. Shumpeter fikriga asosan, tadbirkor boshqalar e’tibor bermagan va bilmagan ishlarga e’tibor berib, faoliyat yuritish imkonini beradi. Ijodkorlik tadbirkomi ta’riflashda asosiy mezon bo'ladi, ammo u turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan xaridoming qiziqishini uyg'otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo'llarini topa oladi. Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb etishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo'ladi. Masalan, u tovar o'ramining yangilanishi, an’anaviy tovarga yangi xususiyat va sifatlar berish ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin.





  1. Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o'z ishbilarmonlik operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinishi mo'ljallangan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi. Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar shug'ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o'matib, tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko'rsatuvchi banklar, хитаьЬуо, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg 1, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovami xaridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik, buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini ko'rsatuvchi firma va korxonalar; ishchi kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilami tayyorlayotgan o'quv yurtlari; reklama, transport, sug'urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi. 2011-yilda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan maxsus kvotalar ajratish orqali kichik biznesning davlat xaridlari tizimidanfoydalanishini kengaytirish borasida alohida mexanizmni ishlab chiqish va amalda qo'llash, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlami xarid qilish, ko'rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish bo'yicha ochiq elektron tizimni bosqichma-bosqich joriy etish ko'zda tutilmoqda. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ulaming hajmini oshirish, boshlang'ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko'lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirishi lozim. 2011-yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning ushbu sektoriga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida 1,3 barobar ko'paytirish darkor. O'zbekiston banklar assouiauiyasi tijorat banklari bilan hamkorlikda Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasini tashkil qilishi zarur. Bu esa kichik biznes subyektlarining biznes rejalarini tayyorlash sarf-xarajatlarini kamaytirish, ularning sifatini oshirish va kreditlar berish muddatlarini qisqartirish imkonini yaratadi.

  2. AQSH 1953-yildayoq butun mamlakat bo'yicha vakillaming keng tarmog'iga ega kichik1 biznes ishlari bo'yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan qarzlar berishdan iborat. O'sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun qabul qilingan. 1986-yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan. K ichik kuixuiialdiga ku'pchilik yaiim hukuinal lablikilotlaii yuidain ko'rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha max-sus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar. Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilaming milliy assouiaijiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam ko'rsatadilar. AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotat-uiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo'llab-quwatlanadilar.

  3. Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo'lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.

  4. Tadbirkoming shaxsiy xususiyatiari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo'ladi. Tadbirkoming ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: - birinchidan, bozoming tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo'li bilan iqtisodiy xo'jalik tizimida o'z o'mini topishi; - ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; - uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; - to'rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to'g'ri yo'lga quyish qobiliyati; - beshinchidan, yangi texnik, texnologik g'oyani birinchi bo'lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g'oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi. Tadbirkoming ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y. Shumpeter fikriga asosan, tadbirkor boshqalar e’tibor bermagan va bilmagan ishlarga e’tibor berib, faoliyat yuritish imkonini beradi. Ijodkorlik tadbirkomi ta’riflashda asosiy mezon bo'ladi, ammo u turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan xaridoming qiziqishini uyg'otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo'llarini topa oladi.

  5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog'ining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 foizga, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog'ining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 foizga, pullik xizmat ko'rsatish hajmida 48,5 foizdan 49,7 foizga oshdi, eksport hajmida 14,6 dan 13,6 foizga kamaydi.

  6. Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko'proq avtomobilb ishlab chiqara boshladi. 19 %ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliro q ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig'uv konveyer uzunligi qisqardi, ko'p miqdordagi yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30 %ga qisqardi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil ь yig'ish tezligi 40 %ga oshdi. Bu ishlarni o'sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda. Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo'lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo'lib, quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi: - muammolami aniqlash (diagnostika); - loyihani ishlab chiqish; - loyihani amalga oshirish. Loyihaning hajmiga ko'ra, yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho'zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko'p yillar davom etadi. M aslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo'lishi mumkin. Maslahatning uch turi ekspertli, jarayon va o'rgatuvchi maslahatlar keng qo'llaniladi. E kspertli m aslahat konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ulami joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur. Jarayon m aslahatida loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolami hamkorlikda tahlil qiladi va zarur takliflar beradi. O 'rgatuvchi m aslahatida mutaxassislaming asosiy maqsadi g'oyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar o'qiladi, seminarlar o'tkaziladi, o'quv qo'llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman, mijozlar zarur nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turiari sof holda qo'llanilmaydi, ular kombinauiyalashgan shaklda uchraydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko'p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistikada maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo'lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd. dollami tashkil etadi.

  7. X ususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o'z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo'jalik faoliyatidir. Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o'z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko'radilar va o'z korxonalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishga majburdirlar. Y akka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo'lib, uni tashkil qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to'g'risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o'z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug'ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o'z navbatida ikki turga bo'linadi: shaxsiy tadbirkorlik; birgalikdagi tadbirkorlik. Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi. «Shaxsiy tadbiikoilik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o'zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga mulkiy huquq tufayli o'ziga tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi: - er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; - dehqon xo'jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo'jaligi; - o'zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo'lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo'jaligi.

  8. Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlami davlat, o'quv, axborot, ilmiy tekshirish muassasalari tijorat asosida bajaradi. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy iqtisodiyotni rivoj lantirishda katta ish olib bormoqda. Aytish lozimki, chet el konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting firmasi xodimining bir kunlik o'rtacha ish haqi 300 dollami tashkil etadi. Konsalting xizmatlari turli xil bo'lishi mumkin. Menejment bo'yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot ko'rsatkichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo'lingan. umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.

  9. Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo'lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovariar ishlab chiqariladi, xizmat ko'rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlami sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko'rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug'urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko'rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmo qda. Bu tadbirkorlik turi ko'p yo'nalishlardan iborat bo'lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor lik faoliyati turiari nisbatan mustaqil bo'lib, bir-birini to'ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlami bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug'ullanmo qchi bo'lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug'ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko'rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug'ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovaming potemjial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo'lajak xaridorlar o'rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi.

Download 20,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish