1- MAVZU. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Nazorat savollari: Agrar munosabatlarning mazmunini, ta'rifi va tushunchasi
Yerdan foydalanish va yerga egalik qilish - asosiy farqlar
Ijara munosabatlarining ta'rifi va tushunchasi
Ijara munosabatlari nazariyasi - klassik qarashlar
Agrosanoat majmuasi - O'zbekistonning jahon tajribasi va amaliyoti
Agrosanoat integratsiyasi - O'zbekistonning jahon tajribasi va amaliyoti
O'zbekiston Respublikasida agrar islohotlarning huquqiy asoslari
Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o`z fikringizni bildiring.
O‘zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bogMiq boMadi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogMiq boMgan munosabatlar agrar m unosabatlar deyiladi. MaMumki, 1924 yildagi yer-suv islohotidan keyin sobiq ittifoq hududida yerga xususiy mulk bekor, qilinib, u umumxalq mulki deb eMon qilingan edi. Ammo ayni paytda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan ayrim mamlakatlarda yerga xususiy mulkchilikni joriy qilish jarayoni ketayapti. Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki boMib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilayapti. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o‘simlik, chorva mollari bilan bogMiq boMadi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogManib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
O'zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo'lganligi sababli yerga bo'lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo'lganmulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizasiya qilish ko'zda tutiladi. Ycrga cgalikni yeri boMgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Rcspublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek. «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun bcrilishi mumkin».2 Yerdan foydalanish huquqi — bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi boMishi shart emas. Real xo'jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko'pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaIiklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham toMt omil — yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, ya'ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir. Agrar munosabatlarni o'rganishda ham ishchi kuchining. jonli mehnatning faol rol o'ynashini. uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go'yo kapital foyda yoki foiz. yer esa renta yaratadi, degan ko'pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg‘on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to'g‘ri tushunishda renta munosabatlarini o'rganish muhim rol o‘ynaydi.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha toMiq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o'rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo'yicha turlicha yondashuv vaqarashlar mavjud boiib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko'ra, rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo'yicha asosiy va ko'pineha bir-biriga qarama-qarshi boMgan nazariyalarga duch kelamiz. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F. Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko'rib chiqilgan. Ular rcntaning vujudga kelish sababini tabial, ycrning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, ycrning qo'shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo'jalik mahsulotlarini yaratishda. jumladan, sof va qo'shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko'rsat ishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan. Anderson difTerensial renta to'g'risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa fiziokratlardan farqli o'laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o'rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi. qiymat qonuni bilan bog'lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.l.Ziberlar salmoqli hissa qo'shganlar. Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo'yicha chop etilgan qator o'quv qo'llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish vaqtida renta daromadlarining turli ko'rinishlari paydo bo'ladi, jumladan: qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog'ida vujudga keluvchi renta; o'rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo'luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bogMiq bo'lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-birigao'xshash shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ulami yer rentasiga kiritish to‘g‘ri bo`ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to`lanishidan qat’i nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi.
A grosanoat majmuasi (A S M ) - bu qishloq xo'jalik mahsulotlari yet islit irish. uni saqlash. qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to'rtta sohani o'z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko'rsalish bilan band bo'lgan tarmoqlar: ikkinchi soha — qishloq xo'jaligining o‘zi; uchinchi soha — qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchiga etkazib bcrishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash. saqlash, tashish, sotish); to'rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo'l-transpoil xo'jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo'jaligi)dan iborat. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o'z ichiga oladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega»4. Shu sababli, Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo'jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog`liq bo`lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo'jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo`gan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‘jaligining holatiga emas, balki sanoat larmoqlari bilan uyg'un rivojlanishiga ham bogMiq boMadi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro'yobga chiqarishga bo‘ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo`ladi. Agrosanoat intcgratsiyasi - qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo`lib, u g‘oyal xilma-xil shakllarda namoyon bo`ladi. Bular, eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko`lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga bog`liq. Butun mamlakat va mintaqalar ko`lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo'jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, xalq xo‘jaligi oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo`lishi va rivojlanishida ifodalanadi.
O'zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitusiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin eniasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan. Shunday ekan. qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo'yish orqali crishish ko'zda tutilgan. Respublikada yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki. melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o'z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug'oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko‘prog'i (4.2 mln.ga) sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning yarmidan ko'prog'i yaxshi mcliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o'zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarinirekonstruksiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug'orib kelingan har gektar ycrni qayta o'zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko'p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham former irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o'zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina meliorasiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga. qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo'jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko'rinishida namoyon bo'ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan faoliyai bilan shug'ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo'jaligiga texnikaviy, ta'mirlash xizmat ko'rsatish, uningmahsulotlarini qayta ishlash va istc'niolchilarga yetkazib berish bilan bog'liq bo'lgan tadbirkorlik faoliyat idir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo'g'inlarni qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste'mol bozorini yctarli miqdorda sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari. sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta'minlash orqali foyda ko'rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo'g'ini fermcr va dehqon x o ‘jalikIaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo'jaliklar o '/ yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermcrning o'zi va oila a’zolari hisoblanib. ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo'jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo'shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi. Fermer xo'jaliklari mustaqil tuzilma bo'lganligi sababli, o'z faoliyatini bozor kon'yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas'ulivat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo'jaligining yashovchanligini ta'minlaydi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik mahsulot larini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir. Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor boMgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo'jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog`liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo'jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog'dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalari nitashkil qiladi.. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish. xo'jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste'molchilarga yetka/ih berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo'jalik va korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli va paychilik mablag'lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin. Qishloq xo'jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo'jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko‘shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.
O'zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitusiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin eniasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan. Shunday ekan. qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo'yish orqali crishish ko'zda tutilgan. Respublikada yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki. melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o'z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug'oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko‘prog'i (4.2 mln.ga) sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning yarmidan ko'prog'i yaxshi mcliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o'zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarinirekonstruksiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug'orib kelingan har gektar ycrni qayta o'zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko'p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham former irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o'zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina meliorasiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga. qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.