1 – ma’ruza mavzusi. Mikrobiologiya fani, o’rganish obektlari, vazifasi hamda bo’limlarga tavsif. (2s.)



Download 29,59 Kb.
bet2/5
Sana03.10.2022
Hajmi29,59 Kb.
#851140
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu

Mikrobiologiya - grekcha so’z bo’lib, mikros - mayda, bios - hayot va logos - fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizmlar - mikroskopik zamburug’lar, suvo’tlari, bakteriyalar, rikketsiyalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o’rganadigan fan.
Shuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo’zg’atishi, tarqalishi haqida ham ma’lumot beradi. Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli - tuman.
Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, sianobakteriyalar (ko’k-yashil suvo’tlari) mansub bo’lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo’lib, ular alohida olam - Rrosariotae olamiga kiritiladi.
Mikrobiologiyaning o’rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham kiradi, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug’lar (bir hujayrali va ko’p hujayrali) kiradi. Ularning ko’p qismini xaltali zamburug’larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug’lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o’rganadi.
Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo’tlaridan yashil suvo’tlari ba’zan mikrobiologiya kursida o’rganiladi. Odatda, sodda hayvonlarni protozoologiya, mikroskopik suvo’tlarini algologiya o’rganadi.
Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qiladi. Ular odam va hayvonlarda, o’simliklarda, hasharotlarda, bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, sianobakteriyalarda turli tuman kasalliklarni qo’zg’atadi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan - virusologiyani paydo qildi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o’z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
2. Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo’lishidan qat’iy nazar, tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, oziq-ovqat sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish - sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo va h.k.) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlarga kiradi. Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko’mir, neft, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir.
Chirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta.
Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45 - 50% gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklar sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin va boshqa birlari esa sirka kislotani sintezlaydi.

Download 29,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish