Ko’targichlar – tushirish-ko’tarish operatsiyalarida quduq ichidagi favvora va gazliftlarning hamma turdagi quduq nasoslarini, quvur tizmasini, shtangani, kabellarni ko’tarib olishda qo’llaniladi.
Barqaror (ko’chmas) yuk ko’taruvchi inshootlar ko’targichlar bilan birgalikda qo’llaniladi. Ko’targichlar tarkibiga uzatmalar, chig’ir, transport bazasi, polispast tizimi kiradi va ulardan asosan joriy tamirlashda foydalaniladi.
Tushirish-ko’tarish agregatlarining tarkibiga – transport bazasida kuch uzatmalarini agregatlash transmissiyasi, chig’ir polispast tizimi, minora, tokchalar, quvurlarni tushirish va ko’tarish uchun mexanizatsiya vositalari, shtangalar, ko’chma minoralar uchun kabellar kiradi. Guruhcha tarkibiga har xil turdagi agregatlar, yuqorida keltirilgan agregatlar, har xil qo’shma va konstruktiv bajarilgan holda qo’llaniladi. Transport bazasida jihozlar agregatlanadi, har xil avtomobillar, transportlar va boshqa turdagi tashigichlardan foydaniladi.
Bu kichik guruhda tushirish-ko’tarish asboblari quvurlarni yoki shtangalarni yer osti ta’mirlash ishlarini ko’targichlar yordamida va maxsus qurilmalar jamlanmasi bilan birgalikda – quvur elevatorlari va shtroplar, kalitlar, spayderlar, manipulyatorlar qo’llaniladi. Bu qurilmalarning eng muhim tomoni shundaki, amalga oshiradigan ishlariga qarab ularning har xil turlarini kichik guruhlarga birlashtirish mumkin. Elevatorlar va shtroplar bir guruhga kirib, yuk ko’taruvchi qurilmalar jumlasiga kiradi, mufta tagidagi quvurlar tizmasini osib saqlab turadi. Quvurlarning kaliti – quvurlarni, shtanga quduqqa tushirilganda yoki quduqdan ko’tarib olishda mahkamlash yoki echishda qo’llaniladi. Quvurlarning kaliti dastakli, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan turda bo’ladi.
Spayderlar alohida mustaqil guruhga bo’linadi, quvurlar tizmasini og’irligini silindrik sirtidan saqlab va qisib turuvchi qurilmalarga mansubdir. Spayderlar mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo’ladi. U elevator bilan birga ishlaydi va yuk ko’taruvchi mexanizm hisoblanadi. Yuk ko’tarish quvvati 100 tonna va undan ortiq bo’ladi. Manipulyatorlar yordamida quvur va shtangalarni tushirish-ko’tarish operatsiyalarini ko’chirish jarayonlari amalga oshiriladi. Tushirish-ko’tarish operatsiyalarida shtangalar bilan oddiy asboblar va moslamalar birgalikda foydalaniladi. Mexanik yoki avtomatik shtangali kalitlar kam qo’llanilganligi uchun ularni alohida kichik guruh qilish mumkin. Mexanik va avtomatik spayderlar, kalitlar, manipulyatorlar tushirish-ko’tarish operatsiyalari uchun kompleks agregatlar tuzilishi mumkin yoki ulardan alohida foydalaniladi. Avtonom uzatmalar, IYod (ichki yonuv dvigatel) yoki gidravlik hamda pnevmatik elektrodvigatellarning alohida bajarilmasidan quduqlarni yer osti ta’mirlashda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ularni mustaqil kichik guruhga ajratish muvofiq bo’ladi.
Bosim bilan quduqlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan jihozlar. Yuqori qatlam bosimga ega bo’lgan quduqlarni ta’mirlash ishlari odatda ochiq favvoralarni kelib chiqishi bilan bog’liqdir. Bunday holatlarni oldini olish hamda quduqlarga quvurlar tizmasini yoki shtangalarni bosim ostida tushirishda bu jihozlarning jamlanmasi qo’llaniladi. Bu jamlanmaning tarkibiga quduqqa tushiriladigan quvurlar, shtangalar va qurilmalar quduq ustini germetiklash uchun bosim bilan bostiradigan ko’taruvchi maxsus qurilmalar ham qo’shiladi. Ko’taruvchi qurilmani tushirish-ko’tarish operatsiyasini mexanizatsiyalashtirish uchun u gidravlik vosita bilan jihozlanadi.
Ochiq favvoralarni bartaraf qiluvchi jihozlar. Quduq jihozlarini ishlamay qolishi, uning noto’g’ri tanlanishi, ba’zida texnologik jarayonlar yetishmagan malakada bajarilganda ochiq favvoralar paydo bo’ladi. Ochiq favvoralarni bartaraf qilishda ba’zida yong’inli favvoralarni to’xtatishda bosim oshishini ta’minlashda qo’llaniladigan jihozlar bilan birgalikda maxsus manipulyatorlar va yong’inga qarshi oraliq masofadan kurashuvchi texnikalardan foydalaniladi.
Quduqlarni yuvishda qo’llaniladigan jihozlar. Quduqlar ishlatish davrida uning stvoliga qum va loy zarrachalari yopishadi va tiqin ko’rinishida tiqilib qoladi. Quduqning stvoli va filtri smola, parafin, korroziya mahsulotlari va boshqa moddalar bilan ifloslanadi, kapillyar kanallari yomonlashadi. Ba’zida quduqqa kirib keladigan suyuqlik yoki gazning oqimini to’liq bekitib qoyadi. Qumli tiqinlar kuchli agregatlar yoki parmalash yo’li orqali yuviladi. Bu guruhdagi jihozlarga yuvuvchi agregatlar mansub bo’ladi, quduqlarni ifloslantiruvchi smolalarni, parafinlarni va korroziya mahsulotlarini yuvib chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Parafinsizlantiruvchi jihozlarni ko’taruvchi jihozlarda o’tirib qolgan parafinlarni ishlatish davrida yoki quduqlarning yer osti jihozlarida ta’mirlash davrida tozalab chiqaradi. Birinchi holatda mexanik usul qo’llaniladi, ikkinchi usulda issiqlik usullari qo’llaniladi.
Quduqlarni kapital ta’mirlash jihozlariga – eng murakkab jihozlar kiradi, unga bir butun murakkab qurilmalar mansubdir, sxemasi va funktsional mo’ljallanishi boyicha burg’ilash qurilmalariga o’xshashdir. Bu qurilmalar yordamida burg’ilash, sementlash, quduqning egriligini to’g’rilash, o’zlashtirish uchun burg’ilash minorasi, asosi, tal tizimi, chig’ir, yuvish tizimi, rotor, vertlyug, yetakchi quvur uzatma va transmissiya, transpotr bazasi qo’shiladi. Burg’ilab tugallangan, ta’mirlangan quduqlarni o’zlashtirishda ba’zida o’zlashtirishda mobil agregatlar qo’llaniladi.
Quduqlarni kapital ta’mirlash asboblari quduqdagi avariyalarni bartaraf qilishda, stvolni to’g’rilashda, quduq ichiga tushib ketgan ba’zi bir detallarni chiqarishda, frezerlashda, kapital ta’mirlashda, ba’zida joriy ta’mirlashda qo’llaniladi.
Quduq ichi ishlarida qo’llaniladigan jihozlar. Quduqning ichki jihozlari va ko’taruvchi jihozlar, quduqqa tushirilgan qirquvchi-klapanlar, pakerlar, gazlift klapanlari davriy ravishda almashtirilib turiladi. Davriy vaqt oralig’ida quduq ichi parametrlari (harorat, bosim va hakozo) o’lchanib turiladi. Bunda hamma quduq ichidagi ishlar maxsus agregatlar, moslamalar va asboblardan tashkil topgan bo’ladi, mustaqil jamlanmalar yordamida bajariladi.
Nazorat savollari
Kon jihozlarining turlari haqida ma’lumot bering?
Jihozlar majmuasiga nimalar kiradi?
Quduqlardan olinadigan mahsulotlar qanday tartibda tayyorlanadi?
4. Neftni birlamchi tayyorlash tо‘g‘risida tushincha bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |