Turlararo raqobatlili
Populyatsiyalar va ularning individlari orasida oziqa (ovqat), yorug`lik,
issiqlik, maydon yoki yotoq joylari uchun doimo kurash bo`lib turadi. U yoki bu joyda yashaydigan
ikkita tur bir xil trofik (oziqa) darajada bo`lsa (bir xil ovqatlansa), ular orasidagi oziqlanish uchun
kurash (konkurentsiya) kuchli bo`ladi, natijada bir tur ikkinchi turni asta-sekin siqib chiqarishi
mumkin. Masalan, o`zimizda ekilgan bedazorlarda bir necha yil begona o`tlarga qarshi kurashilmasa,
sekin - asta begona o`tlar bedani siqib chiqaradi, uning o`sishiga to`sqinlik qiladi. Yoki ekilgan
g`o`za begona o`tlardan tozalanmasa ular orasida yorug`lik, namlik, oziqa uchun kurash bo`lib,
g`o`zaning o`sishi, rivojlanishi va hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Gauze
ning 1934 yilda
infuzoriyalar bilan olib borgan tajribalarga murojaat qilsak, ya`ni ikkita infuzoriya turi bir xil
sharoitda parvarish qilinganda bir turi (Paramecium aurelia) raqobatbardosh bo`lib, ikkinchi turdan
(Paramecium Saudadum) asta-sekin ustun kela boshlagan va oxirgi turning soni kamayib 20 kundan
keyin mutlaqo yo`qolib ketgan.
Gauze asoslagan bu printsip, ya`ni konkurent (raqobatlik) yo`qolish printsipi keyinchalik
hayvonlarda o`tkazilgan boshqa xil tajribalarda ham o`z isbotini topdi. Xuddi shunday konkurentlik
belgilari yuqorida keltirilgan misolimizdagidek o`simliklar populyatsiyalarida ham uchraydi.
Raqobatlik oqibatlari turli xil bo`ladi. Turlararo raqobatlilik shu ikki tur o`rtasidagi muvofiqlikni
tiklaydi yoki ular orasidagi kurash keskin borsa, unda bir populyatsiya turlarini ikkinchi bir po-
populyatsiya turlari bilan almashtirishga olib kelishi mumkin yoki bir tur yo`qolib uning urnini
ikkinchisi egallaydi yoki bo`lmasa raqobatda bo`lgan turlarning biri boshqa yashash joyiga ko`chishi
yoki boshqa xil oziqa bilan oziqlanishiga o`tishi mumkin. O`simliklar o`rtasidagi raqobatlilik darajasini
Dj. L. Xarper (1961, 1962, 1963) Sebarganing ikki turi misolida o`rganib isbotlab berdi.
Trifolium repens tez o`sib maksimal barg hosil kiluvchi tur, ikkinchisi trifolium fragiferumning
barg dastasi uzun bo`lib, uning barglari asosan poyaning uchida joylashadi. Shu sababli ham bu tur tez
o`suvchi T.repens ga nisbatan yuqori yarusni oson egallab oladi va quyoshdan to`liq foydalanadi.
Ikki tur aralashtirib ekilganda har biri ikkinchisining o`sishiga to`sqinlik qiladi, biroq ikkala tur
ham hayot tsiklini tugallab urug` hosil qilishga ulguradilar. Lekin maydonda har ikkala turning zichligi
past darajada bo`ladi.
Ko`rinib turibdiki, ikki tur orasida raqobatlik kurash keskin bo`lib tursa ham ular morfologik
belgilari va maksimal o`sish davrlaridagi farq qiluvchi xususiyatlari bilan bemalol birga yashash
imkoniyatiga egadirlar.
Xarper
1961 yilda ana shu tajribalarga asoslanib ushbu xulosaga keladi:
Ikki tur orasida quyidagi mexanizmlar mavjud bo`lgan taqdirda ular birga yashash imkoniyatiga
ega bo`ladilar:
1) Har xil oziqa bilan oziqlansalar (misol, dukkaklilar va dukkakli bo`lmagan turlar):
2) Hayvonlarning eyishiga turlarning har xil sezgirlik darajasi mavjud bo`lganda:
3) Har xil toksik moddalarga turlarning turlicha ta`sirchanligi kuzatilganda:
4) Yorug`lik, suv va shu kabi omillarga turlarning ijobiy ta`siri mavjud bo`lganda.
Cheklovchi omillar
Cheklovchi omil tirik va notirik organizmlarning ekotizmini o'z ichiga oladi.Cheklovchi omil
aloqada bo'luvchi bir nechapopulyatsiyaga ta'sir eta oladi. Biroz yomg'ir yog'ishi ham o'tloqdagi
o'simliklarni o'sishini cheklay oladi. O'simliklar urug'ni sichqonlar yeydi, bu oziqlanish jarayoni
cheklovchi omilga aylanishi mumkin.
1
1
Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (10-16- betlar).
Populations
Suppose you meet an ecologist who studies how a herd ofbison moves from place to place and how
the female bison in theherd care for their young. This ecologist is studying the membersof a
population. A
Do'stlaringiz bilan baham: |