va ekologik yo‘nalishlari.
3. Ijtimoiy-ekologik tadqiqotlar olib borishning ahamiyati.
Tayanch iboralar:konsepsiya, global, terrorizm, ekstremizm, fanatizm,
ekstensiv, etnik, shovinizm, sammit, simpozium, strategiya, taktika, karer,
noosfera
1. Barqaror rivojlanish ta’rifi va tushunchasi.
Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo‘lgan va echimini hal
qilishini talab etadigan muammolarga V.V.Vernadskiyning noosfera to‘g‘risidagi
barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag‘ishlangan xalqaro
shartnomalar
va
shu
kabilar
kiradi.
Kelgusi avlod uchun barcha imkoniyatlarni saqlab qolgan holda inson o‘z
ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajadagi rivojlanish barqaror
rivojlanish deyiladi. Tashqi muhit va ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni bir-biridan
ajratmagan holda olib borilishi barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosini tashkil
etadi. Demak, ana shu nuqtai nazardan qaralganda sog‘lom ijtimoiy – iqtisodiy
muhitda sog‘lom tashqi muhit mavjud bo‘ladi. Birlashgan millatlar tashkilotining
asosiy hujjati «XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan keng
ko‘lamdagi masalalar ko‘zda tutilgan. Mazkur masalalarga iqlim o‘zgarishining
oldini olish, cho‘llashishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni kuchaytirish, turli
xildagi ekologik ishlarnii takomillashtirish va boshqalar kiradi. Qayd etilgan
ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
masalalarning muhimliligini e’tiborga olmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo‘jaligida
ishlatiladigan texnologiyalarni takomillashtirish, qashshoqlikka qarshi kurashish,
tumush darajasini yuksaltirish, atrof muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratishdan
va boshqa muammolarni o‘z ichiga oladi. Xuddi shunga o‘xshash 40 dan ortiq
muammolar 4 ta bo‘limga birlashtirilgan.
1. Xarakat dasturi
2. Ijtimoiy-iqtisodiy aspektlar;
3. Aholining rolini kuchaytirish;
4. Bajarish vositalari.
Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e’lon qilib barcha
davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o‘zlarining milliy barqaror rivojlanish
kotsepsiyalarini qabul qilishini so‘ragan va hozirgi kunda ko‘pchilik davlatlar, shu
jumladan bizning respublikamizda ham shunday konsepsiyalar qabul qilingan.
Hozirgi kunda Respublikamiz 10 dan ortiq konvensiyalarga qo‘shilgan. Ular
quyidagilardir:
Tabiatga zarar keltirishga qaratilgan har qanday harbiy va boshqa xil ta’sirlarni
man etish konvensiyasi (5 oktyabr 1978 yil);
Ozon qatlamini himoya qilish Vena konvensiyasi;
Ozon qatlamiini emiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal qarori (18 may 1993
yil);
Xavfli chiqindilarni tashqariga tashib chiqarishni nazorat qilish bo‘yicha Bazel
konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda );
Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha BMT ning Ramkaviy Konvensiyasi (10 iyun 1993
yilda);
Biologik xilma – xillik konvensiyasi (6 may 1995 yilda );
CHo‘llanishga qarshi, yoki jiddiy cho‘llanishni o‘z boshidan kechirayotgan
Afrika qit’asi bo‘yicha BMT konvensiyasi (31 avgust 1995 yilda ;
Yo‘qolish arafasida turgan yovvoyi flora va faunalarning xalqaro savdosi
bo‘yicha konvensiya (1 iyul 1997 yilda);
Tabiat va madaniy merosni asrash konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda);
Migratsiya qiluvchi (ko‘chib yuruvchi) yovvoyi hayvonlarni asrash bo‘yicha Bonn
konvensiyasi (1 may 1998 yilda).
Bulardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi tashqi muhitni muhofaza qilish
bo‘yicha 12 ta xalqaro kelishuvlarga qo‘l qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: