1-mashq. STANTSION PSIXROMETRNI O’RGANISH.
Bu psixrometr maxsus shtativga vertikal holatda psixrometrik budkada
bir-biriga yaqin joylashtirilgan ikkita bir xil psixrometrik termometrdan tashkil
topgan. Termometrlar 1 ta bo’limining qiymati 0,20S. Ikkala termometrlarning
rezervuari o’lchamlari va shakllari, issiqlik sig’imlari, shkalalari chegarasi ham
bir xil bo’ladi. CHap tomondagi termometrni odatda quruq, o’ng tomondagini
esa ho’llangan termometr deb atash qabul qilingan. Ho’llangan termometrning
rezervuari batist bir uchi bilan zich qilib o’ralgan, batistning ikkinchi uchi
distillangan suv quyilgan stakanchaga tushirilgan. Stakancha shtativga
mahkamlangan sim halqaning ichiga tushirilib o’rnatiladi. Suvni toza holda
saqlash uchun stakanchaning usti shisha yoki rux qopqoq bilan yopiladi,
qopqoqda batistni suvga tushirishga mo’ljallangan teshik bor. Kuzatish
jarayonida ishonchli ma’lumotlar olish uchun batistni to’g’rilab o’rash va uning
tozaligini kuzatib borish lozim. Psixrometrlarda 15 minut mobaynida suvni 7-8
sm gacha balandlikka ko’taradigan batist ishlatiladi. Stantsion psixrometr bilan
kuzatish olib borishda termometr rezervuariga o’ralgan batistning yaxshi
ho’llangan bo’lishiga erishish uchun stakanning halqali gardishigacha doimo
suv bo’lishini ta’minlash lozim.
Termometrlar bo’yicha hisoblarni tez bajarish kerak, aks holda
kuzatuvchining termometr oldida ko’proq turib qolishi ko’rsatishlarni buzadi.
Kuzatishlarda ikkala termometr ko’rsatishlari 0,10S aniqlikda hisob qilinadi va
yoziladi.
Psixrometr Bilan o’lchash havo temperaturasining 0
0
S dan yuqori
istalgan qiymatida, havoning 0
0
S dan past temperaturalarida esa faqat -100S
gacha olib boriladi, chunki bunday past temperaturalarda o’lchash natijalari
noaniq bo’ladi. Havo temperaturasi 0
0
S dan past bo’lganda batist termometr
rezervuaridan 2-3 mm pastdan qirqiladi va o’lchash boshlanishidan 30 minut
oldin stakandagi suvga ho’llanadi. Ho’l termometrning ko’rsatishi 0
0
S dan 2-
30S oshgach stakandan olib qo’yiladi (bunda batistdagi muz eriydi).
(CHizma-1) Havo namligi quruq va ho’l termometrlarning ko’rsatishlari
bo’yicha hisob qilinadi. Amaliy ishlarda havo namligi ni hisoblashni
tezlashtirish uchun maxsus psixrometrik jadvallardan foydalaniladi. 1981 yili
«Gidrometeoizdat» nashriyoti chop etgan «Psixrometrik jadvallar» dagi
ma’lumotlar havo namligining barcha xarakteristikalari: suv bug’ining
haqiqiy elastikligi ye, nisbiy namlik f, shudring nuqtasi td va namlik defitsiti d
larni tayyor holda olishga imkon beradi. Psixrometrik jadvallar havo bosimi
1000 mb uchun tuzilgan.
Agar o’lchash vaqtida havoning bosimi 1000 mb dan ortiq yoki kam
bo’lsa, u holda havo namligini xarakterlovchi kattalik qiymatlariga tuzatmalar
kiritish kerak. Suv bug’ining elastikligiga qilinadigan tuzatma 3 yoki 4*-
psixrometrik jadvaldan t va t1 larning qiymatlari ayirmasiga asoslanib topiladi.
Agar atmosfera bosimi 1000 mb dan oz bo’lsa tuzatmani musbat ishora bilan,
1000 mb dan oshiq bo’lganida esa tuzatmani manfiy ishora bilan kiritish kerak.
Stantsion psixrometrda kuzatish olib borishda «Psixrometrik jadvallar»dan
foydalanish quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Dastavval havo namligi 1000 mb
bo’lganida 2-psixrometrik jadvaldan quruq termometr ko’rsatgan havo
temperaturasi t ning qiymatiga, so’ngra ho’l termometrning ko’rsatishi t1 ning
qiymatlariga mos ustunlar, topiladi va ularning kesishgan nuqtasidan ye ning
qiymati olinadi. 2. O’lchash vaqtida atmosfera bosimi 1000 mb dan farq qilsa, u
holda 3- va 4-psixrometrik jadvaldagi ye ning qiymatlariga tuzatish kiritiladi.
Tuzatishning qanday ishora bilan olinishi jadvallarda ko’rsatilgan. 3. Absolyut
namlik ye ning tuzatilgan qiymati va t ning qiymati asosida YAna 2-
psixrometrik jadval yordamida havo namligining boshqa xarakteristikalari
topiladi. Masalan. Stantsion psixrometr ko’rsatishiga asosan t=200S, t1 =
15,70S va atmosfera bosimi mb 1020eb bo’lsin. 2-psixrometrik jadvaldan ye =
14,3 mb ni topamiz, bu holda atmosfera bosimi 1000 mb dan ortiq, shuning
uchun 3-psixrometrik jadvaldan r va t-t1 larning qiymatlari asosida ye ni
topamiz:
e – ning tuzatilgan qiymati ye
tuzat
=14,3 mb – 0,07 mb = 14,23 mb ga
teng bo’ladi. Ba’zan ye ga doir ustundan ye
tuzat
ga eng yaqin qiymatini topiladi.
4. YAna 2-psixrometrik jadvalga qaytib t=200S va ye = 14,23 mb ga teng
qatordan havo namligining qolgan kattaliklari aniqlanadi; C td 0
2,12
0
S ; f=61%, d=9,2 mb 5. Havo namligining maksimal elastikligi ye 5-
psixrometrik jadvaldan topiladi. Olingan misol uchun ye=23,3708 mb
yoki ye=23,37 mb ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |