1- laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash. Bios haqida boshlang’ich ma’lumotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#354647
Bog'liq
1 labaratoriya Setup dasturi



1- Laboratoriya mashg‘uloti. 

Mavzu:  

SETUP dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash. 

BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar 

 

BIOS (Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard 



(материнская  плата)’da  alohida  chip  sifatida  ishlaydi.  Bu  chipning  vazifasi  kompyuter  va 

operatsion  tizimni  bir-biriga  bog‘lashdan  iborat.  Har  safar  kompyuter  yoqilganda  dastlab  bios 

ishlaydi,  kompyuter  uskunalari  parametrlarini  tekshiradi  va  operatsion  tizim  yuklanuvchi 

fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). 

Kompyuter  yongandagi  har  xil  yozuvlar  va  tovushning  chiqishi,  ROM(Read  Only  Memory) 

xotirada yozilgan biosning ishi. 

BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: 

— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; 

— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test); 

— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; 

— tizim resurslarini taqsimlaydi

— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash; 

— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr); 

— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; 

— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. 

BIOS’ni  to‘g‘ri  sozlash,  kompyuter  ishlashiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  shuning  uchun  dastlab  shu 

dasturchani  yaxshi  o‘rganib  olish  lozim.  Har  xil  turdagi  motherboar’lar  har  xil  BIOS  turlarini 

ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. 

Protsessorlarning  turi  rivojlangan  sari,  BIOS  sozlashlari  ham  qiyinlashib  bormoqda.  Bu  esa, 

qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 

BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: 

— American Megatrends (AMI); 

— Award Software; 

— Phoenix Technologies. 

BIOS  turiga  qarab,  uning  ko‘rinishi  ham  o‘zgarib  boradi,  uning  turidan  tashqari  bir  necha 

versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. 

Maqolalarda Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini misol qilib olaman, 

chunki  eng  ommalashgan  turi  shu.  Sal  tushunarli  bo‘lishi  uchun  BIOS’ning  ba’zi  versiyalarini 

rasmda ko‘rsatib o‘taman. 

 

Award BIOS versii 4.51 PG  




 

AWARD BIOS versii 6,0  

 

AWARD + PHOENIX. birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa. 



BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish 

mumkin: 


Пуск -> Выполнить -> msinfo32 

 

Bundan  tashqari,  Everest,  Sandra,  siw  kabi  utilitalar  orqali  ham  kompyuteringizga  o‘rnatilgan 



BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. 

 

 




 

 

BIOS'ning "разгон"chilar uchun chiqarilgan menyusi - Tiger Central Control Unit 



Navbatdagi  menyu  Tiger  Central  Control  Unit  deb  nomlanadi  va  u  ikkinchi  bo‘lib 

joylashgan. Bu menyu bilan ishlash unchalik tavsiya qilinmaydi, chunki bu orqali kompyuterni tez 

ishtan chiqarishingiz mumkin. Elektr qism bilan ishlanadi(kuchlanish, chastota). 

Bu  menyu o‘zida bir necha menyularni saqlaydi va ularning soni biroz ko‘proq, asosiylarini ko‘rib 

o‘tamiz. 

Smart Power LED - bu funksiya kompyuterdagi svetodiodni boshqaradi. Muammo paydo 

bo‘lsa(kuller  ishdan  chiqsa,  tezkor  xotira  ishga  yaroqsiz  holga  kelsa,  monitor,  videokartada 

muammolar paydo bo‘lsa, undan tashqari POST tekshiruv yaxshi o‘tmasa), muammoning turiga 

qarab  bir  necha  marotaba  yonib  o‘chishi  mumkin.  Buning  uchun  bu  funksiya  yoqilgan  holda 

(ENABLED) bo‘lishi kerak. Odatiy holi o‘chiq(Disabled). 

Smart  Boot  Menu  -  Enabled  qiymatga  ega  bo‘lsa,  kompyuter  yonishida,  qaysi  diskdan 

yuklanish  kerakligini  ko‘rsatuvchi  xabar  chiqadi,  so‘ng,  belgalagan  disk  orqali  kompyuter 

yuklanadi. Bu holda BIOS'da o‘rnatilgan yuklanuvchi disklar darajasi hisobga olinmaydi. 

Auto detect PCICLS - kompyuterdan tarqaladigan elektr nurlanishni kamaytiradi, bunga u 

ishlatilmayotgan slotlarga elektr toki bermasdan erishiladi. Nurlanish kam darajada kamaytirilgani 

bois, bu funksiyani o‘chirib (Disabled) qo‘yish ham mumkin. 

DRAM  Configuration  -  bu  funksiyani  o‘zgartirmagan,  to‘g‘rirog‘i  umuman  kirmagan 

yaxshi, tezkor xotiraning nozik sozlashlari o‘rnatiladi, ba'zi qismlarini o‘zgartirib ham bo‘lmaydi, 

xullas bu sozlashlarni o‘zgartirmaymiz. 

Tiger  Intelligent  Stepping  -  funksiya,  kompyuterni  ishlashini  tezlashtiradi(razgon),  bu 

haqida  alohida  maqola  qilishga  harakat  qilaman.  Tezlashtirishni,  kompyuter  elementlarini 

maksimal  darajada  ishlatish  orqali  erishiladi,  ya'ni  maksimal  chastotada,  buning  natijasida 

kompyuterning umri qisqaradi. Default qiymat bersangiz, kompyuter o‘zi qay darajada ishlashini 

belgilaydi,  agar,  Manual  qiymat  bersangiz,  siz  o‘zingiz  belgilaysiz(kompyuter  bilan  endi  ish 

boshlaganlarga bu funksiyani o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi). 

CPU  Frequency  -  protsessorning  shina  tizimiga  chastota  qiymatini  berish,  bu  ham 

razgonning bir turi hisoblanadi. 

PCIE Clock - PCI Express shina chastotasini o‘rnatish, odatiy qiymati 100 Mgs. 

CPU  Clock  Multiplier  -  protsessor  turiga  qarab,  protsessor  chastotasi  va  tizim  shina 

chastotasi  orasidagi  bog‘lanish.  Odatiy  holi  Auto.  Kompyuterni  kuchaytirguvchilar(razgon) 

menyusi. 

AMD K8 Cool control - AMD korxonasi tomonidan chiqarilgan texnologiya bo‘lib, elektr 

quvvatini  kam  sarflashini  ta'minlaydi.  Agar  kompyuterga  unchalik  katta  yuklama  tushmasa, 

chastotalar  avtomat  kamaytiriladi,  shu  hisobiga  elektr  ta'minoti  ham  kamayadi.  Har 

doim Auto qiymati turish tavsiya qilinadi. 

PCI/SATA/HT  Spread  Spectrum  -  elektromagnit  nurlanishni  kamaytiriruvchi  funksiya, 

bunga  u  3  ta  shina(PCI/SATA/HT  Spread  Spectrum)ga  kamroq  signal  berish  orqali  erishadi, 

kamroq  deganda,  kuchsizroq  nazarda  tutiomoqda,  kompyuterni  kuchaytiruvchilar  uchun 

emas(ular ishlatishmaydi). 

CPU  Vcore  Over  Voltage  Setting  -  protsessor  yadrosiga  kuchlanishni  berish, 

odatda Default qiymat turadi(o‘zgartirishga maslahat berilmaydi), bu orqali avtomat kuchlanish 

beriladi,  agar  kuchaytirish(razgon)  bilan  shug‘ullansangiz,  o‘zingiz  bilib  kuchlanish  qiymatini 

berishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni bilinki, katta qimat berib yuborsangiz, protsessor darhol ishdan 

chiqishi mumkin, yana bir narsa, biroz kuchlanishni oshirish bilan, protsessor qizishi tezlashadi, 

darhol kullerni kattasini o‘rnatish lozim. Xullas bu funksiyaga tegmang! 

DRAM  Voltage  Select  -  tezkor  xotira  moduli  kuchlanishini  o‘zgartirish,  o‘zgartirish 

umuman  tavsiya  qilinmaydi(!),  bu  ham  kompyuterni  kuchaytiruvchilar  uchun.  Bu  ishni  qilish 

uchun boy tajribaga, elektr ta'minoti bilimlariga va kompyuter qurilmalari haqida to‘liq bilimga 

ega bo‘lishingiz lozim. 



DRAM  Voltage  Select  -  tizim  kontrolleri  chipsetga  kuchlanishni  o‘rnatish,  default 

qiymatni o‘zgartirmang, bu ham razgonchilar uchun. 

Asosiy  funksiyalar  bilan  tanishtirib  o‘tdim,  xulosa  qiladigan  bo‘lsak,  bu  menyu  asosan 

kompyuter ishlashini tezlashtiradiganlar(razgon, overloking) uchun chiqarilgan. Bu funksiyalarni 

o‘zgartirish  umuman  tavsiya  qilinmaydi.  Bu  orqali  siz  o‘z  kompyuteringiz  hayotini  uzaytirgan 

bo‘lasiz. 

Tezlashtirishga,  kompyuter  elementlarini  chastota  va  kuchlanishlarini  oshirgan  holda 

erishiladi. Bu esa standart qiymatlardan chetlanish hisoblanadi va hech kim barqaror ishlashiga 

javob bermaydi. 

BIOS'ning STANDART CMOS FEATURES menyusi haqida 

Odatda  BIOS  dasturi  bilan  ishlaganda,  klaviaturaning  tepa-past  va  chap-o‘ng  tugmalari 

ishlatilad, albatta ENTER tugmasidan ham foydalaniladi (tanlash uchun), demak boshladik. 

STANDART CMOS FEATURES. Shu nomli menyuni tanlab ENTER tugmasini bosamiz. 

Bu menyu orqali vaqt, kun va qattiq disk parametrlarini o‘zgartirish mumkin (diskdan tashqari, 

DVD qurilmalar, ba'zi  BIOS turlarida fleshkalarni ham). Kerakli diskni tanlab ENTER tugmasini 

bosamiz  yoki  oldingi  holga  qaytish  uchun  ESC  tugmasini  bosamiz.  Bu  menyuda  quyidagi 

menyuchalar bor. 

IDE  Channel  0  Master  -  bu  menyuchada  qattiq  disk  (umumiy  holda  накопитель)ning 

xarakteristikasi keltirilgan (agar IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Master- ya'ni asosiy disk. Asosiy 

yuklanuvchi disk. 

IDE  Channel  1  Master  -  bu  ham  komyuterga  ulangan  qattiq  disk  (umumiy  holda 

накопитель) xarakteristikasidir (agar  IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Slave -  ya'ni  yordamchi 

disk,  asosiydan  diskdan  keyin  yuklanadigan  disk.  Agar  bu  menyuchalarga  qanday  diskni 

o‘rnatishni  bilmasangiz,  qiymat  sifati  AUTO'ni  tanlang,  shunda  kompyuter  vinchester  ulanishi 

asosida o‘zi aniqlashtirib oladi. 

Fizik  ulanish  jarayonida  Master  va  Slave  qilib  belgilash  "перемычка"  (jumper)  orqali 

amalga oshiriladi yoki kabel orqali. 

Qolgan menyuchalar, SATA raz'yemi orqali ulangan qattiq disklarni xarakteristikalaridir, 

bularda  faqat  Master  tushunchasi  bor  (slave  tushunchasi  eskirgan)  va  bu  Master'larning 

darajalari  raqamlar orqali belgilanadi. 

Qattiq 

disklarni 

SATA 

ulanishi 



darajalarini 

Motherboar'dagi 

SATA 

raz'yemlarining  raqamlari orqali ham aniqlashtirish mumkin. 



Pastroqda, eski 3.5 dyumli diskovod ham borligi ko‘rsatilgan, bu disk "A" disk sifatida belgilanadi.  

Bu  menyuning  quyi  qismida,  kompyuterning  umumiy  xotirasi  haqida  ma'lumot 

keltiriladi.Har  bir  menyu  tegida,  BIOS  dasturida  ishlatiladigan  klaviatura  tugmalari  haqida 

ma'lumot  mavjud.  Agar  sizda  BIOS  turi  va  versiyasi  boshqacha  bo‘lsa,  shu  ma'lumotdan 

foydalanib klaviatura tugmalarni vazifalarini aniqlashtirib olishiniz mumkin. 

BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha 

BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida yozib o‘taman, keyingi maqolalardan boshlab 

har birini ichini yozib o‘taman. 

Maqolalarda, PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS'i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin 

ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda  BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p 

kompyuterlarda aynan shu firma BIOS'i ishlatilmoqda. 

Demak, kompyuteringiz orqali BIOS'ga kirsangiz,  BIOS oynasiga duch kelasiz. 

Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz: 

1.  Standard CMOS Features   - menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi 

axborotlar,  undan  tashqari  disklarni  sozlash  va  POST  xatolar  haqida  ma'lumotlarni  ko‘rish  va 

ularni sozlash mumkin bo‘ladi. 

2.  Tiger  Central  Control  Unit      -  menyuda,  tezkor  xotira(RAM),  protsessor(CPU)kabi 

kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan 

shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud. 



3.  Advanced  BIOS  Features  -  kompyuter  yuklanishni  qanday  amalga  oshirish  kerakligi, 

protsessor  sozlashlari  va  xotirani  keshlash  kabi  sozlashlar  amalga  oshiriladi.  Undan  tashqari 

kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi. 

4.  Advanced Chipset Features   - bu menyu motherboar'dagi chipsetni sozlash va tezkor 

xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi.. 

5.  Integrated  Peripherals      -  motherboard'da  mujassamlashgan  elementlarni  sozlash 

uchun(audio, video, kontrollerlar,...). 

6.  Power  Management  Setup      -  kompyuterning  elektr  ta'minotini  boshqaradi,  undan 

tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin. 

7. PnP/PCI Configurations   - tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni 

amalga oshiradi. 

8. PC Health Status   - bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin 

bo‘ladi. Ba'zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo. 

9.  Load  Fail-Safe  Defaults      -  oldingi  maqolada  aytib  o‘tgan  funksiya,  ya'ni  BIOS 

sozlashlarini  eski  holatiga  qaytaruvchi  menyu.  Bu  menyu,  bilib-bilmasdan  BIOS 

sozlashlarini    o‘zgartirib  qo‘ygan  va  orqaga  qaytarishni  bilmagan  foydalanuvchilar  uchun 

qulaydir. 

10. Load Optimized Defaults - bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini 

optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi. 

11.  Set  Supervisor  Password      -BIOS  dasturiga  parol  o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, 

administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring. 

12. Set User Password   - bu ham  yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin 

administratorga  emas,  balki  oddiy  foydalanuvchiga,  bu  foydalanuvchi  sozlashlarni  ko‘rishi 

mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi. 

13. Save & Exit Setup   - qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS'dan chiqish. 

14.  Exit  Without  Saving      -  qilingan  barcha  ishlar(sozlashlar)ni  saqlamasdan  BIOS'dan 

chiqish. 

BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo'llari 

BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, 

kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan 

ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni 

ishlab  chiqarilgan  paytdagi  sozlashlarga  (odatiy  sozlashlarga)  qaytaring  (сброс  настроек  по 

умолчанию). 

Sozlashlarni odatiy holga qaytarishning quyidagi usullari mavjud. 

№ 1 variant. 

Kompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va 

u  yerdan  BIOS  dasturi  sozlashlarini  odatiy  holga  qaytaruvchi  tugmani  bosing.  Bu  tugma  faqat 

ma'lum  bir  platalrda  mavjud.  Natijada,  BIOS  sozlashlari  zavodda  chiqarilgan  sozlashga 

qaytariladi. 

 

№ 2 variant. 



Agar  sizning  platangizda  bunday  tugma  bo‘lmasa,  navbatdagi  usul  yordamida  BIOS 

sozlashlarini orqaga qaytaring. 

BIOS  bir  necha  kichik  dasturlardan  iborat  bo‘ladi,  sozlashlar  amalga  oshiriladigan 

dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS'ga kirganingizda, siz faqat 




BIOS  sozlashlariga  kirgan  bo‘lasiz.  Bu  sozlashlar  maxsus  mikrosxemada  joylashgan  bo‘ladi 

va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS "перемычка"sini 

olib,  yonidagisiga bir necha  sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS  sozlashlari 

orqaga qaytadi, bu "перемычка" BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi. 

 

№ 3 variant. 



Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda 

usulini taklif qilaman.  Bu BIOS  batareyasini bir necha soniyaga  (30-45 soniya) olib, qaytadan 

qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq 

va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning 

ba'zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda "CMOS-cherksum error" 

yoki "Battery Low Lewel" degan xatoliklar chiqadi. 

 

№ 4 variant. 



BIOS  sozlashlarini  oldingi  holatiga  qaytarishning  yana  bir  usuli  bu  BIOS'ga  kirganda 

ma'lum bir menyu orqalidir. Bu menyu "Load Fail - Safe Defaults" deb nomlanadi. BIOS turi va 

versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi. 

BIOS dasturiga kirish yo'llari 

  BIOS  haqida  dastlabki  bilimlarga  ega    bo‘ldingiz.  Endi,  bu  dastur  ichiga  qanday  qilib 

kirishni  ko‘rsatib  o‘taman.  BIOS  bilan  ishlash  bo‘yicha  tajribangiz  bo‘lmasa,  xavfsizlik 

qoidalariga rioya qilishni maslahat beraman, ya'ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki 

boshqa vinchesterga olib qo‘ying, bu juda nozik ish bo‘lib, bilmasdan BIOS'ga doir biror boshqa 

sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay (yonmay) qolishi mumkin. 

BIOS  dasturiga,  operatsion  tizim  ishlab  turgan  paytda  kirib  bo‘lmaydi,  bu  xavfsizlik 

sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda 

bir muddat BIOS'ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda "Press DEL to enter SETUP" 

ko‘rinishida  bo‘ladi.  Agar  bu  xabarni  o‘qiy  olmasangiz,  bu  haqidagi  ma'lumot  Motherboard 

(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin. 

Agar  qo‘llanma  bo‘lmasa  va  BIOS'ga  qanday  kirishni  bilmasangiz,  havotirlanmang, 

kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar 

operatsion  tizim  yuklanishi  boshlanib  ketsa,  demak  bilinki  siz  bosgan  tugma  BIOS  dasturiga 



kirishni  amalga  oshirmaydi,  qolgan  ikki  tugmani  bosib  harakat  qilib  ko‘ring.  Kirish  amalga 

oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish 

mumkin. 

Notebook'larda,  chiqarilgan firmaga qarab,  BIOS'ga standartdan tashqari  (delete,  F1,F2) 

tugmalar  orqali  kiriladi,  ya'ni  firma  o‘zi  belgilaydi,  qaysi  tugma  orqali  BIOS'ga  kirish 

mumkinligini.  



 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish