Microsoft Office Word 2003. Butun dunyoda birinchi deb tan olingan matn muharriri. Asosan matn, jadval va tasvir ko’rinishdagi materiallarni o’zida jamlagan xujjatlarni yaratish, o’zgartirish, saqlash, tahrirlash, bezash va chop etish kabi ko’plab amallarni bajarishga xizmat qiluvchi dastur. Microsoft Offise Word 2003 dasturi yordamida sodda xat yoki faks matnini tayyorlashdan boshlab, murakkab xisobot va ilmiy asarlarni ham tayyorlash imkoniyati mavjud. Microsoft Office Word 2003 da tayyorlangan maxsulat xujjat deb yuritiladi.
Excel. Oddiy jadval yaratishdan tortib, murakkab xisob kitob ishlarini amalga oshirish, muhandislik masalari yechimini topish, statistik ma’lumotlarni taxlil etish, turli matematik funksiyalarni xisoblash va turli ko’rinishdagi diagrammalarni xosil qilish imkoniyatini foydalanuvchiga taqdim etuvchi dastur. Microsoft Office Excel 2003 da tayyorlanayotgan maxsulot ishchi kitob deb yuritiladi va uning asosiy elementi yacheyka (katak) xisoblanadi. Xar bir ishchi kitob bir nechta saxifalardan iborat va o’z o’rnida xar bir saxifa lotin bosh xarflari birikmasi bilan nomlangan 256 ta ustun va sonlar bilan tartiblangan 65536 ta satrdan iborat. Bitta saxifada jami 16 777 216 ta yacheyka bor.
Power point.Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi.Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida:qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;slaydoskoplarda foydalanish uchun 35 millimetrli slaydlar;cho‘ntak daftarchasi;elektron prezentatsiyalarni olish mumkin.Microsoft Power Point dasturi 1987 - yilda chiqilgan bo‘lsa ham,prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni qo‘llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi
Accessda. Ma’lumotlar bazasini loyihalash masalasi qaralgan bo’lib, unda access obyektlari haqida ma’lumotlar jadvallar, formalar, so’rovlar, makroslar va hisobotlar yaratish imkoniyatlari mavjud. Misol sifatida ma,lumotlar bazasini keltirish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo’lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi.
|