Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi. Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo’limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operasion sistemasi bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o’chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko’rish va unga chop shgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o’zgartirishlar kiritilagndan so’ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
LaTeX — turli xil koʻrinishdagi hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun moʻljallangan makropaket boʻlib, TeX dasturi asosida ishlaydi. Shuningdek, nashriyot tizimlarida ham qoʻllaniladi.Ushbu paket yordamida turli koʻrinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili roʻyxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qoʻshimcha paketlar ham bor boʻlib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli koʻrinishga keladi.Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida uning CTAN serveridan yuklab olish mumkin boʻlgan imkoniyatlari keltirilgan:Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;Xatboshi, soʻzlar orasidagi boʻsh joylarni avtomatik aniqlash;Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar bogʻlanishlarni tasvirlash;Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;va hokazo.
|