11- LABARATORIYA ISHI (4-soat) MAVZU: «TOLALI MAXSULOTLARNI YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASH» Ishdan maqsad: Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan tozalash usullari va uskunalari haqida umumiy ma’lumot berish, "Mexnat" va UXK rusumli paxta tozalash uskunalarining ishlash tartibi va tuzilishi bilan tanishish.
Topshiriq: 1. Tolali mahsulotni yirik ifloslikdan tozalash usullari va uskunalari haqida ma’lumot bering.
2. CHX-3M2 va UXK rusumli yirik ifloslikdan tozalash uskunasining ishlash tartibi va konstruksion tuzilishi haqida ma’lumot bering. Ularning asosiy ishchi organlarini vazifasini bayon eting.
3. CHX-3M2 va UXK uskunasining ko‘ndalang qirqim sxemasini chizing.
4.CHX-3M2 va UXK tozalash uskunalarini afzallik va kamchiliklarini tushuntiring.
Ishni olib borish uchun kerakli jixozlar 1. CHX-3M2 va UXK rusumli tozalash uskunalarining devoriy moslamasini ishlash prinsipi.
2. Sekundomer, metall chizqich, shtangensirkul, taxometr, ICH tipidagi soatli indikator va gaykali klyuchlar to‘plami.
3. CHX-3M2 va UXK rusumli tozalovchi uskunaning rangli surati, aloxida qismlarining va detallarining chizmasi.
4. CHX-3M2 va UXK rusumli uskunalarining animasiyalari (kompyuterda).
5. Laboratoriya ishi uchun 40-60 kg miqdorida paxta.
Ishning qisqacha mazmuni Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan tozalash uchun arrachali baraban seksiyalari va regenerasiya qilish barabanlari qo‘llaniladi. Bu barabanlar kolosnikli panjara va paxtani arra tishlariga bosish cho‘tkalari bilan birgalikda ishlaydi.
Arrachali barabanga uzatib berilgan paxta bo‘laklari qo‘zg‘almas cho‘tkalari
yordamida tekislanadi va arrachali garnitura tishlariga ilashadi. Arrali baraban aylanish vaqtida arra tishlaridagi paxta kolosniklarga urilib, iflosliklardan tozalanadi. Iflosliklar bilan qo‘shilib, chiqindiga chiqib ketgan paxta bo‘laklari regenenrasiya barabanida iflosliklardan ajratib olinadi. Ajratib olingan iflosliklar uskunadan chiqariladi. Tozalangan paxta va regenerasiya qilingan paxta bo‘laklari cho‘tkali baraban yordamida ajratilib tozalash seksiyasidan chiqariladi.
Paxtani yirik iflos aralashmalardan tozalash uchun asosan: batareyali tizimda CHX-5 va CHX-3M2 «Mexnat» rusumli, oqimda esa 1XP va RX-1 tozalagichlar va EN-177 arrali seksiyasi bo‘lgan UXK rusumli paxta tozalash agregatlaridan foydalaniladi.
UXK rusumli paxta tozalash agregati (13-rasm) qo‘yidagicha ishlaydi: shaxta orqali chigitli paxta aylanish tezligi 0-20 min-1 bo‘lganta’minlovchi valiklar yordamida qoziqchali barabanlarga bir me’yorda ta’minlab beriladi. qoziqli barabanlar soat ko‘rsatkichi yo‘nalishi bo‘yicha 480 min-1 tezlikda harakatlanib chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratadi va aylanishlar soni 945 min-1 bo‘lgan uzatuvchi cho‘tkali baraban orqali chigitli paxtani yirik iflosliklardan tozalash (arrali baraban) bo‘limiga uzatadi. Bu bo‘limda chigitli paxtani arrachali baraban arrachalari ilib olib 300 ayl/min da kolosniklarga borib urishi ta’siri natijasida yirik iflosliklardan tozalanadi. Tozalangan chigitli paxta cho‘tkali ajratuvchi baraban yordamida keyingi jarayonga uzatadi. Tozalash jarayonida iflosliklarga qo‘shilib ketgan chigitli paxta regenerasiya bo‘limida iflosliklardan qaytarib ajratib olinadi. Ajratilgan iflosliklar pastda joylashgan aylanish tezligi 130 min-1 bo‘lgan yig‘uvchi konveyer yordamida uskunadan tashqariga chiqariladi.