1 – Ish. O‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash Ishdan maqsad



Download 68,38 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi68,38 Kb.
#466211
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1 – Ish. O‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash


Ishdan maqsad: Antropometrik ko`rsatkichlarini tekshirish usullarini o`rganish va olingan natijalar asosida o`quvchilar rivojlanganligini gigiyenik baholash.
Kerakli jihozlar: Tarozi, bo`y o`lchagich, santimetrli lenta, qo`l dinamometri.
Nazariy qism.
Antropometriya bu antropologik tadqiqotlar to‘plami bo‘lib, odam tanasini butun va alohida qismlarini o‘lchash, shuningdek. Uning o‘zgarishini tavsiflaydi.
Antropometriya (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) orqali skelet va kalla qutisi suyaklari tana yuzasi, sekelet aylanalari, shuningdek, oyoq-qo‘llar uzunliklari, teri-yog‘ qatlamlari ya`ni tananing ma`lum bir qismlarining o‘lchamlari aniqlanadi.
Antropometrik o‘lchovlar maxsus asboblar yordamida amalga oshiriladi. Asboblarga quyidagilar kiradi: Antropometr, yo‘g‘on va sirpanuvchi sirkul-kaliper, tasmalar va boshqalar.
O‘quvchilar jismoniy rivojlanishini antropometrik o‘lchovlar olish, tana proporsiyalarini aniqlash orqali va jismoniy rivojlanishini baholashda Antropometrik ko`rsatkichlar somotoskopik, somotometrik va fiziometrik tekshirish o`tkazish orqali aniqlanadi.Shuningdek, Ketle indeksi, Menuvrie indeksi, vazn ideali, tana mustahkamligi, Lorens, Pine formulalari orqali ham aniqlanadi.
Ishni olib borish tartibi
1. Somotoskopik tekshiruv usulini o`tkazish (tashqi kuzatish).
Terining elastikligi, skelet muskullarining rivojlanganligi, skelet (ko`krak qafasi, oyoqlar qomat)ning normada rivojlanganligi aniqlanadi bunda:
a) terini elastikligi bosh va ko`rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo`yib yuborish yo`li bilan aniqlanadi, ya'ni terini qo`yib yuborganda terida hech qanday iz qolmasa elastikligi yaxshi hisoblanadi;
b) skelet va muskullarning rivojlanganligi ko`z orqali aniqlanadi, ya'ni skeletda normadan chetlanishlar bo`lmasa, muskullar shakli bilinib tursa (teridan bo`rtib chiqqan bo`lsa) rivojlangan hisoblanadi;
v) ko`krak qafasining shakli ko`z orqali kuzatilib, silindrsimon, konussimon, yassi shakllari aniqlanadi;
g) oyoqlar shakli tizza va to`piqning tegib turishi orqali aniqlanadi, ya'ni son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib tursa normal, to`piqlar bir-biriga tegib turganda boldirlar tegmasi O shaklidagi oyoq va tizzalar tegib turganda boldirlar hamda to`piq tegmasa X shaklidagi oyoq hisoblanadi;
d) yassi oyoqlilik oyoq izi shakliga qarab aniqlanadi, ya'ni oyoqning chetlarining izi tushib, o`rta qismini izi tushmasa normal, barcha qismining izini tushishi yassi oyoqlilik hisoblanadi;
e) qomatning shakli ko`z orqali kuzatilib, normal, egilgan (boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan), lordoz (umurtqaning bel qismi normadan ko`proq oldinga bukilgan qorin chiqqan), kifoz (kuraklar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi, bukir holat), skolioz (elkalarining biri past, biri baland) qomat shakllari aniqlanadi.
2. Somotometrik tekshiruv ususlini o`tkazish. Somotometriyada bo`yning balandligi (tik va o`tirgan holda) vazni, ko`krak qafasining aylanasi, bosh aylanasi o`lchanadi.
1) Bo'yning o'lchami (sm). Bo'yning balandligi antropometr - bo'y o'lchamida tik turgan va o'tirgan holda o'lchanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan antropometrga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tovoni antropometrga tegib turishi kerak. Tek turganda antropometr shkalasini chap qismidan aniqlanadi. O'tirgan holda o'lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi antropometrga tegib turishi kerak. O'tirganda odamning bo'yi antropometrning o'ng tomonidan o'lchanadi.
2) Ko'krak qafasining aylanasi. Ko'krak qafasining aylanasi uchta holatda; maksimal nafas olganda, maksimal nafas chiqarganda va pauzada o'lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qo'llarini yonga ochib turadi. erkaklarda ko'krak qafasi o'lchanganda santimetr ko'krakni pastki uchiga va ko'krak bezining o'rtasiga qo'yiladi. Ayollarda esa ko'krak bezining yuqorisidan o'lchanadi. Maksimal nafas olganda va maksimal nafas chiqarganda ko'krak qafasi o'lchamlarining farqi ko'krak qafasining ekskursiyasi deyiladi. Bu farqli raqam kattalarda 6-8 sm sportchilarda 12-16 sm, kolledj, lisey talabalarida 5-7 sm bo'ladi. Tana vazni (kg da) tibbiy )medisina tarozisida o'lchanadi.
2.1-rasm.Antropometrik

Download 68,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish