1-§. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA
Geografik qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning
qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan
va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir.
- Geografik qobiq, o‘z navbatida, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab katta-kichik tabiiy geografik birliklarga, ya’ni quruqlik va suvlik, materiklar va okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsiyalar, tabiiy geografik okruglar va hokazolarga bo‘linadi hamda bularning barchasi geografiya fani tomonidan har tomonlama tadqiq etiladi.
Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linadi.
Birinchisi geografik qobiq, u n in g komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa,
ikkinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi.
geomorfologiya (Yer yuzi relyefi ni o‘rganadi), - geomorfologiya (Yer yuzi relyefi ni o‘rganadi),
- iqlimshunoslik (iqlim xususiyatlarini o‘rganadi),
- gidrologiya (gidrosferani o‘rganadi, okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi),
- glyatsiologiya (qor va muzliklarni tadqiq etadi),
- geokriologiya (ko‘p yillik muzloq yerlarni o‘rganadi),
- tuproqlar geografiyasi (tuproqlarning tarqalishini o‘rganadi)
- biogeografiya (tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini o‘rganadi, geobotanika va zoogeografiyaga bo‘linadi).
Sayyoraviy ahamiyatga ega tabiiy geografi k jarayonlarni va geografik qobiqni bir butun yaxlit tizim sifatida umumiy tabiiy geografiya o‘rganadi.
Kichik hududlar tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini tadqiq qiluvchi landshaftshunoslik fani ham tabiiy geografik fanlar qatorida alohida ajralib turadi.
Tabiatga inson xo‘jalik faoliyati ta’sirining kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan geoekologiya fani atrof tabiiy muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarish va ekologik muammolarni geotizimlar doirasida tadqiq etadi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografi ya hozirgi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografi k va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi. - Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografi ya hozirgi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografi k va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi.
Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan eng muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, rayonlashtirish usullari. - Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan eng muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, rayonlashtirish usullari.
- Shuningdek, borgan sari geografik tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo‘llanilish qamrovi kengayib bormoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR - 1. Geografiyaning o‘rganish obyekti nima?
- 2. Geografiya fanlari tizimida qanday fanlar mavjud?
- 3. Geografi yada hozirgi paytda qanday masalalar ustida va qanday tadqiqot usullari yordamida izlanishlar olib borilmoqda?
- 4. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, geografi ya fanlari tizimining tuzilishini aks ettiruvchi chizmani daftaringizga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |