1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Download 38.84 Kb.
Sana03.02.2017
Hajmi38.84 Kb.
1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • o'quvchilarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • o'quvchilarning tasviriy malakalarini rivojlantirish;


Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun +998902295952 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega bo’ling!

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.

P.S. Sizning to’lovingiz

www.entt.uz loyihasi rivoji uchun sarflanadi.

Narxi: 15000 sum
o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.

Darsning jihozlanishi: O'zbekiston bayrog'i.

Dars tafsilotlari:

  1. Darsga tayyorgarlik: Dars uchun yetarli miqdorda zarur ashyolar hozirlanadi. O'zbekiston bayrog'i tegishli joyga osiladi. Doskaga dars mavzusi va tegishli ma'lumotlar yozib qo'yiladi.

  2. Dars mavzusiga kirish: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash bilan bog'liq bo'lgan darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

Unda 1-sentabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni ekanligi, bu kunni 1991- yildan buyon bayram qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-javoblar orqali bilib oladilar.

O'zbekiston Respublikasi bayrog'i, uning qabul qilingan sanasi, undagi ranglarning ma'nosi o'quvchilar yodiga tushiriladi. Bunda quyidagicha savol-javob o'tkazish mumkin: 1. O'zbekiston Respublikasining qanday ramzlarini bilasiz?

-O'zbekiston Respublikasining ramzlari - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i, Davlat gerbi.

-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qachon qabul qilingan?

-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - 1991-yil 18- noyabr kuni qabul qilingan.

-Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang qanday ramziy ma'noni bildiradi?

Davlatimiz bayrog'idagi ranglar: moviy rang - tiriklik ramzi aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. U timsollar tilida yaxshilik va halollikni bildiradi, oq rang esa poklik, beg'uborlik, soflikni, yashil rang - navqironlik, umid va shodumonlik timsoli, qizil chiziqlar -hayotiy kuch va qudrat ramzi hisoblanadi.

Asosiy qism:

1. Ma'lumki, rasm ishlash narsa tasvirini qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishdan boshlanadi. Tasvirlanadigan narsaning bo'yi va eni o'zaro taqqoslanib, bo'yi enidan katta yoki teng bo'lsa, u qog'ozning bo'yiga, aksincha, bo'yi enidan kichik bo'lsa, tasvir qog'ozning eniga joylashtiriladi. Tasvir qog'ozning o'rtasiga joylashtirilishi lozim. U kata ham, kichik ham bo'lmasligi kerak.

O'qituvchi tomonidan qog'oz o'lchami va holatini to'g'ri tanlash va bayroq chizishning darslikda berilgan bosqichlari bo'yicha ishlash tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Mazkur darsda naturadan rasm ishla-nishi sababli o'quvchilar bayroq chizish bosqichlari bilan tanishganlaridan so'ng darsliklar yopib qo'yiladi. Narsaning o'ziga qarab rasm chizish tasviriy san'at mashg'ulotlarining asosiy turi hisoblanadi. U o'quvchilarning narsani tuzilishi, shakli, rangi, materiali, fazoviy holati to'g'risida aniq tushunchaga ega bo'lish ko'nikmalarini o'stiradi. Narsa rasmini chizishdan avval, uni har jihatdan kuzatish narsa haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. O'qituvchidan chiziladigan bayroqni sinfda hamma o'quvchilarga ko'rinarli qilib o'rnatish talab qilinadi.

2. O'quvchilar doskaga ilingan O'zbekiston bayrog'iga qarab mustaqil rasm ishlashga kirishadilar. Dastlab ular darslikda berilgan qalam bilan chamalab bayroq o'lchamlarini va tasvirning qog'ozdagi o'mini aniqlaydilar. Bunda ularga o'qituvchi yordam beradi. Sinfda bayroq rasmini ishlashning qora qalamda bajariladigan bosqichlari ko'rsatiladi. O'qituvchi bu vaqtda o'quvchilar bajarayotgan ishlarni kuzatab yuradi, ularga maslahatlar beradi.



Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

II. Uyga vazifa: Sinf ishini yakuniga yetkazish. Agarda u sinfda yakuniga yetkazilgan bo'lsa, uyga bironta to'rtburchakli narsalardan birining rasmini ishlash topshiriladi.


2-3- darslar. Mavzu: «Bizning maktab» mavzusida rasm ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • o'quvchilarning badiiy-ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish;

  • ularning kuzatuvchanligi va xotirasini o'stirish; rasm ishlash malakalarini takomillashtirish.

Tasviriy faoliyat turi: Naturaga qarab rasm Ishlash.

Darsning jihozlanishi: Maktab va boshqa binolar aks ettirilgan rasmlar, chizish bosqichlarini ko'rsatuvchi rasm.

Dars tafsilotlari:

I. Uyga berilgan vazifani tekshirish: O'tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqlar tekshiriladi, ba'zi ishlar baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o'quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning muallifflari rag'batlantiriladi.

II. Dars mavzusiga kirish: Respublikamizda o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, ular zamonaviy maktablarda tahsil olayotganliklari aytib o'tiladi. O'quvchilar maktab binosi fotosurati va tengdoshlari chizgan rasm bilan tanishtiriladi va bino tuzilishi haqida suhbat uyushtiriladi. Fotosuratda, asosan, to'rtburchak shakllari va to'g'ri chiziqlar borligi ta'kidlanadi. Binoning rasmini ishlash bosqichlari namoyish etiladi.
III. Asosiy qism:

1. Topshiriq bayoni. Dars maktab hovlisida o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga oddiy qalam yordamida rasm chizish yo'llarini eslatib o'tadi. Qalam uchini chiqarish va qalamdan foydalanish qoidalari eslatiladi. Dastlab qalam bilan chiziqlar chizish mashqi o'tkaziladi. Mashqlaming sinfda bir necha marotaba takrorlanishi maqssjdga muvofiq bo'ladi. So'ngra bino tasvirini qalamda chizish darslikda berilgan bosqichlar asosida o'rgatiladi.

Kamalak jilosi aks etgan rasm yordamida undagi ranglar haqida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar e'tibori tabiatdagi va san'atdagi ranglarning o'zaro bog'liqligiga, ranglarni ko'ra bilish kabi muhim masalalarga qaratiladi. Kamalakning 7 xil rangli joylashuvining doimiy ketma-ketligi buzilmasligi ta'kidlanadi va ular o'quvchilar tomonidan eslab qolinishiga sharoit yaratish lozim bo'ladi.

Ranglarning ramziy ma'nolari haqida savol-javob o'tkaziladi. Javoblar o'qituvchi tomonidan umumlashtirilib, yashil - ona tabiat, yangilanish; moviy rang - osmon, koinot, tinchlik; qizil - ga'laba, olov, shodlik; sariq - muqaddaslik, yorug'lik, quyosh; qora - motam, qo'rquv, tushkunlik; oq - poklik, ozodlik, baxt ramzi ekanligi ta'kidlanadi.

2. Amaliy mashg'ulot; ikkinchi sinf o'quvchilari rasm chizishda endigina ko'nikma hosil qilayotganlarini inobatga olib, maktab binosi shartli ravishda yassi deb qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun o'quvchilar imkon boricha maktab binosi to'g'risiga o'tqazilishi kerak. O'quvchilar maktab hovlisiga chiqib «Bizning maktab» mavzusida naturaga qarab rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi aylanib yurib o'quvchilarga amaliy yordam va maslahatlar beradi.
IV. Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

4-dars. Mavzu: Yo'lsimon naqsh ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:


  • o'quvchilarga yo'lsimon haqshlar haqida ma'lumot berish;

  • yo'lsimoh naqshlarni ishlashning o'ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati bilan tanishtirish;

  • o'quvchilarning tasviriy malakalarini o'stirish;

  • badiiy bilim doirasini kengaytirish;

  • ularni estetik va badiiy didlarini rivojlantirish.

Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.

Darsning jihozlanishi: Naqshlar aks etgan buyumlar rasmlari va naqshlangan buyumlardan namunalar, shu mavzuda parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan naqsh namunalari.

Dars tafsilotlari:

I. Dars mavzusiga kirish: Darsni ustalar tomonidan ishlangan naqsh namunalari, naqsh bilan bezatilgan tayyor mahsulotlar, tarixiy obidalarga ishlangan naqsh bezaklari misolida savol-javob orqali suhbat qilish bilan boshlash maqsadga muvofiq. Suhbat davomida «Naqsh» - arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, u o'simliklar, handasaviy (geometrik) belgilar, mevalar tasviri asosida ishlanishi ularning takrorlanishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi ta'kidlanadi. Har qanday naqshlarning belgilari tevarak-atrofdan olinganligi haqida tushuncha beriladi. Respublikada ko'zga ko'ringan naqsh ustalari haqida ayrim muhim ma'lumotlar beriladi. Xususan, Usta Shirin Murodov (1897- 1957) haqida. U O'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, me'mor, ganch o'ymakorligi ustasi. Ganch o'ymakorligining an'analarini mahorat bilan qo'llagan, ularni yangi mazmun bilan boyitgan (naqsh zaminida ko'zgudan foydalangan). Usta Shirin Murodov Toshkent kuranti, Navoiy teatri, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa tarixiy obidalarni bezatishda ishtirok etgan.

O'quvchilar naqsh chizishning o'ziga xos xususiyatlari, uning ahamiyati bilan tanishtiriladi. Tarixiy obidalar, uy-ro'zg'or buyumlari, turli-tuman jihozlardagi naqshlar tahlili orqali dars tushuntiriladi. Naqsh turlari haqida o'quvchilarning fikrlari tinglanadi.


II. Asosiy qism:

1. O'qituvchi tomonidan turli naqsh namunalari darslikdagi va darslikda berilmagan qo'shimcha materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlarning yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar chiziladi va birxil kattalikdagi kvadratchalarga bo'linadi. Birinchi katakka asosiy naqsh chiziladi. Keyingi bosqichda asosiy naqsh takrorlanib, yo'lsimon naqsh to'ldiriladi. Bunday bir xildagi takrorlanishdan htm hosil bo'ladi. So'ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi.



2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar namunalarga asoslangan holda yangi yo'lsimon naqsh namunalarini ishlaydilar. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatadi va amaliy yordam ko'rsatadi.
III. Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa