1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari



Download 1,92 Mb.
bet61/145
Sana13.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#789964
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145
Bog'liq
9-sinf (1)

Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Crt moduli, uning protsiduralari hamda vazifalari bilan tanishailar.Paskalda qo'llaniladigan ranglarning kodlarini bilib oladilar Qo’yilgan masala yechiini chiroyli ko’inishda ekranga chiqarishni o’rganadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi

Darsning borishi va vaqt taqsimoti








Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.


O’tilgan mavzuni takrorlash

1.Ma'lumotlarni muloqot usulida kiritish operatorining vazifasini tushuntiring.


2. Nima uchun bu usul ma'lumotlarni muloqot usulida kiritish deb ataladi?
3. Ma'lumotlarni kiritish operatorlarining farqi nimada?
4. O'zgaruvchilarga qiymat berishda kiritish operatorining qulaylik tomonini izohlang.
5. Kiritish operatoridagi qiymat berilayotgan o'zgaruvchini qanday usulda bilish oson?
6. Natijani ko'rib olishda Readln operatori beradigan qulaylikni izohlang.


Yangi mavzu bayoni:
Biz avvalgi darslarda axborotlarni ekranga chiqarish usullari bilan tanishdik.Bu usullarda axborotning har biri ekranga o'zidan avval chiqarilgan axborotning davomidan chiqariladi.Lekin, Paskal dasturlash tilida axborotlarni ekranning ko'rsatilgan joyidan chiqarish imkoniyati ham mavjud.Bundan tashqari, ekranga chiqarilayotgan belgilarni hamda ularning fonini har xil ranglarda berish ham mumkin. Aytib o'tilganidek, Paskalning ekran bilan ishlashga yo'naltirilgan protsedura va funksiyalari Crt modulida joylashgan. Shu sababli ulardan foydalanish uchun ushbu modulga murojaat qilish lozim.Buning uchun dastur boshida Uses Crt; ko'rsatmasi beriladi.
Crt moduli ekranga rangli axborot chiqarish imkonini berar ekan, qanday ranglardan foydalanish mumkinligini bilib olaylik. Paskalda, asosan, 16 xil rang ishlatilshi mumkin. Ular 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan.Crt modulida bu sonlarga mos konstantalar ham ajratilgan. Bu konstantalarning nomlari ularga mos ranglarning ingliz tilidagi ifodasi bilan mos keladi.
Quyidagi jadvalda Paskalda qo'llaniladigan ranglarning kodlari va ularga mos konstantalar nomlari keltirilgan:
Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus protseduralari yor­damida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko'rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlanishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida ko'rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar awaldan biror rang tanlanmagan bo'lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi.
Endi Crt moduli tarkibiga kirgan ba'zi protseduralari bilan tanishamiz. Matn va matn foni rangi bilan ishlaydigan protseduralari quyidagilar:

Matn rangini belgilaydigan protseduralar

Matn foni rangini belgilaydigan protseduralar


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish