Yangi mavzu bayoni:
Har qanday dasturlash tili kabi Turbo Pascal dasturlash tili ham o'zining alifbosi va sintaksis qoidalariga ega.
Turbo Pascal tili ASCII kodli belgilar to'plamini o'z ichiga oladi, masalan:
Lotin alifbosining 26 ta bosh va kichik harflari: Aa, Bb, Cc, Dd,
Ее, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, LI, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz (izohlar va matnlar yozish uchun kirill harflarini ham qo'llash mumkin);
O'nta arab raqami: 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;
O'n oltilik sonlar: 0 dan 9 gacha arab raqamlari va А, В, C, D, E, F va a, b, c, d, e, f harflar;
Maxsus belgilar: (nuqta), (vergul), (ikki nuqta); ";" (nuqtali vergul), (apostrof), (qo'shtirnoq), "!" (undov), "?" (so'roq), "%" (foiz), "$" (dollar), (tijorat belgisi), "&" (ampersand), "#" (panjara), "A" (urg'u berish); turli qavslar: (,),{, },[, ];juft belgilar: :=,.. , (*, *), (., .).
Boshqaruv belgilari: #0 dan #31 gacha kodli belgilar (# — belgi kodining o'nlikdagi qiymatini bildiradi, boshqaruv belgilari ishlaganda
ekranda aks etmaydi).
Turbo Pascal tilida, asosan, quyidagi amallar va ularga mos belgilar qoTlaniladi:
Arifmetik amallar: (qo'shish), "-" (ayirish), "*" (ko'paytirish), "/" (boTish);
Munosabat amallari: "=" (teng), "<" (kichik), ">" (katta); juft belgilar: "<>" (teng emas), "<=" (katta emas), ,,>=" (kichik emas); Mantiqiy amallar:
AND («VA» — mantiqiy ko'paytirish amali)
|
OR ( «YOKI» — mantiqiy qo'shish amali)
|
NOT («EMAS» - mantiqiy inkor amali)
|
XOR (o'xshashlikni inkor etish amali)
|
Barcha dasturlash tillari singari Paskal dasturlash tili ham o'zining imlosi, qonun va qoidalariga ega boTib, ular asosida yuqorida keltirilgan harflar, belgilar va amallar yordamida ko'rsatma va buyruqlar tuziladi. Har bir ko'rsatma yoki buyruq (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko'pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.
Ko'pincha, dastur tushunarli bo'lishi uchun unga izohlar kiritiladi. Izohlar yordamida dastur va uning qismlari qanday vazifani bajarishi tavsiflanadi. Paskalda izoh { va } yoki (* va *) ko'rinishdagi qavslar ichiga yoziladi. Masalan, {bu izoh misol uchun keltirildi} yoki (*izohni shunday yozish mumkin*).
Odatda, Paskal tilidagi dasturlar Program maxsus so'zi bilan boshlanadi. Bu so'zdan keyin dastur nomi yoziladi. Masalan: Program kvadrat_tenglama; {kvadrat tenglama yechish dasturi.}
Dastur nomi dastur vazifasiga mos bo'lishi maqsadga muvofiq. Bu zarur dasturni boshqa dasturlar orasidan tez ajratib olish imkonini beradi. Ta'kidlash joizki, dastur nomi dastur ishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi va umuman olganda, dasturga nom berish shart ham emas. Paskal dasturlash tilida dastur yozishda quyidagilar qo'llaniladi:
Konstantalar (o'zgarmaslar) — dastur ishlaganda qiymati o'zgar- maydigan miqdorlar;
Funksiya va protseduraiar — o'z nomiga ega bo'lgan alohida dastur qismlari. Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi;
Nishonlar — dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko'rsatadi.
Paskal tilining buyruq va ko'rsatmalari modul deb ataluvchi TPU kengaytmali maxsus fayllarda joylashgan. Ularga misol sifatida system (sistem), crt (sierti), graph (graf) moduUarini keltirish mumkin. Modullarning har biri ma'lum yo'nalishdagi buyruq va ko'rsatmalarni o'z ichiga olgan. Masalan, system moduli Paskalning standart (asosiy) buyruqlarini, crt moduli ekran va klaviatura bilan ishlashga (ekranni tozalash, ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish,...), graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo'ljallangan buyruq va ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Dasturda modullar zaruratga qarab qo'llaniladi. Biror modul tarkibiga kirgan buyruqdan foydalanish uchun dastur boshida (sarlavhadan keyin) shu haqida ko'rsatma berilishi kerak. Bu Paskalning maxsus so'zi Uses yordamida amalga oshiriladi. Masalan, dasturda grafikadan foydalanish uchun, unga Uses graph; yozuvini kiritish kerak. Agar dasturda bir nechta modul qo'llanilsa, ular o'zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: Uses crt, graph;
Paskal integrallashgan muhiti ishga tushirilganda system moduli avtomatik ravishda xotiraga yuklanadi. Shuning uchun Uses system; yozuvi ishlatilmaydi. Aksariyat dasturlar uchun system modulining o'zi yetarli bo'ladi.
Dastur yozishdan awal unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o'zgaruvchilarga nom berish va ulami tavsiflash (turini ko'rsatish) kerak bo'ladi. Shundan so'nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi, ya'ni Paskalda dastur ikki qismdan tashkil topadi.
Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega: Program dastur nomi; {majburiy emas} Uses {Modullar ro'yxati} Label {Nishonlar ro'yxati} Const {Konstantalarni tavsiflash} Var {O'zgaruvchilarni tavsiflash} Protsedura va funksiyalar
Begin
{Asosiy qism}
End.
Label, Const, Var, Begin, End — Paskal tilining maxsus so'zlari bo'lib, label — nishon, const (constant — konstanta) — o'zgarmas miqdor, var (variable) — o'zgaruvchilarni tavsiflash, begin — boshlanish, end — tamomlash ma'nolarini anglatadi. Identifikator deganda o'zgarmaslar, o'zgaruvchilar, protseduralar, funksiyalar, moduhar, dasturlar nomi tushuniladi. Identiflkatorlar standart va foydalanuvchi turlarga boiinadi. Standart identiflkatorlar — dastur tomonidan awaldan belgilangan bo'ladi.
Foydalanuvchi identifikatori dasturchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy uzunlikda bo'lishi mumkin, lekin birinchi 63 ta belgisi ma'noga ega (farqlantiruvchi) bo'ladi. Identifikator nomi lotin harfidan yoki tagchiziq ( _ ) belgisidan boshlanishi va probellarsiz yozilishi shart. Birinchi belgidan keyin harflar, raqamlar va tagchiziq belgisi yozilishi mumkin. Turbo Pascal tilida identifikator nomlarini, qaysi registrda (quyi yoki yuqori) yozilishining ahamiyati yo'q, ya'ni aka, Aka, aKa kabilar bir xil nom deb qaraladi. Chunki, Turbo Pascal translyatori dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni mashina tiliga o'girish) vaqtida identifikator nomlari va xizmatchi so'zlardagi barcha katta harflarni kichik harflarga almashtirib oladi. Nomlar apostrof ichiga olinmaydi, ya'ni 'Men' va 'men' nom bo'la olmaydi.
Paskal dasturlash tilida quyida keltirilgan so'zlar zaxiralangan bo'lib, ularni foydalanuvchi identifikatori sifatida qo'llash mumkin
emas:
and, asm, array, begin, case, const, constructor, destructor, div, do, downto, else, end, exports, file, for, function, goto, if, implementation, in, absolute, assembler, export, external, far, forward, index, interrupt, near, private, public, resident, virtual, inherited, inline, interface, label, library, mod, nil, not, object, of, or, packed, procedure, program, record, repeat, set, shl, shr, string, then, to, type, unit, until, uses, var, while, with, xor.
Paskal dasturlash tili bu so'zlarni dasturda ishlatishga yo'l qo'ymaydi hamda xato xabarini ekranda «Error 2: Identifier expected» (zaxira identifikator) yozuvi orqali ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |