1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl



Download 1,92 Mb.
bet137/145
Sana13.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#789964
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   145
Bog'liq
9-sinf (1)

Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi juft tegi hamda uning HREF va NAME parametrlari bilan ishlashi , tegining vazifasi hamda tarkibiy web-sahifalar haqidagi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



Darsning borishi va vaqt taqsimoti




Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash.
1.Web-sahifada jadval qanday tashkil etiladi?
2.Jadvalning chegara chiziqlarini qanday formatlash mumkin?
3.Jadvaldagi sarlavha haqida ma'lumot bering.
4.Jadval sarlavhasi haqida ma'lumot bering.
5.Jadval bilan matn web-sahifada qanday joylashishi mumkin?
6.Jadval ichidagi ma'lumotlarni formatlashga oid misol tuzing.
7.Jadval chegara chiziqlarini formatlashga oid misol tuzing.


Yangi mavzu bayoni.
Web-sahifadagi axborot bir nechta bo'limdan iborat bo'lishi mumkin. Bu bo'limlarga tez «o'tish» imkoniyati web-sahifani ko'rib chiqishni osonlashtiradi. Web-sahifada bunday o'tishlar gipermatnli aloqani tashkil etadi. Gipermatn texnologiyasi o'z vaqtida WWW xizmatining oz fiirsatda ommaviylashishiga sabab bo'lgan edi.
Gipermurojaat, ya'ni hujjatning bir joyidan boshqa joyiga yoki bir hujjatdan boshqa hujjatga o'tish, juft tegi yordamida amalga oshiriladi. Bu tegning HREF parametri bor bo'lib, uning qiymati o'tish joyi manzili (adresi) bo'ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi o'tish nuqtasi deyiladi. tegi parametri bilan umumiy holda quyidagicha yoziladi:
matn , bu yerda «matn» — ixtiyoriy matn bo'lib, brauzer uni ekranda belgilab ko'rsatadi, «manzil» — o'tish kerak bo'lgan joy (bo'lim) manzili. Odatda, o'tish joyini aniqlovchi matn ekranga ko'k rangda va tagiga chizilgan ko'rinishda chiqadi. Manzil ham ixtiyoriy matn bo'lishi mumkin.
Web-sahifaning o'tish kerak bo'lgan joyiga
tegining NAME parametri yordamida «manzil» kiritiladi. U o'tish nuqtasidagi «manzil» bilan bir xil bo'lishi kerak. Bu teg NAME parametri bilan birgalikda umumiy holda quyidagi ko'rinishda yoziladi:
matn , bu yerda «matn» — ixtiyoriy matn bo'lib, odatda, «matn» sifatida web-sahifaning shu yeridan boshlangan bo'lim nomi yoziladi, dagi «manzil» dagi «manzil»dan ko'rib turganingizdek «#» belgisi bilan farq qiladi.
Web-sahifada o'tish nuqtasi boshqa matnlardan «ajralib» turishi uchun, uni ro'yxat tarkibiga kiritish ham mumkin. Gipermurojaat web-sahifada o'tish nuqtasida berilgan matnga sichqoncha parametrini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu holda o'tish nuqtasidagi matn rangi o'zgaradi (odatda, pushti rangda aks etadi).
Keltirilgan misolda o'tish nuqtalari markerli ro'yxat tarkibiga kiritilgan. O'tish nuqtasi bilan o'tish joyi ekranda ko'rinib turgan bo'lsa, o'tish bajarilgani bilinmaydi.
Gipermurojaat o'tish nuqtasidagi matn o'rniga yoki matn bilan birga rasm ham qo'yish mumkin. Buning uchun o'tish nuqtasidagi matn o'rniga tegi ishlatiladi. Mazkur teg yordamida qo'yilgan rasmni brauzer avtomatik ravishda o'tish buyrug'i bilan bog'laydi. Endi web-sahifada «o'tish» uchun matndan ham, rasmdan ham foydalansa bo'ladi. Masalan, HTML-hu]jatga
,,
mypie.jpg;> yozuvi kiritilsa, web-sahifada «mypic.jpg» rasm orqali «l-bob»ga o'tish mumkin bo'ladi.
tegi yordamida nafaqat bitta web-sahifa ichida, balki bir web-sahifadan boshqa web-sahifalarga o'tishni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun mazkur tegdagi «manzil» sifatida Internet tizimidagi biror web-sahifa manzilini, ya'ni URL-manzilni yozish kifoya. Masalan,
4
tish
O'tishdagi «manzil» sifatida diskdagi web-sahifa faylining nomini yozsa ham bo'ladi va bu holda diskdagi web-sahifa ochiladi. Bu xususiyat tarkibiy web-sahifalar (web-saytlar) yaratish imkonini beradi.
Tarkibiy web-sahifa — bir mavzuga bag'ishlangan, bir-biriga bog'liq va bir-biriga «o'tish» imkoni bo'lgan web-sahifalar majmui.
Bitta mavzuni bo'laklarga bo'lib, har bir qism uchun alohida web-sahifa tayyorlash, ularning har birida bir-biriga o'tishni tashkil etish ortiqcha ishdek tuyilishi mumkin. Ammo buning quyidagi (asosiy) afzalliklari mavjud:
•Web-sahifadagi axborot hajmi qancha kam bo'lsa, uni tahrir qilish shuncha oson bo'ladi;
•Web-sahifadagi axborot hajmi qancha kam bo'lsa, uni o'qish (ko'rib chiqish) shuncha qulay;
•Web-sahifa faylining hajmi qancha kichik bo'lsa, uni Internet tarmog'idan «olish» shuncha tez amalga oshiriladi.
tegi yordamida elektron pochtaga ham ma'lumot yuborishni tashkil etish mumkin. Buning uchun pochta adresidan awal mailto (pochtaga) so'zi yoziladi, masalan:
//
mailto:axat_ar@mail.ruO//>Fikr va mulohazalaringizni yuboring.
Bu gipermurojaat ko'rinishidan boshqalaridan farq qilmaydi. Agar sichqoncha ko'rsatkichi gipermurojaatga yo'naltirilsa, holat satrida elektron pochta adresi aks etadi:
Lekin, bu adresga murojaat etilganda (Internet tarmog'ida ish- layotgan bo'lsangiz) web-brauzer elektron pochta bilan ishlash uchun o'z oynasini ochadi. Bu oynaning interfeysi har xil web-brauzerlarda turlicha bo'lishi mumkin, lekin ko'p dasturlar adres va foydalanuvchi nomi haqida xabar chiqaradi hamda «Subjekt» satrni to'ldirishni eslatadi.



Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish