1 - misol. Quyidagi dastur 2- misol. Quyidagi dastur
bajarilishi natijasida a nomli bajarilishi natijasida meva nomli
o'zgaruvchining qiymati 22 satrli o'zgaruvchining qiymati
soniga teng bo'ladi. «olma» so'ziga teng bo'ladi.
Var a:integer; var meva : string;
begin begin
a:=22; meva := 'olma';
end. end.
3- misol. Bu misolda a va b o'zgaruvchilarning qiymati qanday o'zgarishi yaqqol ko'rinadi.
var a,b,m: integer; begin
a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo'ldi}
b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo'ldi}
b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo'ladi}
m:=m*b; {m ning boshlang'ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning
qiymati 0*50=0 ga teng bo'ladi}
end.
Yuqoridagi misollarda o'zgaruvchilar turli qiymatlarni o'zlashtirdi.Ammo biz ularning natijasini ko'rmadik.Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi.Ma'lumotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operator! (protsedu- rasi) quyidagi ikki xil ko'rinishga ega:
Write(chiqarish ro'yxati) va WriteLn(chiqarish ro'yxati) bu yerda Write (ing. — yozmoq) va Writeln Paskalning xizmatchi so'zlari; chiqarish ro'yxati — o'zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo'lgan ifoda, o'zgaruvchi yoki o'zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro'yxatida ifoda qatnashsa, avval ifoda hisoblanib, hosil bo'lgan natija ekranga chiqariladi.Chiqarish ro'yxatidagi o'zgarmaslar belgili yoki satrli bo'lsa, albatta apostrof ichiga olinishi shart.
Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operator! yordamida ma'lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi va ekranga chiqariladigan keyingi ma'lumotlar shu satrga yurgich turgan joydan boshlab chiqariladi. Writeln operatorida esa ma'lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich keyingi satr boshiga o'tadi.
4- misol.
begin
write( Yashna,'); write('gulla');
write('ona Vatanim!'); e
nd.
5- misol.
begin
writeln('Yashna, ');
writeln('gulla ');
write('ona Vatanim!');
end.
Ma'lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko'rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma'lumotlarning ko'rinishi (formati)ni belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o'zgaruvchidan keyin «:» (ikki nuqta) belgisi qo'yiladi. Masalan, a — haqiqiy turdagi o'zgaruvchi bo'lsa, chiqarish formatida ikkita parametr — chiqarilayotgan songa ajratilgan xona- lar soni ko'rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); operatori a ning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bitta xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo'lsa, chiqarish formatida bitta parametr — chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko'rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6);. Satrli va belgili o'zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunigini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o'ng chegarasi bo'yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a: = 3.24; bo'lsa, WriteLn('a = *,a:6:2); operatori ekranga a = 3.24 ko'rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo'sh joy (probel) qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy o'zgaruvchi qiymatining «uzunligi»dan kichik bo'lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o'zgaruvchining qiymati to'liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi.Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko'rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko'rinishda chiqariladi.
Kompyuter ekranida
a=3.2400000000E+00 b=5.0000000000E+00
Kompyuter ekranida
a= 3.24 b=5
Do'stlaringiz bilan baham: |