Makroslarning funktsiyadan farki.
Funktsiya dasturda bitta nushada bo’lsa, makros hosil qiluvchi matnlar makros har gal chaqirilganda dasturga joylashtiriladi. Funktsiya parametrlar spetsifikatsiyasida ko’rsatilgan tiplar uchun ishlatiladi va konkret tipdagi qiymat qaytaradi. Makros har qanday tipdagi parametrlar bilan ishlaydi. Hosil qilinayotgan qiymat tipi faqat parametrlar tiplari va ifodalarga boglik. Makrojoylashlardan tug’ri foydalanish uchun almashtiriluvchi satrni qavsga olish foydalidir. Funktsiyaning haqiqiy parametrlari bu ifodalardir, makros argumentlari bo’lsa vergul bilan ajratilgan leksemalardir. Argumentlarga makro-kengaytirishlar qo’llanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |