XVI. Umumiy fizika kursi
(matematika ixtisosligi uchun)
(ma�ruza-66)
Universitetning �matematika� yo�nalishi uchun Umumiy fizika kursining fizikaviy mexanika va molekulyar fizika bo�limlari uchun 4- semestrda 36 soat ma�ruza, 28 soat amaliy mashg�ulot uchun, 36 soat laboratoriya ishlariga xamda elektr va magnetizm bo�limlari uchun 5-semestrda 22 soat ma�ruza, 16 soat amaliy mashg�ulot, 16 soat laboratoriya ishlariga, optika va atom fizikasi bo�limlari uchun 6� semestrda 22 soat ma�ruza. 16 soat amaliy mashg�ulot, 16 soat laboratoriya ishlariga bakalavr ishchi o�quv dasturlari �Universitetlar fizika va astronomiya mutaxasisliklari uchun tayyorlangan dasturlar to�plami�ga asosan tuzildi.
Mexanika
Fizikaviy tushunchalar va kattaliklarni aniqlash.Birliklarning Halqaro tizimi. Koordinatalar tizimi. Koordinatalar va vektorlarni usulida ifodalash.
Moddiy nuqta kinematikasi. Moddiy nuqta ko�chishi, tezlikni va tezlanishni vektor va koordinatalar ustida ifodalash.
Qattiq jism kinematikasi. Qattiq jismning erkinlik darajalari. Ilgarilanma xarakat. Burchak tezlik vektori. Berchak tezlanish.
Galiley almashtirishlari. Sanoq tizimlari orasidagi fizikaviy o�tishlar. Inersial sanoq tizimlari va nisbiylik tamoyillari. Yorug�lik tezligining doimiyligi. Ryomer tomonidan yorug�lik tezligini o�lchanishi. Yorug�lik aberbatsiyasi. Fizo tajribasi katta tezliklar Galiley almashtirishlarini qo�llash mumkin emasligini ko�rsatuvchi birinchi tarixiy eksperimental tajriba ekanligi.
Lorens almashtirishlari. Nisbiylik tamoyili va yorug�lik tezligning domiyligi haqidagi postulat. Xarakatlanayotgan jism uzunligi qisqarishini ko�rsatuvchi formula. Egizaklar paradoksi. Tezliklarni qo�shish formulasi. Aberbatsiya. Moddiy nuqta dinamikasi. Kuch va o�zaro ta�sir. Nyutoning birinchi va ikkinchi qonuni. Massa- inertlik o�lchovi. Nyutoning uchinchi qonuni.
Moddiy nuqtalar tizimining impuls momenti. Massalar markazi. Moddiy nuqtalar uchun momentlar tenglamasi. Saqlanish qonunlarining mazmuni. Xarakat tenglamalari va saqlanish qonunlari. Impuls momentining saqlanish qonuni. Energiyaning saqlanishqonuni. Kuchning ishi. Potensial va kinetik energiya. Noinetsianal sanoq tizimlarida vaqt va fazo. Inersiya kuchlari va ularning mavjud ekanligi. Inersiya kuchlarini aniqlash.
To�g�ri chiziqli ilgarilanma harakat qiluvchi noinersial sanoq tizimlari. Vaznsizlik. Gravitatsiyaviy va inert massa.
Qattiq jism dinamikasi. Qattiq jismning xarakat tenglamalari tizimi. O�qqa nisbatan inersiya momentini hisoblash. Aylanma xarakat kinetik energiyasi.
Quruq va Qovushqoq ishqalanish. Ishqalanish kuchlarining ishi. Tebranishlardagi ishqalanish.
O�zgaruvchan massali jismlar xarakati. Reaktiv xarakat. Siolkovskiy formulasi. Reaktiv dvigatellarni kosmik parvozlarda ishlatish imkoniyatlarining umumiy tavsiflari.
Impulsning saqlanish qonuni. Energiyaning saqlanish qonuni. Impuls momentining saqlanish qonuni. Elastik va noelastik to�qnashuv.
Nyutonning tortishish qonuni. Gravitatsiyaviy radius. Osmon jismlarining xarakat qonunlari. I, II, III kosmik tezliklar.
Tebranma xarakat. Garmonik tebranishlar va ularni kompleks ko�rinishda ifodalash. So�nuvchan tebranishlar. Ko�p erkinlik darajasiga ega bo�lgan tizimlar.
Qattiq jismlarda deformatsiya va kuchlanishlar.Elastik va qoldiq deformatsiya. Bir o�qli siqilish va cho�zilish deformatsiyasi. Egilish va bukilish. Guk qonuni. Yung moduli. Puasson koeffitsenti. Mustaxkamlik va mo�rtlik.
Gazlar va suyuqliklar mexanikasi. Gidrostatik qonunlar. Bernulli tenglamasi. Dinamik bosim. Suyuqlikning qovushqoqligi. Laminar va turbulent oqim. Puazeyl qonuni. Peshona qarshiligi va ko�tarish qonuni. Jukovskiy ishlari.
To�lqining amplitudasi, fazasi va tarqalish tezligi. Tovushning tabiati. Tovushning balandligi. Tovush bosimi. Tovush to�lqinining energiyasi. Ultratovush. Rezonatorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |