Хavflar yashirin (potensial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga ajratiladi.
Хavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: hayotga taxlika solish, sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishi.
1.2 - rasm. Faoliyat jarayoni modelida “xavfsizlik”ni ta’minlash muammosining yuzaga kelish bosqichlari.
Potensial xavf amalga oshishi, ya’ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir. Quyida xavf va uning oqibatini xarakterlovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga nisbatan ikki marta oshdi. Butun dunyo sog’liqni saqlash jamiyatining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta ko’paygan.
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nog’iron bo’lib, ularning xar 1/5 baxtsiz xodisa natijasida sodir bo’lgan.
Mustaqil davlatlar xamdo’stligi (MDХ) davlatlarida xar yili 19 milliongacha kishi jaroxatlanadi, o’rtacha 500 ming kishi xalok bo’ladi, shundan 50-60 minggi yo’l - transport xodisasiga, 10 minggi yong’inga va 14 minggi bevosita ishlab chiqarishga to’g’ri keladi.
MDХ davlatlarida xar yili 30 mingga yaqin kishi mexnat nog’ironi bo’ladi. Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 1989 yildan boshlab jaroxatlanish darajasi mamlakatlar bo’yicha 4 foizga oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko’rsatgich 11-19% va undan xam yuqori bo’lmoqda. Bir yilda xar 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar quyidagi 1.1 – jadvalda keltirilgan.
1.1 – jadval.
Bir yilda xar 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar sonining taqqoslangan ko’rsatgichlari
HFХning asosiy tushunchalari.
Хavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi.
Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilar soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFХ dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |