«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishning bosh maqsadi o’quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini o’rta umumta’lim maktablarida olgan bilimlariga tayangan holda ularning amaliy jihatlari haqida chuqurroq va kengroq bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikastiya texnologiyalaridan keyingi faoliyatlarida unumli foydalana olish ko’niкma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb-xunar kollejlarida o’qitish tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg’ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog’lash funktsiyalarini bajaradi.
Mashg’ulotlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida mashg’ulotning har bir bosqichi uchun reproduktiv o’quv topshiriqlari, ularning didaktik maqsadlarini aniqlash va shakllantirish nazarda tutiladi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |