1-§. Algoritmlar haqida umumiy ma`lumotlar



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana15.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#366111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Maruza-2



1-§. Algoritmlar haqida umumiy ma`lumotlar 

1.1.

 

Algoritm tushunchasi. 

Inson  tomonidan  yaratiladigan  har  qanday  mashina,  shu  jumladan  elektron 

hisoblash mashinasini ham loyihalashtirishda unga yuklanadigan vazifaning qanday 

tarzda bajarishi hisobga olinadi. Ya’ni mashinaning qanday ish bajarishi oldindan 

o’ylanadi.  Biz  bilan  hayotda  biror  aqliy  yoki  jismoniy  ish  bajarishimizdan  oldin 

uning  bajarilish  qonuniyatini  (modelini)  ko`z  o`ngimizda  yaratamiz,  ya’ni  har  bir 

maqsad  amalga  oshirilishi  uchun  nimalar  kerakligini,  qaysi  tartibda  bajarilishi  va 

natijada  nimaga  erishishimizni  tasavvur  qilamiz.  Bu  yerda  me’morning  uy  va 

asalarining uya qurishidan oldin uni o’z xayolida yaratadi va mehnatini natijasida 

xayolida ko’rganiga yetishadi.  

Umuman inson qanday ish qilmasin, oldin albatta xoxlagan natijaga erishish 

yo’llarini  o’yladi.  Siz  bir  necha  misollar  keltirib  buni  inkor  qilishiga  urinishiga 

mumkin.  Masalan,  biz  choy  damlaganimizda,  daraxt  o’tkazganimizda,  suvda 

cho’milganimizda  yoki  ovqat  pishirishda  qonuniyat  yaratib  o’tirmasdan 

bajaraveramiz-ku  deyishingiz  mumkin.  Bu  ishlarning  muvaffaqiyat  bilan  amalga 

oshirishimizning  asaosiy  sababi,  ongimizda  malaka  hosil  bo’lganidadir.  Yuqorida 

keltirilgan ishlarini malakali kishining og’zaki yoki yozma ko’rsatmasi, hamda uni 

bajarib ko’rsatishi bilan amalga oshirishimiz ham mumkin.  

Agar  malaka  yoki  ko’rsatma  to’liq  bo’lmasa,  qo’yilgan  maqsad  yetarli 

darajada amalga oshmaydi. Shuning uchun har bir ishning bajarilish ketma-ketligi 

to’liq va yagona bo’lishi kerak. 

Umuman har bir masala hal qilinishi uchun biz doimo quyidagi bosqichlarni 

bajaramiz: 

 



masalaning asosiy maqsadi, ya’ni masalaning qo’yilishi; 

 



masalani yechish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar (qiymatlar)ni tayyorlash 

yoki aniqlash;  

 

masalani yechish yo’llari, tartibi va qonuniyatini aniqlash yoki yaratish



 

masalani yechish; 



 

masala yechimini tahlil qilish




Endi sodda algebraik ifoda qiymatini hisoblash bosqichlarini ko’raylik.  

Masalan  

𝑦 =

𝑎 + 𝑏


𝑐 − 𝑑

+ 𝑘  (𝑐 ≠ 𝑑)

 

ifoda qiymatini hisoblash talab etilsin.  



Bu yerda y - aniq natijaga ega bo’lishi uchun a,b,c,d va k larning qiymatlari 

ma’lum  bo’lishi  kerak.  Bu  ifoda  qiymatini  hisoblash  qonuniyati  algebra  kursidan 

bizga aniq va quyidagi ko’rsatmalar tartibida bajarilishi mumkin: 

1)

 



a,b,c,d,k, (c

d) son qiymatlari olinsin (berilsin) 



2)

 

a ning son qiymati b ning son qiymati bilan qo’shilsin va natija surat qiymati 



deb olinsin.  

3)

 



C  ning  qiymatidan  d  ning  qiymati  ayrilsin  va  natija  maxraj  qiymati  deb 

olinsin. 

4)

 

Suratdagi natija maxrajdagi natijaga bo’linsin va hosil bo’lgan natija bo’linma 



deb olinsin.  

5)

 



Bo’linmaga k son qiymati qo’shilib natija Y deb olinsin.  

Ko’rinib turibdiki, agar ifodada ko’proq had bo’lganida ko’rsatmalar ketma-

ketligi anchagina uzun bo’lishi mumkin edi. Ifoda qiymatini hisoblash ketma-ketligi 

ko’zga yaqqol tashlanishi va tushunish qulay bo’lishi uchun oraliq natijalarni harflar 

yoki raqamlar birikmasi bilan belgilash juda qulay. Masalan R,R1,A,B,P1,C91 va 

shunga o’xshash. Bunday belgilashni nomlash yoki ism deb yuritiladi.  

Yuqoridagi  ifoda,  qiymatini  hisoblash  ketma-ketligi  quyidagicha  yozilsa, 

ya’ni: 


1)

 

R1=a+b 



2)

 

R2=c-d 



3)

 

R3=R1/R2  



4)

 

Y=R3+k 



ko’rinishida  bo’lsa,  uning  o’qilishi  va  bajarilishi  ancha  qulay  bo’ladi.  Bu  yerda 

a+b=R1  yozuvi  quyidagicha  o’qilishi  kerak.  A  ning  qiymatiga  b  ning  qiymati 

qo’shilyapti  va  natija  R1  deb  olinyapti,  ya`ni  o`zlashtirilyapti.  Bu  qonuniyatning 



birinchi  va  ikkinchi  qadamlar  o’rni  almashgani  bilan  natija  o’zgarmaydi,  lekin 

ikkinchi  va  uchinchi  (shunga  o’xshash  uchinchi  va  to’rtinchi)  qadamlar  o’rnini 

almashtirib  bo’lmaydi,  chunki  R2  qiymati  hisoblanmasa  R3  son  qiymati 

hisoblanmaydi.  

Bu  bosqichlarning  natijasi  albatta  yagona  bo’lib,  a,b,c,d  va  k  sonlarini 

qiymatiga  bog’liq  bo’ladi.  Bir  necha  bajaruvchi  kishi  uchun  a,b,c,d,  va  k  son 

qiymatlari bir xil berilsa va ular yuqorida keltirilgan ko’rsatmalar tartibini bajarsalar 

bir  xil  natijaga  erishadilar.  Hisoblash  bajarilish  tartibi  beriladigan  sonlarning 

qiymatiga qarab o’zgarmaydi.  

Berilgan ifoda qiymatini hisoblash tartibi juda ko’p qadamlardan va zerikarli 

hisoblashlardan  iborat  bo’lishi  mumkin.  Bu  hollarda  ijrochi  sifatida  hisoblash 

mashinasi  ishlatiladi.  Keltirilgan  misollardan  xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki, 

har bir maqsad, muammo va masala yechilishining o’z qonuniyati, tartibi, uslubi bir 

so’z bilan 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish