Bog'liq 0‘zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi
Mavzuning tarkibiy qismi: Ushbu kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, asosiy qism va xulosa qismlaridan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning tarixshunosligi hususida alohida to’xtalganmiz.
Istiqlol yillarida ilm-ma’rifatga intilib yashagan ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosni o’rganishda ham katta yutuqlar ko’lga kiritildi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti va Respublika xukumatining tariximizni, xalq milliy madaniyati va an’analarini chuqur o’rganish, uni keng targ’ib etishga qaratilgan qator farmonlari va qarorlari chiqarildi. Ularda ona-Vatanimizning, halqimiz boy tarixini yaxshi o’rganmay turib, bugungi mustaqillik davri qadriga etmoq hamda yurtimiz istiqbolini ko’ra bilmoq mumkin emasligi alohida qayd etilgan1.
Qo’xna va boy tariximizni o’rganishda, uni ilmiy tahlil qilish va umumlashtirishda tadqiqotchilar asosan ikki manbaga suyanadilar. Uning birinchisi moddiy manba bo’lsa, ikkinchisi yozma manbadir. Tariximizning eng qadimgi, qadimgi va o’rta asrlar davri asosan moddiy manba materiallari asosida o’rganiladi. Chunki, tariximizning bir necha yuz ming yillik ilk bosqichlarida hali yozuv bo’lmagan davrlar tarixi faqat arxeologik materiallar asosida o’rganilib, u davrlar haqida faqat umumiy tushunchalar hosil qilinadi. Ta’kidlash joizki, hatto tariximizni yozuvli davrining dastlabki ming yilliklarini ham arxeologik materiallarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun tarixchi-arxeologlar oldida o’ta muhim vazifa turadiki, u ham bo’lsa, uzoq o’tmish tariximizdan guvohlik beruvchi asori-atiqalarni topish, ularni xaritaga tushirish, moddiy madaniyat yodgorliklari majmuasini yaratish, ularning eng muhimlarida keng ko’lamli arxeologik qazishmalar o’tkazish, ularning yoshini aniqlab ilmiy sistemalashtirish va nihoyat ana shu materiallar asosida tariximizning ibtidoiy jamoa, qadimgi va o’rta asrlar davrining dastlabki bosqichlari haqida umumiy va ob’ektiv tasavvurlar berish mazkur kursning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.
“Arxeologiya” suzi lotin tilidan olingan bulib “arxeos” qadimgi, “logos”- fan ya`ni qadimgi fan degan ma`noni bilidiradi. Arxeologiya o`lkashunoslikning va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
Arxeologiya – tarix fanining mustaqil yo`nalishi bo`lib, o`zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o`rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Ya`ni zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, o`rta asrlarga oid yodgorliklarni o`rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi.
Arxeologiya va tarixni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, ikkala fanning ham maqsadi bir xil, ya`ni insoniyat tarixini o`rganishdan iborat. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan kishilar tarixchi va arxeolog deb yuritiladi.
Arxeologiya o`zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Rivojlanish tarixi bevosita insoniyat jamiyatining umumiy tarzda rivojlanib, ilm va fanning rivojlanish jarayonidagi o`zgarishlarni arxeologik topilmalar misolida ko`rish mumkin.
Arxeologiya – yosh ijtimoiy fanlardan biri bo`lsa-da, uning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Yozma manbalardan ma`lumki, mil. avv. VI asrda Bobil podshosi Navonid (Nabunaid, Nabonagid, mil. avv. 555-538 yy.) saroy va ibodatxonalarning asos qismida qazuv ishlarini olib borgan. Ayni paytda Britaniya muzeyida Nabonid tomonidan topilgan yozuvli taxtacha saqlanmoqda2.
“Arxeologiya” atamasi yozma manbalarda ilk marta yunon faylasufi Platon (mil. avv. 427-347 yy.) ning “Katta Gippiy bilan suhbat” asarida tilga olinadi. Arxeologiya ikkita qdimgi yunon so`zidan iborat bo`lib, “arxeos” – qadimgi, “logos” – fan degan ma`nolarni anglatadi. Xuddi shunga o`xshash iborani yunon yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiy (mil. avv. 80-29 yy.) ham qayd etgan. Ya`ni Troya urushigacha bolgan davr ellinlar nazarida “Ellinlar arxeologiyasi” hisoblangan. Diodor Sitsiliyskiyning zamondoshi Dionisiy Galikarnasskiy Rim tarixini Puni urushigacha bo`lgan davrini “Rim arxeologiyasi” deb atagan. “Arxeologiya” atamasini shuningek Strabon va boshqa yunon muarrixlari ham ishlatib, ularning nazarida bu atama nafaqat qadimgi, balki ibtidoiy davrni ham qamrab olgan.
Rim imperiyasining lotin mualliflari “qadimiyat” – a n t i q u i t a t e s - atamasini qo`llaganlar. O`rta asrlarda “arxeologiya” atamasi “qadimiyat” atamasi tomonidan siqib chiqarilib, ancha vaqtgacha (XIX asrgacha) yodga olinmaydi.
Rim imperiyasida shuningdek “a n t i q u a r i e u s” – antikvariy, ya`ni qadimiyatga qiziquvchi atamasi ham qo`llanilgan. O`rta asrlarda antikvariylar jumlasiga turli qadimiy qo`lyozmalarni yig`uvchi kishilar kirgan bo`lsa, Uyg`onish davriga kelib asosan klassik madaniyat namunalarini yig`uvchilarni, ya`ni antik davr madaniyatiga qiziquvchilarni shunday ataganlar.
1767 yilda Gettingen universiteti prof. Xristian Gottlib Geyni “arxeologiya” atamasiga “Yunon va rimliklarning qadimgi san`ati arxeologiyasi” kursi bo`yicha ma`ruza o`qib, uni qaytadan muomalaga kiritadi. Lekin bu yunonlarning “arxeologiya” ga bergan ta`riflari singari keng qamrovli bo`lmay, faqat klassik san`at yodgorliklarini ta`riflash va klassifikatsiya qilish bilan cheklangan. XIX asr boshigacha qadimiyat bilan shug`ullanuvchilarni faqat antik madaniyat namunalari qiziqtirgan.
Shu davrdan boshlab arxeologiyaning yordamchi tarmoqlari – numizmatika (tangashunoslik), epigrafika (toshlardagi bitiklarni o`rganish), sfragistika (muhrlarni o`rganuvchi fan) vujudga kela boshlaydi.
Epigrafikaga qiziqish Angliyada ham yoyila boshlaydi. Bu yerda arxeologiya qirol Karl I va uning yaqinlari homiyligida boyitila boshlandi.
Dunyo xalqlarining bir necha 100 ming yillaridan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy tarakkiyotning eng qadimgi 5-6 minginchi yilaridan boshlab yozma asarlar bulib undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bulmagan.
Yozma tarix bulgincha utgan bir necha yuz ming yillik tarixini xamda yozma tarix keyingi davr xayotini tula o`rganish zaruriyati usha davr xalqlaridan kolgan byuumlarni tekshirib kurishni takaza etadi. Bunday yodgorlik buyumlarni tekshiruvchi fan arxeologiya bulib u tarixchilikning muhim bir tarmogini tashkil etadi. Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni sinfiy jamiyatdan kolgan shaxar, kishlok va mozorlar kazib yurib, tarixni asraydi. Arxeologlar kazilma usuli bilan ish kuradilar. Arxe-ologiya fani xali boshka fanlarga karaganda yosh bulishiga karamay dunyoda katta e`tibor kozongan va xammani kiziktirgan fan.
Muste davri manzilgohlar O’rta Osiyoning barcha hududlarida aniqlangan, lekin ularning ko’pchiligi O’zbekiston va Tojikiston hududlaridan topib o’rganilgan bo’lib, ular nafaqat er ustida balki erning ostki qismida ham ko’pchilikni tashkil etadi. Boysun tog’ining janubiy yonbag’ridan topilgan Teshiktosh g’ori muhim ahamiyatga ega. Bu erda beshta madaniy qatlam aniqlangan. Teshiktosh g’oridan siniq uchrindi, tosh parchalari, plastinka-parrakcha, nukleuslar, tosh bo’lakchalaridan iborat uch mingga yaqin tosh qurollari topilgan3.
Teshiktosh g’ori tosh qurollari Samarqand janubidagi Omonqo’ton qurollariga o’xshash. Bu turdagi mustega Vaxsh tog’ tizmalarining janubi-g’arbiy qismida joylashgan Og’zikichik g’ori ham taaluqlidir. G’or makonlardan Toshkentdan shimoli-sharqda Tangritog’ning g’arbida Chotqol tog’ tizmalarida joylashgan Obirahmat g’orini ko’rsatish mumkin. Poltov (Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani) g’ori tosh qurollari Obirahmat va Xo’jakent tosh qurollaridan farq qilmaydi.
Oloy tog’ tizmasining shimoliy tarmog’ida Farg’onadan Sharqda joylashgan Selung’ur g’oridan mil. av. 1 mln. 100ming - 1 mln. yilliklarga oid ashel qatlami qazib o’rganilgan. Selung’ur g’ori topilmalari eng Qadimgi mehnat qurollari ko’rinishida bo’lib, o’ziga xos shakllariga ega bo’lsada, Janubiy va janubi-sharqiy Osiyoning eng qadimgi manzilgohlari mehnat qurollari bilan yaqin o’xshashlikga ega. Selung’urdan ashel davri mehnat qurollaridan tashqari arxantrop qoldiqlari ham topilib, uni jahonning mashhur manzilgohlar qatoriga qo’yish mumkin.
Ochiq turdagi mazilgohlarga Vaxsh vohasida joylashgan bir-biriga o’xshash Qora-Bura va Oqjarlar oiddir. Qora-Bura joy-makonidan juda ko’p tosh parchalari va mehnat qurollari topilgan bo’lib, ularning yarmi qurol qilish uchun tayyorlangan mayda toshlardan iborat. Ular nukleuslar, uchrindi, uchli paykonlar. Ayniqsa chopper va choppinglar ko’pchillikni tashkil qiladi. Muste davrining shunga o’xshash shakldagi materiallari Sirdaryo havzasidagi Qayroqum va Farg’onadagi makonlaridan ham topib o’rganilgan.
Ochiq turdagi makonlarga Angren daryosining o’ng sohilida joylashgan Ko’lbuloq va Samarqandning janubi-g’arbidagi Qo’tirbuloqlar oiddir. Ko’lbuloq topilmalari xilma-xil va unga xos makonlari bilan ajralib turadi. Mehnat qurollari - nukleuslar, tishli tosh qurollar, qirg’ichlar, tosh paykonlar, sixchalar, plastinkalar, tosh pichoqlar va boshqa tosh bo’laklaridan iborat. Bu makon mehnat qurollari O’rta Osiyoning boshqa makonlaridagi bilan o’xshash4.
Qo’tirbuloq makonidagi tosh qurollarini chaqmoqtosh diorit, kvarstit va daryo toshlaridan yasalgan o’tkir uchli paykonlar, qirg’ichlar, teshgichlar, parmalar, bargsimon qurollar hamda daryoning shag’al va chaqmoq toshlaridan yasalgan chopping va chopper, yassi va gardishsimon nukleuslar, uchrindilar va boshqalardan iborat.
Qo’tirbuloq makonidagi toshdan yasalgan mehnat qurollarining yasalish usullariga Zirabuloq makoni (Zarafshon vohasi) topilmalarini ham kiritish mumkin.
Qirg’izistonning muste davriga oid makonlari yaxshi o’rganilmagan Tossor va Georgiy do’ngligi bu erdagi mashhur makonlaridir. Tossor tosh qurollari muste davrining so’nggi bosqichi va so’nggi paleolitning ilk bosqichlariga oid. Georgiy do’ngligi mehnat qurollari yuqori pleystostenning boshlanish davriga oid. Janubiy Qirg’izistondagi Isfara daryosi vodiysidagi Xo’jag’ayir degan joydan ham muste davriga oid manzilgoh topilgan. U erdan toshdan yasalgan-parrakchalar, qirg’ichlar, pichoqsimon qurollar, nukleuslar, sixchalar topilgan.
Teshiktosh g’or-makonidan topilgan yosh bolaning bosh chanog’i o’sha davr kishilarining qiyofasini tiklashga asos bo’lib, u O’rta Osiyo hududidagi yagona paleoantropologik topilma hisoblanadi. Bosh chanog’i yuqori madaniy qatlamdan topilgan. Ko’rinishdan bola dafn etilgach, yovvoyi hayvonlarga em bo’lgan, shuning uchun bola skeleti to’liq saqlanmagan. Antropolog olim M. M. Gerasimov bo’lakchalarga bo’linib ketgan bosh chanoqni tiklab, bolaning qiyofasini tiklashga erishgan. Natijada suyaklar 9 yashar bolaga tegishli bo’lib, morfologik jihatdan neandertal shaklida ekanligi aniqlangan. Shu bilan birgalikda Teshiktosh topilmasi evropoid irqiga mansub ekanligi ham aniqlangan. Keyingi qilingan tahlillarning xulosasiga ko’ra, O’rta Osiyoning janubiy hududlari irq shakllangan uchoqlardan biri hisoblanadi5.
Bola suyagining qoldiqlari atrofida tog’ echkisining to’rt juft shoxi tartib bilan terib qo’yilgan bo’lgan. Qabr olov qoldiqlarining izlari ham aniqlangan. Ko’rinishidan teshiktoshliklarda vafot etganlarni dafn qilish odatlari mavjud bo’lib, diniy tasavvurlar shakllangan.
Teshiktoshdan ko’plab yovvoyi hayvon suyaklari topilgan. Ular tog’ echkisi, bug’u, ot, yo’lbars, ayiq, tulki, 20 dan ortiq qush suyaklaridan iborat. Omonqo’ton makonida muflon suyaklar ko’plab topilgan. Teshiktoshga nisbatan esa bu erdan bug’u, ayiq ancha kam. Bu erdan Teshiktoshda uchramaydigan Sibir kiyigi va cho’l toshbaqasi suyaklari ham mavjud.
Og’zikichikdan topilgan hayvon suyaklarining 14 tasi Omonqo’ton va 6 tasi Teshiktoshlardagi hayvon suyaklari bilan bir xil. Umumiy suyaklarning ko’pchiligini cho’l toshbaqasi suyaklari tashkil etadi. Bundan tashqari yovvoyi qo’chqor va echkilar, ot, eshak, bug’i xatto jundor nosorog suyaklari ham topilgan.
Obirahmat g’oridan topilgan suyaklarning yarmidan ko’prog’ini yovvoyi echki tashkil etadi. Bug’u, qo’y, yovvoyi cho’chqa suyaklari ham mavjud. Obirahmat, Omonqo’ton va Teshiktosh makonlari topilmalarida unchalik farq katta emas. Bular muste davrining O’rta tog’ variantiga mansub bo’lib, asosan tog’ echkisiga ov qilishgan. G’or-makonlar ichida Qo’tirbuloq topilmalari boshqalardan ancha farq qiladi. Undagi topilgan suyaklarning deyarli yarmi otniki, keyingi o’rinda filniki. Tur (yovvoyi buqa), buxoro bug’usi suyaklari esa kamchilikni tashkil etadi. Umuman, O’rta Osiyoning muste davri makonlari ma’lum hudud tabiiy sharoitlariga mos ixtisoslashgan ovchilikning mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda6.
1938 yilda A.P.okladnikov tomonidan Boysun tog’ining Teshiktosh deb atalgan g’oridan topilgan yodgorliklarni alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bu yerda o’tkazilgan arxeologiyaga oid izlanishlar natijasida ko’pgina ashyoviy dalillar bilan bir qatorda For devorining ostidan 9 yashar bolaning qabri ham topilgan.
1946 yilda urgutmanining Omonqo’ton degan joydan o’rta paleolit davriga oid mehnat qurollari topildi. 1980 yildan boshlab U.Islomov Farg’ona viloyatida Selung’ur g’orida arxeologik tadqiqotlar olib bordi va yangi kashfiyotlar qildi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bizning universitetimiz tarix fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari asosan Qashqadaryo vohasida arxeologik amaliyotni olib boradilar. Amaliyot natijasida bir qancha yangiliklarni izlab topdilar. Qashqadaryo vohasida miloddan avvalgi VII-IV asrlarga oid 30ta yodgorlik ma’lum. Ular alohida daryolar bo’ylab joylashgan bo’lib umumiy suv manbaidan foydalanilganligi, ularda qadimgi sug’orish yoki dehqonchilik vohalarini qurish imkonini beradi. Hozirgi davrda oltita shunday vohalarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin: Yerqo’rg’on - Yerqo’rg’on va Qorovultepa yodgorliklari; Qizildaryo vohasi - Chiroqtepa va Jartepa; Guldaryo - Qo’rg’oncha va Beshqo’rg’ontepa; Qayrag’ov - Daratepa, Qayrag’ochtepa, To’rtburchaktepa, Somontepa va Ko’zatepa yodgorliklari; Tanxozdaryo vohasi - Nomsiztepa, Saratepa 1,2,3 va Sho’rabsoy vohasi - Sangirtepa, Podayotoq, Uzunqir va boshqalar.
ToshDU O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasining 1976-1979 yillarda A.S.Sagdullayev tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qashqadaryo vohasining sharqiy qismidan ham bir qator ilk temir davriga oid yodgorliklari ochildi. Daratepada o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqotlar natijasida bu xudud uchun xos bo’lgan miloddan avvalgi VII-IV asrlarga oid turli turar joylar tuzilishi qazib o’rganildi. 1986 yildan boshlab ToshDU arxeologlari tomonidan Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklarini o’rganish borasidagi ishlar davom ettirildi. O’rganilgan ma’lumotlar asosida yodgorliklarning ilk bor o’zlashtirilishi davri miloddan avvalgi VIII-IX asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Yurtimizning qadimgi davriga oid arxeologik ma’lumotlar juda ko’p asarlarda bayon qilingan. S.P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm», «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab», Ya.F.Fulomovning «Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda», «Baqtriya haqida afsona», A.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro», Yu.F.Buryakovning «Toshkent vohasining qadimgi karvon yo’llari» va boshqa mualliflarning asarlarini sanab o’tishimiz mumkin7.
Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki enguzoq davom etgan bosqichi paleolit deb ataladi. Arxeologik nuqtai nazardan qadimgi tosh asri uch davrga bo’linadi: paleolit (qadimgi tosh davri - «palayos» - qadimgi «litos» - tosh); odam mil.avval 3-3,5 million yil ilgari paydo bo’lgan. Engqadimgi topilmalar Sharqiy Afrikaning Olduvay darasidan topilgan bo’lib, Olduvay madaniyati deb yuritiladi. Ilk paleolit Ashel davri mil.avval 700-100 yilliklarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoda ilk paleolit davri yodgorliklari 700-500-100 ming yilliklar davriga oid bo’lib ashel davri deb ataladi.
O’rta paleolit. Bu davr Mustye davri madaniyati deb nomlanadi (mil.avval 100-40 ming yilliklar). So’nggi paleolit. 40-30-12 ming yilliklar ilk paleolit davriga oid makonlar Selung’ur, Uchtut (Buxoro), O’narcha (Qirg’iziston), Qoratog’ (Tojikiston) va boshqa makonlarni keltirish mumkin.
Mazkur davr kishilarining qurollari o’zining soddaligi, qo’polligi, turlarining kamligi jihatidan keyingi davrlardan farq qiladi. Odamlari aqliy va jismoniy tomonlardan ham farq qiladi.
O’rta paleolit (Mustye madaniyati) - qadimgi tosh davrining bir qismi Markaziy Osiyoda. Bu davrning eng mashhur yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo’jakent, Ko’lbuloq, Qo’tirbuloq, Uchtut va boshqalarni kiritish mumkin. O’rta tosh davriga kelib ibtidoiy kishilar O’rta Osiyoning butun maydonlariga keng tarqaladi. Mehnat qurollari takomillasha boradi. Eng muhimi ibtidoiy to’dadan urug’chilik jamoasiga o’tila boshlanadi. Sovuq iqlim tufayli sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o’zlashtiradi, diniy tasavvurlar paydo bo’ladi.
So’nggi paleolit - bu davrga oid yodgorliklari nisbatan kam o’rganilgan. Ohangarondan so’nggi paleolit davriga oid Ko’lbuloq makoni ochilgan. Toshkentning g’arbida Bo’zsuv I makoni va 1939 yilda Samarqand shahrida ham shu davrga oid makon ochilgan.
So’nggi paleolitdan boshlab ibtidoiy odamlar g’ordan chiqib yengil turar joylar qura boshlaganlar. Natijada ular faqat tog’li xududlarda yashab qolmay, vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda daryo va ko’llar sohillarida joylasha boshlaydilar. So’nggi paleolitga kelib antropogenez jarayoni tugallanadi, zamonaviy odamlar paydo bo’ladi (kramanon). Yana bu davrning o’zimga xos xususiyati ibtidoiy to’dadan urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tiladi. Xo’jalik yuritishning eng oddiy yo’llaridan (terib-termachilik) murakkabroq ko’rinishlari (ovchilik, baliqchilik)ka o’tdilar. Mehnat qurollari takomillashib uning turlari ko’paya boradi.
Mezolit davri. Bu davrning katta yutuqlaridan biri - kamon va o’qning kashf etilishidir. Shuningdek bu davrda ibtidoiy san’at paydo bo’ldi. Hayvonot va o’simliklar dunyosi o’zgaradi. Bu davrga oid makonlar Machay g’or makoni (Boysun), Farg’ona vodiysida Obisher g’or makoni topilgan. Markaziy Farg’onadan 80ga yaqin mezolit davri yodgorliklari topilgan mehnat qurollarida ham o’zgarishlar bo’ldi. Trapetsiya va uchburchak shakldan mayda qurolchalar - mikropitlar paydo bo’ladi. Suyakdan igna va bigiz qurollarining topilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Neolit uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichidir. Neolit so’zi ham grekcha so’zdan olingan bo’lib, ya’ni tosh asri degan tushunchani bildiradi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan8.
Neolit davri kishilarning eng katta yutuqlaridan biri kulolchilik bo’lib, ular loydan har xil idishlar yasashni va ularni olovda pishirishni o’rgandilar. Bu o’sha zamon uchun katta kashfiyot edi.
Neolit davrida odamlar rangli va oddiy metallar bilan tanishganlar. Bu davrda to’qimachilikning kashf etilishi ham dastlabki suvda suzuvchi qayiqsozlikning ixtiro etilishi neolit davrining yutuqlaridan biri. Bu davrga kelib o’zaro buyum almashinuvi rivojlanadi. O’rta Osiyoning janubiy yerlarida xususan Kopetdog’ etaklarida sug’orma dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topib dashtlarda katta-kichik daryo va ko’llarning sohilida ovchilik va baliqchilik rivoj topa boshlaydi.
O’rta Osiyoda yashagan neolit qabilalari xo’jalik shakllariga ko’ra Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatiga bo’lib o’rganiladi. Ular sanasining yuqori sanasi mil.avval VI ming yillik, quyi chegarasi esa VI-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu paytda guvaladan turar joylar barpo etila boshlaydi.
Eneolit O’rta Osiyoda ham neolitdan farq qiladi. Eneolit lotincha - mis tosh davri. O’rta Osiyoda quyidagi yangi madaniy-tarixiy jarayonlar eneolit davri bilan bog’liq:
1. Xo’jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik qilishi;
2. Toshdan ishlangan qurollar ko’p bo’lgan holda mis qurollarning paydo bo’lishi;
3. Katta-kichik ibtidoiy jamoalarning paxsadan va xom g’ishtdan tiklangan katta-katta uylari;
4. Kulolchilikda muhim texnika yutug’i - xumdonlarning ishlatilishi;
5. O’troqlik xo’jaligining rivojlanishi, ibtidoiy jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida xom g’ishtning paydo bo’lishi;
6. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug’i tuzumi (matriarxat)ga xos haykalchalar;
7. Rangdor sopol buyumlari, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mavjudligi.
Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyildashi va mil.avval 2 ming yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Bu tarixiy jarayon- kishilik jamiyati taraqqiyotidagi chiqarishda hukmronlik qilimsh erkaklar qo’liga o’tadi va ona urug’ tuzumi o’rnini ota urug’i (patriarxat) tuzumi egallaydi. Bronza davriga oid yodgorliklar Tozabog’yob madaniyati (Xorazm), Zamonbobo (Zarafshon vohasi), Sopollitepa (Surxondaryo) va boshqa ko’pgina bu davrga oid yodgorliklar topib o’rganilgan.
Temir davri. Ilk temir davri (mil.avval VII-V asrlar). Qadimgi Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm, Marg’iyona ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi. Bu davrni o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu davrga oid yodgorliklar juda ko’p tpilgan. Foshchimullo, Qizilcha (Surxondaryo), Daratepa Afrosiyob lolazor (Qashqadaryo va Samarqand), Ko’zaliqir, Quyisoy (Xorazm), Dalvarzin, Oqtom, Dasti asht (Farg’ona) va boshqa manzilgohlar topib o’rganilgan.
Kushon davri O’rta Osiyo halqlarining moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligibilan izohlanadi. O’rta Osiyoning janubiy va shimoliy Afg’onistondagi arxeologik tadqiqotlar Yunon-Baqtriya va Kushon-Baqtriya madaniyati gullab yashnaganidan dalolat beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va ko’xna Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettiriladi. Keyinchalik ko’xna Termiz yaqinidagi Qoratepa budiylik ibodatxonasi, fayoztepa, Xolchayon va Dalvarzin ko’hna shaharlari ochilib nihoyat yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Ayritom ko’hna shahridan topilgan uylarning peshtoqlarida gullarga burkangan, musiqa asboblari chalib turgan qizlar va do’mbira chalib turgan bolalarning tasviri tushirilgan. Denov nihoyasida Xolchayon yodgorligining qoldiqlari saqlanib qolingan shaharning paydo bo’lishi mil.av.1 ming yillikning o’rtalalriga to’g’ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushonlar darviga to’g’ri keladi9.
Dalvarzin yodgorligi u ko’xna shahar bo’lib, Kushon Davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan degan fikrlar mavjud. 1972 yilgi qizishmalarda bu yerdan 30 kg ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan. 115ta har xil taqinchoqlardan iborat bo’lgan.
Kushon davri madaniyati namunalaridan yana biri qadimgi Xorazm hududidan Tuproqqal’a shahri bo’lib, milodning 3-4 asrlariga oid bu shaharning kushonlardan alohida bo’la boshlagan dastlabki Xorazm hokimlaridan biri qurdirgan. Qazilmalar natijasida turli devoriy suratlar va haykallar bilan bezatilgan zallar va boy xonadon uylari ochildi. Tuproqqal’a topilmalari, O’rta Osiyoning chekka viloyatlari hunarmandlari ham Kushon san’ati va madaniyatini saroylar, ibodatxonalar, uylar qurishda keng foydalanilganliklarin, o’rsatadi.
Eftalitlar davridan ham O’rta Osiyoda me’morchilik yaxshi rivojlangan. Shu davr qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo’lgan. Qasrlar odatda ikki qavatli, shipi tekis gulbazsimon va rovonsimon yopilgan bir nechta xonadon iborat bo’lgan. 5 asrdan boshlab saroy qasrlar qurilishida paxsa va xom g’isht bilan bir qatorda kirpich (pishiq g’ishtlar) ham ishlatina boshlagan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Bunday tasviriy san’at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxondaryo) qasri devorlarida qayd etilgan. Eftalitlar me’morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyi bo’lgan. Bu qo’rg’on ulkan to’rtburchak shakldagi tepa ustiga qurilgan. Devorlari ganch qilinib suratlar bilan bezatilgan10.
IXX asrlarda me’morchilik san’ati va qurilishi uslubi o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko’tariladi. Bu davr qurilishida avvlgi asrlardagi kabi xom g’isht va paxsa asosiy qurilish materiali hisoblangan. Somoniylar davrida Movarounnahr hamda Xuroson me’morchilik san’atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu - Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu maqbara hozirgacha borganni hayratga solib turibdi. Somoniylar davri me’morchilikning nodir namunalarini Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, Uzun (Surxondaryo) yaqinidagi Ho’ja Naxshron, Qaramanadagi Mir Said Baxrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Bu yodgorliklar ham IXX asr me’morchiligi yuksak darajada bo’lganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzimi davri deb nomlangan birinchi bo’lim ibtidoiy jamoa odamlarining yashagan makonlariga ta’rif berish bilan boshlanadi. Ibtidoiy odamlar chaylalarda, g’orlarda yashaganlar. 1938 yilda Boysuntovning Teshiktosh g’orida qadimiy tosh davrida odam yashaganligi aniqlandi. Forning ichi keng, balandligi 21 metr keladi. For ichida gulxan oldiqlari, toshdan yasalgan mehnat qurollari, yovvoyi qush va hayvonlar: ayiq, kiyik, tog’ echkisining suyak qoldiqlari topildiki, bu hol Teshiktoshdan yasalgan odamlar ovchilik bilan kun kechirganliklaridan dalolat beradi. Yuqoridagi ta’rifga binoan Teshiktosh g’ori (maketi) qo’yilgan. «Ibtidoiy odam sinantrop ovda. Eramizdan 600-400 ming yil ilgari» deb nomlangan maketi xuddi jonliday qilib ishlangan.
T.Sodiqov tomonidan chizilgan «malika To’maris qasos olmoqda» nomli suratga quyidagicha ta’rif berilgan: miloddan oldingi VI asrda O’rta Osiyoga forslar hukm qilganlar. Miloddan oldingi 529 yilda bosqinchilar massagetlar tomonidan tor-mor qilinadi. Podshoh Kir esa o’ldiriladi. Afsonaga talqin qilinishida, massagetlar malikasi To’maris Kirning boshini qon to’ldirilgan meshga tashlar ekan.
Miloddan oldingi 521 yilda podshoh Doro boshchiligida forslar bostirib keladi. Shiroq degan cho’pon yo’l ko’rsataman deb ularni jazirama cho’lu-biyobonda adashtiradi. Tilka-pora qilinayotgan shiroq: «Men g’alaba ildim, xalqimni xalokatdan qutqardim», deb mardona xitob qiladi. Miloddan oldingi 329 yilda Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari O’rta Osiyoga bostirib kirgan. Xalq bosqinchilariga qarshi bosh ko’tarib chiqqan. Rassom M.Nabiyev chizgan rasmda Spitamen chavandozlarining Marakonda atrofida Makedoniyaliklar hujumi tasvirlangan.
Quldorlik davrida savdo-sotiq ishlari rivoj topadi. A.Makedonskiy hukmronligi zamoniga Yunon-Baqtriya va Kushon podsholigi davriga oid tanga pullar shohlar, tangrilar tasviri, hukmdorlarni madh etuvchi yozuvlar zarb etilgan ekan.
Zargarlik buyumlari, kumush zeb-ziynatlar zodagon jangchilar hayotidan manzaralar chizilgan. Diniy e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan terrakotik haykalchalar - hosildorlik ma’budasi Anaxita, erkaklar va chavndozlar tasvirlangan haykalchalar juda ajoyibligi bilan diqqatni o’ziga jalb etadi.
Endi O’zbekiston tarixi muzeyidagi «Feodalizm davri» deb nomlangan ikkinchi bo’limga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Bu bo’lim Samarqanddagi «Ishratxona» manetini tanishtirish bilan boshlanadi. Bu yerda V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan rasm ham qo’yilgan. Rasmlardan birida feodallarning ziyofati tasvirlanadi.
Bu bo’limda turk askarlari qabriga qo’yiladigan tosh haykalchalar ham bor. Bu yerga VII-VIII asrlarga oid bo’lgan voqealarni olis ettiruvchi ana shunday «Turk tosh haykalchasi»ning asl nusxasi qo’yilgan.
Panjikent so’g’dlarning ilk feodal mahri bo’lib, uni arablar xarob qilganlar. Rossiya FAning arxeologiyasiga oid ilmiy safari ko’p yillar mobaynida bu yerga qazish ishlari olib bordi. Natijada muhtasham qo’rg’on va saroylar, turar joylar, hunarmandchilik ustaxonalari, katta-kichik do’konlar, qatorlashgan ko’chalar ochildi.
Buxorodan 40 km g’arb tomonda qadimiy Varaxsha shahrining xarobalari bor. Bu shaharda asrlarda Buxoro vohasining hukmdorlari yashaganlar. Varaxsha shahar - qo’rg’onining ikki qavatli hashamatli inshoatini V.A.Nilin asosidagi rasmda ko’rish mumkin.
VI asrning 80 yillarida hozirgi Buxoro viloyati hududida istiqomat qilgan turk kambag’allari turk haqoniga va mahalliy feodallarga qarshi qo’zg’alon ko’targanlar. Qo’zg’alonga turk shag’zodasi Abruy boshchilik qilgan. 585 yilda qo’zg’alon shavqatsizlik bilan bostirilgan. Bu yerda V.I.Kaydalov chizgan «Abro’y qo’zg’aloni» deb nomlangan rasm qo’yilgan.
1200 yillik kitob (Usmon Mus’hafiydan ko’chirma)dan ko’chirma nusxa berilgan. Qur’on Samarqanddagi Hoji Ahror masjidida saqlangan.
O’rta Osiyoning hunarmand ustalari XI-XIII asr boshlarida ajoyib sopol va shisha idishlar yasaganlar. Bu davrda hunarmandchilik juda taraqqiy etgan. XI-XII asrlarda ajoyib gullar solib ishlangan sopol idish-tovoqlarning eng nafislari muzeydan joy olgan. Feodalizm davrida O’rta Osiyoda me’morchilik va binokorlik yanada rivoj topadi. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Minorai Kalon (XII asr), Termiz shohlar saroyi, Xorazm shohlar saroyi (XII asr) me’morchilikning ajoyib na’munalaridandir.
Muzeyda musavvir M.Nabiyev yaratgan ana shu buyuk siymo - Abu Ali ibn Sinoning rasmi turibdi (9801037 yy). M.Nabiyevning buyuk olim - A.Beruniyning rami chizilgan portreti ham muzey ekspozitsiyalari ichidan o’rin olgan.
1219- yilda Mo’g’ullar istilosi davri boshlanadi. 1238- yilda ularga qarshi Buxoroda Tarob boshchiligida qo’zg’alon bo’lib o’tdi. Musavvir V. Nechayev tomonidan chizilgan «1365 yil, Samarqandda bo’lib o’tgan sarbadorlar qo’zg’oloni» deb nomlangan surat diqqatga sazovor. Undan tashqari, «Ulug’bek jahonning mashhur astronomlari orasida» degan (XVII asr) gravyura ham qo’yilgan.
Muzeyda A.Abdullayev chizgan ulug’ o’zbek shoiri A. Navoiy (1441–1501 yy)ning rasmi ham bor. Navoiyning asarlari o’sha vaqtning eng yaxshi rassomlari, jumladan, «Sharq miniatyurasining piri» Behzod miniatyuralari bilan bezalgan.
«Turkiston chor Rossiyasi tarkibida» deb nomlangan uchinchi bo’lib «O’yg’ongan Sharq» fotolavhasi bilan boshlanadi.
O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan so’ng bu chekka o’lkaning tabiiy boyliklari tarixi madaniyatini o’rganish uchun o’zgacha sharoit tug’ildi. Bu yerga Rossiyaning jasur va iste’dodli olimlari N. A. Seversov, A. Fedchenko, I. Mushketov va V. Bartold boshchiligida ilmiy ekspeditsiyalar yuborildi11.
Bosmaxona va litografiyaning paydo bo’lishi mahalliy aholining madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Toshkentda, Qo’qonda ko’plab gazetalar chop etila boshlandi. Ularda xalqning siyosiy faol bo’lishi ta’kidlandi.
Dastlabki besh yilliklar mobaynida (S.I. toshni topganidan so’ng) o’zbek xalqi sanoatni rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
O’zbekistonda gaz nonlari asosan Buxoro, Xiva, Farg’ona va Surxondaryo rayonlarida joylashgan. Muzeyda gazoprovod o’tkazish tasvirlangan rasmi bor.
Urush yillari davridagi o’zbekistonliklarni jonbozlikni ifodalovchi: «O’zbekiston delegatsiyasi harbiy fronta», «General-leytenant L.A.Govorov O’zbekistonning birinchi prezidenti Yo’ldosh Oxunboboyev bilan» degan panno muzeyga qo’yildab, uning tagiga L.A.Govorovning vatanparvarlik haqidagi nutqi yozilgan.
1943 yil 24 sentyabrda urush qiyinchiliklariga qaramay, O’zbekistonda FA tashkil etildi. Unga 23ta ilmiy tadqiqot institutlari kirdi.
Muzeyga xalq komissarlari sovetining O’zbekiston fanlar akademiyasini tashkil etish haqidagi fotosuratni qo’yilgan.
Toshkent chinni zavodi o’zining xilma-xil mahsulotlari bilan shuhrat qozondi. Juda ajoyib va nozik did bilan ishlangan Toshkent chinni zavodi mahsulotlaridan na’munalar muzeyda o’z aksini topgan.
Omon-Qo’ton g’orini tadqiq qilish ishlari endi boshlangan bo’lishiga qaramasdan, yuqorida qayd qilingan materiallar asosida uning qadimiyligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Bu haqda ma’lum ishonch bilan bu yerdan topilgan ibtidoiy odamlarning tosh qurollari guvohlik beradi. Omon-Qo’ton hududida kremniy yo’q. Shuning uchun ham ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasash uchun oxaktosh, diorit va kvars kabi boshqa tosh jinslaridan foydalanganlar. Xususan, kvars g’o’lalari Omon-Qo’tondan D.N. Lev va A.P. Okladnikovlar tomonidan g’ordan uzoq bo’lmagan yerdan topilgan.
Omon-Qo’tondan topilgan tosh qurollar ishlanish texnikasiga ko’ra o’ta arxaik va primitiv ko’rinishga ega. Ular yirik va noto’g’ri shakllidir. Qurollar bu yerda uchirindilar chaqmoqlab olishga mo’ljallangan gardishsimon mustye davri texnikasi bilan emas, balki g’o’lani primitiv “parchala” uslubi orqali amalga oshirilgan. Ta’riflarimizdan ko’rinib turibdiki, Omon-Qo’tonda bironta ham nukleus topilmagan. Yodgorlikdagi tosh qurollar quyi paleolit davri uchun xos bo’lgan, qo’pol tosh g’o’laning ustki qismini tarashlash texnikasi yordamida ishlov berilgan.
P.P. Yefimenko, Mikok makoni quyi qatlamidan olingan chaqmoqtoshli industriyani ta’riflar ekan, ular uchun xarakterli belgilardan birini aniqlaydi: “Avvalombor, bu davrda odatda, paleolit davri texnikasida qo’llaniladigan chaqmoqlash emas, uchirindilarni tayyorlash uslublari diqqatga sazovordir: kremniy g’o’lalarini keskin, kuchli va tasodifiy yo’nalishlarda berilgan zarba orqali parchalash muhimdir. ...Bunday “parchalash” texnikasi kremniyga emas, balki kvars, kvarsit kabi boshqa tosh jinslariga qo’llanilganda, qo’polligiga ko’ra eolitlardan qolishmaydigan uchirindilar olish imkonini bergan. Bunday yo’l bilan ishlangan tosh buyumlar sinantroplar bilan birga uchraydi”14.
Bundan kelib chiqadiki, Omon-Qo’tonning tosh qurollari Sinantroplarning tosh qurollariga juda o’xshashdir.
Kremniydan va yashmadan ishlangan qo’pol tosh qurollar mashhur Krapina g’oridan ham topilgan. Bu yerdan topilgan tosh qurollar mustyegacha bo’lgan davrga oiddir. Shunga o’xshash tosh inventar Lya Ferassining quyi qatlamlaridan ham topilgan.
Ushbu qurollar ancha tasodifiy xarakterga ega. Bunday qurollar topilgan makonlarga: Taubax, Rabuti, Eringsdorf makonining quyi qatlamlarini ham kiritish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muzey materiallari o’lkamizdagi qadim zamonlarda yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi davrda qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish bilan keng mehnatkash ommani, shu jumladan, o’quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi.
Omon Qo’ton g’ori yoki Arslon g‘ori Samarqand shariga yaqin Zarafshon tog‘larining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. 1947 yil arxeolog D.N. Lev bu yerdan odamning son suyagini qazib olgan. Keyingi o‘rganishlarda qatlamdan belkurak vazifasini bajargan toshqurollar topilgan.Topilgan suyak qoldiqlari Teshik Tosh g‘oridan topilgan qazilmalar tarkibi va xarakteriga tegishlidir. Mazkur topilmalar kechki ashyol madaniyatiga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston chegarasida shu davrlarda odamlar yashaganini isbotlaydi12.
Samarqand shahri yaqinidagi Omon Qo’ton g’ori uzunligi 80 metrga yaqin bo‘lib, bir necha xonalardan tashkil topgan. Katta bo‘lmagan g‘orning kirish qismi o‘rnini qoldiqlar topilgan keng ayvon egallaydi. Boshqa ayvonlar va o‘tish joyi ostidan yil davomida sathi o‘zgaruvchi oqar ko‘l o‘tgan. Aprel oyi o‘rtasida g‘or butunlay suv bilan to‘lib, undan soy ajraladi va u ikki oy davomida yaqinidagi daralarni oziqlantiradi.
Iyun oyida suv sathi keskin pasayib, oy o‘rtasida soy butunlay quriydi. G‘orni ko‘rishga iyun oyi oxirida kelish mumkin, biroq bu vaqtda ham g‘orning pastki qismida suv qoldiqlari saqlanib qoladi va ikkinchi ayvonga o‘tish qiyinroq bo‘ladi.
Umuman olganda, g‘orlar dahshatli ko‘rinishga ega, lekin oyoq ostidan suv o‘tib, uning sathi ko‘tarilsa, vahimali taassurot qoldiradi.