«Taklif funksiyasi» - taklif hajmining uni belgilovchi omillarga bog‘liqligidir.
Agar taklif hajmini belgilovchi barcha omillarni shu tovar baho- sidan tashqari o‘zgarmas deb qabul qilinsa, unda taklif funksiyasidan taklifning bahoga bog'liq bo‘lgan funksiyasiga o'tish mumkin: QsA=f(PA) taklifning bahoga bog‘liqlik funksiyasini talab funksiyasiga o'xshash quyidagi misol yordamida ko‘rish mumkin:
PA(qiymat birligi hisobida)
|
Qsa (taklif miqdori, birlik hisobida)
|
100
|
300
|
150
|
500
|
500
|
1000
|
Taklif hajmini baho darajasiga bogTiqligini quyidagi 7-chizma ko‘rsatadi:
7-chizma. Taklif chizig'i.
Demak, baho kamayishi bilan taklif hajmi pasayadi va aksincha baho o‘sishi bilan ortadi. Taklif qonunining mohiyati ham shunda.
KoTinib turibdiki, baho kamayishi bilan takif hajmi ortib bor- moqda. Baho R2>P( bo'lganda Q2PS2 yoki S2,S, taklif chizig'i yo'nalishida taklif hajmining o'zgrishini ifodalaydi.
Taklifning o‘zgarishi — taklif chizig‘ining S, dan S2 holatiga surilishidir.
«Taklif bahosi» deganda, sotuvchilar tovar miqdorini bozorda eng past (minimal) narxda sotishga bo‘lgan roziligiga aytiladi. Xaridor va sotuvchilarning ta’sir darajasi quyidagi chizmadan ko‘rinadi:
8-chizma. Bozor muvozanati
S - taklifning bahoga bogMiqlik funksiyasi;
E — muvozanat nuqtasi;
D - talabning bahoga bog'liqlik funksiyasi.
Talab hajmi taklif hajmiga mos kelgandagi, baho — PE muvo- zanatlashgan baho deyiladi. Bozorda muvozanatlashgan bahoda sotiladigan QE miqdordagi tovarga muvozanatlashgan miqdordagi tovar deyiladi.
E koordinatasida QE=Q=QD bo‘ladi.
Bunda:
Qs - taklif hajmi;
Qd — talab hajmi.
Muvozanat holatida bozor balanslashgan bo‘lib, sotuvchida ham, xaridorda ham uni buzish uchun harakat bo‘lmaydi. Bozor balans- lashmagan holatda xaridorda yoki sotuvchida bozordagi holatni o^zgartidsh xohishi paydo bo‘ladi. Faraz qiling, haqiqiy bozor bahosi muvozanat bahodan katta bo‘lsin, ya’ni P>RE (8-chizma). Bunday bahoda talab hajmi QD ga, taklif hajmi Qs ga teng. Bu holatda ishlab chiqaruvchilar tovar narxini bir muncha kamaytirishni lozim topa- dilar.
Haqiqiy bahoning muvozanatlashgan bahodan past bo‘lgan holatiga qaralsa, unda talab hajmi (QD), taklif hajmi (Qs) dan yuqori. Ayrim xaridorlar tovarni yuqori narxda xarid qilishni munosib topadi. Natijada talabning ortiqchaligi (ya’ni QD>QS) tovarning bahosi (R) ni oshishiga ta’sir qiladi. Bunday jarayon narx bir joyga borib to'xtamaguncha, ya’ni talab hajmi bilan taklif hajmi teng kelguncha davom etaveradi. Muvozanat holatidan har qanday chetga chiqish bozorni dastlabki holatiga qaytaruvchi ko'rsatkichlami harakatga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |