Aylantiring. Istagan shaklingizda, istagan vaqtingizda va ista- ganingizcha pulni aylantirishingiz mumkin. Ya’ni: «Bir ishga pul tashlayman, ikkinchisini o‘rganib boraman va uchinchisini qidiraman». Daromadingiz xarajatlaringizga nisbatan ortib bormoqdami, ortiqcha mablag‘ni yana foyda keltiradigan ishga tashlang. Ammo foydasini yaxshilab hisob-kitob qiling. Bordiyu, foyda sizni qoniqtirmaydigan bo‘lsa, yana boshqa bir ishni izlang. Pulni avvalo sog‘lig‘ingizni yaxshilashga, ta’lim olishga, mulkka va albatta, xususiy ishga tashlang. Iloji boricha o‘zingizning ishingizga, o'zingiz rivojlantiradigan biznesga ega bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |