0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Olingan pirovard va o‘rtacha daromad miqdori



Download 2,36 Mb.
bet205/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   266
Olingan pirovard va o‘rtacha daromad miqdori

Bir birlik mahsulot Bahosi - P doll.

Sotilgan lorarlar miqdori, dona

Olingan daromad, dollar

umumiy

R=P,Q

6irovard MP

o‘rtacha

AR=P/Q

6

0

0

-

-

5

1

5=5-1

5

5

4

2

8

5=8-5

4=82

3

3

9

1

3 ■

2

4

8

-1

2

1

5

5

-3=5-8

1





Egri chiziqning yuqorisida (Q hajmi 3 dan kam bo'lganda) talab o‘zgaruvchan va bunda pirovard daromad ijobiy miqdorga ega bo‘ladi.

Chunki sotiladigan mahsulot hajmining o‘sishi, shuningdek, daromadni ham o‘stiradi.


doll.



64-chizma.
Pirovard o'rtacha daromadning o‘zgarishi.


Egri chiziqning quyi tomonida talab o‘zgaruvchan emas. Unda pirovard daromad salbiy. Chunki mahsulot ishlab chiqarish o‘sganda (va baho kamayganda) daromad kamayadi.

Algebrik usulda ko‘rilsa, agar mahsulotga bo'lgan talab P=6-Q bo‘lsa, korxonaning oladigan umumiy daromadi PQ=6Q—Q bo‘ladi.

0‘rtacha daromad PQ/Q—6—Q ga teng. Bu esa mahsulotga talabning egriligini ifodalaydi. Pirovard daromad AP(Q)/ AQ yoki 6-2Q dir. Buni 18-jadval ma’lumotlaridan tekshirib ko'rish mumkin.



  1. Xarajatlarni foyda miqdoriga ta’siri

Ma’lumki, foyda miqdori bir qancha omillar ta’sirida bo‘ladi, ular har xil darajada ta’sir etadi. Ayniqsa, sof foyda miqdori bozor sharoitida kreditlarni moliyalashtirish, stavka foizlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy boshqarish nuqtai nazaridan sof foyda birinchi navbatda, korxona berilgan moliyaviy resurslarni qanchalik to‘g‘ri ishlatganligiga, ya’ni ular nimalarga sarf etilganligiga bog'liq. Ikkinchidan, mablag'lar tarkibining manbalariga bog‘liq. Birinchi holat asosiy va aylanma mablag‘larning hajmi, tuzilishi va samarali ishlatilishida ko‘rinadi. Mabsulot tannarxining asosiy ele- mentlari — bu o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlardir. Lekin ular o‘rtasidagi nisbat har xil boMadi va korxonani texnika, texnologiya sohasida tanlagan siyosati bilan aniqlanadi. Mahsulot tannarxini tuzilishini o‘zgarishi albatta foyda miqdoriga ta’sir etadi. Asosiy kapitalni investitsiyalash doimiy xarajatlarni ko'payishi (nazariy jihatdan bo'lsa ham) va o‘zgaruvchan xarajatlarni kamayishi bilan birga kechadi. Lekin ularning bog'liqligi bir xil emas. Shuning uchun doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi optimal darajadagi bog‘liqlikni aniqlash oson emas. Xuddi shu bog‘liqlik ishlab chiqarish (yoki operatsion) leviriji kategoriyasi bilan tavsiflanadi. Lining darajasi korxonaning ishlab chiqarish tavakkalchiligini ko‘rsatadi.

Ishlab chiqarish leviriji — bu doimiy va 0‘zgaruvchan xarajatlar miqdorining nisbatini umumiy xarajatlardagi salmog.‘i bilan ifo- dalaniladi.

, _ TFC

Lish TVC

«Leviridj» — «Leverage» inglizcha ibora bo'lib, maxsus ada- biyotlarda keng qo‘llanilmoqda.'

«Leviridj» qandaydir kuch ta’sirida og‘ir buyumlarni ko‘tarish ma’nosini beradi. Boshqacha aytsak, ma’lum miqdordagi foydani olishga bo‘lgan xarajatlarning ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Misol. Bitta tumanda joylashgan ikki korxona — biri «Nurli tong», ikkinchisi «Ester» turistik firmasi haqida quyidagi axborotlar ma’lum. «Nurli tong» korxonasi chuchvara mahsulotlarini tayyorlaydi, tortib joylashtiradi I va ulgurji savdo qiladi. Bu yerda o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lib chuchvara uchun xomashyo, upakovka materiallari va mehnat xara- jatlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirilgani tufayli boshqa xarajatlar mahsulot hajmiga bog'liq emas, shuning uchun doimiy xarajatlar hisoblanadi. Ikkinchi korxona — «Ester» turistik agentligi Yovropa davlatlardagi shaharlar bo‘yicha avtobusda turistik xizmatlarni amalga oshiradi. 0‘zgaruvchan xarajatlar bo'lib unda har bir yo‘llanmaning narxi (komission mukofotlardan tashqari) bo‘lib, bu xarajatlar turizm operatori hisobiga o‘tkaziladi. Komission yig‘im miqdori odatda har bir tur sayohat xizmatidan 20% ni tashkil etadi. «Nurli tong» va «Ester» korxonalarining 2005-yil 3-choragi bo‘yicha moliyaviy natijalarining shakllanishi quyidagi jadvalda ko‘rinadi.

19-jadval


«Nurli tong» va «Ester» korxonalarining 3-chorak 2005-yil bo‘yicha moliyaviy natijalari

Ko'rsatkichlar

«Nurli tong» korxonasi

«Ester» firmasi

Ming so'm

Pul tushimlariga % hisobida

Ming so‘m

Pul tushimlariga % hisobida

Pul tushumlari

45000

100

45000

100

O'zgaruchan xarajatlar

26000

58

36000

80

Qo'shimcha

19000

42

9000

20

Doimiy xarajatlar

16000

35

6000

13

Foyda

3000

7

3000

7





Ko'rinib turibdiki, olingan pul mablag'lari hajmi bo'yicha kor- xonalar bir xil (45000; 3000; 7). Ammo xarajatlar tarkibi esa keskin farq qiladi. «Ester» turistik agentligiga o'zgaruvchan xarajatlar salmog‘i 80% bo‘lsa, «Nurli tong» korxonasida 58%. Hisoblashlar quyidagi natijalami ko‘rsatadi:




Ko'rsatkichlar

«Nurli tong»

«Ester»

Zararsizlik nuqtasi

27586

7500

Ishlab chiqarish leviriji (TFC/NVC)

0,62

0,17

- Ishlab chiqarish levirijining samaradorligi

6,33

3,00





Jadvalda, TFC - doimiy xarajatlar, TVC — to‘la o'zgaruvchan xarajatlar.



Zararsizlik nuqtasi — korxona foyda ham, zarar ham ko‘rmaydigan mahsulot hajmini ifoda etish darajasidir. Ko‘rinadiki, xarajatlarni qoplab zararsizlik nuqtasiga chiqish uchun «Nurli tong» korxonasi sotish hajmini anchagina oshirishi zarur (27586 so‘m). U holda «Ester» firmasi 7500 so‘mlik yo‘llanma sotsa kifoya qiladi. Shunda ham foyda olishni boshlaydi.

Bu xildagi misollar ko‘plab resurslar talab qiladigan metallurgiya, temir yo‘l, suv transporti, neft qazib chiqazish sohalariga tegishli. Bunday korxonalarda doimiy xarajatlar salmog‘i ancha yuqori bo‘ladi (Ishlab chiqarish leviriji yuqori). Ularda bozor munosabatlari holati yaxshi bo‘lmasa, zarar ko‘rish ehtimoli tavakkalchiligi yuqori bo'ladi. Ishlab chiqarish levirijini yuqori boMib chiqishi korxonani tavak- kalchilik bilan ish ko‘rishini ko‘rsatadi. Lekin xarajatlar tarkibida doimiy xarajatlar salmog‘ini yuqori bo‘lishini salbiy holat deb hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sababi bunday sharoitda korxonada yangi ishlab chiqarish quwatlari kiritilgan, texnikaviy qayta qurish ishlari, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. So‘zsiz bu xildagi barcha omillar ijobiy bo'lib, doimiy xarajatlar salmog'ini oshiradi va ishlab chiqarish leviriji sama- radorligini, mehnat unumdorligini o'sishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish levirijining samaradorligini korxona pul tushumlarini o‘zgarishi bilan, uning foydasi bilan o‘zgarishini ifodalaydi. «Nurli tong» korxonasida ishlab chiqarish leviriji 6,33% ga teng. Bu shuni ko‘rsatadiki, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumlarini 1% kama- yishi uning foydasini 6,33% ga kamayishiga olib keladi. Pul tushumlarini 10% ko‘payishi foyda miqdorini 63,3% ga o‘zgartiradi (10%x6,33%).



Shunday qilib, korxona yoki firmalardagi ishlab chiqarish leviriji­ning darajasi — bu mahsulot tannarxi tuzilishi va ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish yo‘li bilan foydadan foizlar va soliqlarni ajrat- guncha bo‘lgan foyda miqdoriga ta’sir etishning potensial imko- niyatlarining tavsifidir.

Demak, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumlarini o'zgarishi foyda miqdorini keskin o'zgartiradi. Bunday holat esa ishlab chiqarish dastaklarining samaradorligi deb ataladi. 0‘zgaruvchan xarajatlarni qoplagandan keyingi realizatsiya hisobidan kelgan tushumlami foydaga nisbati ishlab chiqarish dastaklarining ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Umumiy xarajatlar miqdori bir xil bo‘lganda o‘zgaruvchan xarajatlar qancha kam bo‘lsa, ishlab chiqarish dastaklarining ta’sir kuchi ham shuncha ko‘p bo’ladi.



Asosiy iboralar va tushunchalar

  1. Samaradorlik — resurslardan foydalanish mahsuldorligini ifodalaydi.


  2. Download 2,36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish