Iqtisodiy foyda — umumiy tushumdan tashqi, ichki xarajatlarni va normal foydani ayirmasiga teng.
Iqtisodiy xarajatlar — bu firma yoki korxona to'lashi shart bo‘lgan to'lovlar. Iqtisodiy xarajatlar barcha to'lovlami, ya’ni tashqi va ichki to'lovlarni (normal foyda bilan birga) o‘z ichiga oladi.
Pirovard xarajatlar (MC) - bir mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo’lgan qo‘shimcha xarajatlardir.
Nazorat savollari
Xarajatlar, ularning tarkibi to‘g‘risida tushuncha bering.
Xarajatlarni mahsulot hajmiga ta’sirini chizmada tushuntiring.
Resurslar qanday taqsimlanishi kerak? Misollar, chizmalar bilan yoriting.
bob. KORXONA FOYDASI VA PIROVARD DAROMAD
Foyda, daromad to‘g‘risida tushuncha va uni hisoblash tartibi
Ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish iqti- sodiyotni hozirgi bosqichida rivojlantirishning eng muhim xo‘jalik vazifasidir.
Bu vazifani hal etish maksimal foyda bergan mahsulot hajmining optimal yoMlarini tanlash bo‘yicha qilinadigan ishlarni davom ettirish bilan bog'liq. Foydani maksimallashtirish to‘g‘risidagi taxminlar mikroiqtisodiyotda ko‘p ishlatiladi. Chunki uning yordamida korxona va firmalarning xatti-harakatlarini (faoliyatini) aniq bashorat qilish va keraksiz murakkab analitik hisoblashlardan voz kechish mumkin.
Foyda — ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘r- satkichidir. Korxonalar to‘g‘risidagi 0‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘rsatilishicha: Hamma turdagi korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatgich foyda (daromad)dir. Foyda (daromad) amartizatsiya aj- ratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxona va tashkilotlar, fuqorolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limoti foydani ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish natijasida olingan daromad deb hisoblaydi. Foyda va daromad tushunchalari bir xil emas. Daromad miqdori foydadan kattadir. Foyda - daromad bilan ishlab chiqarish xarajatlari orasidagi farq. Korxonaning xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad uning hisobiga quyidagi qismlar bo‘yicha qo‘shiladi:
Mahsulotni sotishdan kelgan sof tushum.
Asosiy faoliyat natijalaridan kelgan daromad.
Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromad.
Favqulotdagi holatlardan kelgan foyda.
Ularning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Mahsulotni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida»gi Qo‘llanmadan topish mumkin. Sotilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |