Mutlaq samaradorlik har doim olingan natijani uni olish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarga nisbatini ifodalaydi.
Foyda - shu korxonada tadbirkorlik qobiliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan minimal, ya’ni eng kam miqdordagi to‘lov. Foyda daromad bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi farq hisob- lanadi.
Pirovard daromad (MR) — mahsulot hajmini bir birlikka o‘sishi (AQ) natijasida daromadning o‘sishi AR(Q).
Nazorat savollari
Iqtisodiy samaradorlik nima?
Umumiy muvozanat, xususiy muvozanat tushunchalarning mohiyati nimada?
Iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash uchun nima qilish kerak?
Foyda, daromad, iqtisodiy foyda, sof foyda pirovard daromad qanday hisoblanadi?
Qisqa davrda, uzoq davrda foydani qanday yo‘Uar bilan oshirish mumkin?
bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATI - ISHLAB
CHIQARISH OMILI SIFATIDA
17.1. Tadbirkorlikning mohiyati va vazifalari
0‘zbekistonda yildan-yilga nodavlat sektorining mulk shakllaridagi hissasi oshib bormoqda.
Nodavlat mulkida salmoqi 90% yuridik shaxslar faoliyat ko'r- satmoqda. Jami faoliyat yuritilayotgan yuridik shaxslarning (249,2 mingta yanvar 2004-yil uchun) 95%dan ko‘pi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardir. Ular 2004-yili 237,5 mingta bo‘lgan. Iqtisodiyotimizda band bo‘lganlarning 70%dan ko‘pi nodavlat sektorida ishlaydi. Demak, mikroiqtisodiyot tadbirkorlikka asoslangan fandir. Ularning eng ko‘plari (87,4% dan 92,2%gacha) Qashqadaryo, Samar- qand, Andijon, Farqona viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Nodavlat mulki asosida ishlayotganlarning ko‘plari esa (90,6% dan 94,2%gacha) Buxoro, Jizzah, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Biz yuqorida ko‘rdikki, boshqa xil ishlab chiqarish omillari qatori «Tadbirkorlik», «Tadbirkorlik faoliyati» ishlab chiqarishning eng muhim omilidir.
Tadbirkorlik ham eng yaxshi pirovard natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish kishilarning mehnat faoliyati ni amalga oshirish jarayonidagi harakatidir.
Tadbirkorlik bozor mexanizmining ajralmas qismidir. Uning eng muhim farq qiluvchi tomoni bo‘lib erkin raqobat hisoblanadi.
Tadbirkorlik ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa ham, uni hozirgi tushunchalari kapitalizmni tartib topishi va rivojlanishi bilan yuzaga keldi. Mamlakatning gullab yashnashining asosi va manba’i bo‘lib erkin tadbirkorlik hisoblanadi.
Bugungi kunda ma’rifatli bozor iqtisodiyotining muhim talabi — kam mehnat sarflagan holda, ko‘proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat. Bu boradagi ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy harakatlantiruvchi kuch — tadbirkorlardir.
Respublikamizning strategik yo‘nalishi jamiyat va fan oldiga ishlab chiqarishning muntazam rivojlanishi ta’minlaydigan yangicha iqtisodiy
munosabat va g‘oyalami qaror toptirish, iqtisodni boshqarishni tubdan qayta isloh qilish, yangicha xo‘jalik yuritish usullarini doimo izlab topish va uni amaliy kundalik hayotga tadbiq qilishni talab qilmoqda. Bu quyidagilarni talab etadi:
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga ko‘proq ishbilarmon tadbirkor va bilimdon kishilami jalb etish;
menedjer, marketing, tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti sohasi bo‘yicha, turli mutaxassislar uchun yetarli har tomonlama doimo yangi bilim berishni keng tadbir-choralarini amalga oshirish;
hozirgi bozor iqtisodiyoti muammolarini yechadigan har xil mutaxassislami tayyorlash;
ishlab chiqarish jarayonlarini raqobatga chidamli qilib tashkil etish;
mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish; turli xil mulkchilik shakllarini joriy qilishni tezlashtirish;
joylarda mahsulotlami qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish;
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yanada rivojlantirish;
xususiy mulkchilikka keng imkon berish;
aksionerlik uyushmalarini tashkil etish;
birgalikda aralash korxonalar qurish yo‘liga o‘tish;
ijara, pudrat, dehqon (fermer) xo‘jaligi ko‘rinishlaridagi xo‘jalik yuritish usulini qo‘llashni yanada rivojlantirish;
mehnat intizomini mustahkamlash;
davlat bozor iqtisodiyoti sohasidagi strategik yo'nalishlari siyosatini tartibga solib, boshqarish yoiini takomillashtirib borish;
chet el munosabatlarini mustahkamlagan holda ularning kapi- tallaridan unumli foydalanish;
moliya-kredit, soliq va bank ishlarini takomillashtirish va h.k.
Biznes - biror faoliyat (ish) yuzasidan bo‘lgan munosabat,
aniqrog‘i ishbilarmonlaming iqtisodiy munosab2tlaridir.
Shu nuqtai nazardan biznesning uch turi ajratiladi:
savdo — vositachilik.
ishab chiqarish biznesi.
xizmat ko‘rsatish asosidagi biznes.
Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki tipi ajratiladi:
Traditsion tipdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.
Novator — tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida ixtirolami ishlab chiqarishga qo‘llaydi va awal ma’lum bo‘lgan tovarlami ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi. Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi murnkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |