1 Ивашковский C.H. Микроэкономика. M., «Дело» 1998. Гл. 10.1. 243-bet.
Yuqoridagi fikrlarga shuni qo‘shib aytish kerakki, erkin bozor sharoitida inflatsiya, ishsizlik, ortiqcha ishlab chiqarish va boshqa iqtisodiy noxushliklar bo‘lmaydi. Davlatning ishtiroki, vazifasi va aha- miyati alohida mavzu. Shunday qilib, erkin bozoming shartlari shundan iborat. Lekin shu beshta talab amalda hech qachon bajarilmaydi1.
Erkin (takomillashgan) bozor ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga soladi; regulyatorlik vazifasini o'taydi, chunki u:
talab va takiifni muvozanatga keltirishni ta’minlaydi;
kishilarning pirovard talablarini qondirishga qaratilgan;
d) cheklangan resurslarni samaraliroq taqsimlaydi. Bunga asos bahodagi ma’lumotlar.
Cheklangan resurslarning samarali taqsimlanishiga baho pirovard xarajatlarga teng bo'lganda (P=MC) erishiladi.
Bu tenglik firma o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish resurslarining pirovard xarajatlari, ishlab chiqarilgan va sotishga erishilgan mahsulot baholarini ko‘rsatadi. Natijada kishilarning talablari maksimal darajada qondiriladi. Asosiy va yagona maqsad shundan iborat.
Sof holdagi yakka hokimlik bozorida bir xil mahsulot ishlab chi- qaruvchi yagona firma faoliyat ko‘rsatadi.
Bunday bozorda sotuvchi ham, oluvchi ham bitta. Bular - davlat tashkilotlari, boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan xususiy mo- nopoliya bo‘lishi mumkin.
Sof raqobat bozorida tarmoqqa boshqa qo‘shimcha firmalarning kirishi qiyin. Sof mutlaq monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotni boshqa tarmoqlarda ishlab chiqariladigan o'rinbosarlari bo'lmaydi. Shuning uchun talab egri chizig‘i raqobat bozoridagiga o'xshaydi.
Sof monopoliya takomillashgan raqobatga o‘xshash ilmiy model sifatida amal qiladi, haqiqiy hayotda esa yo‘q. Ayniqsa, mamlakat miqyosida uchramaydi. Agar kichik shahar, qishloq olinadigan bo‘lsa (masalan, bitta non zavodi, bitta poliklinika, bitta maktab va shunga o‘xshashlar), u holda mutlaq monopoliya har qanday mamlakatga xos. Hattoki, AQSHda YaMM ning 5%i sof monopoliyaga yaqin sharoitda yaratiladi. Shunday ekan, buni o‘rganishni nima zaruriyati bor. Gap shundaki, raqobatchilar nihoyatda ko‘p bo‘lgan va mutlaqo bo'lmagan sharoitda firma o‘zini qanday tutishi, qanday harakat qilishi kerakligini (mumkinligini) bilishi zarur.
Firmalar sof monopoliya sharoitida mahsulotini sotishi bo'yicha haqiqiy hokim bo‘lib, ma’lum darajada bahoni nazorat qiladi, unga
C.H. Ивашковский. Микроэкономика. M. «Дело». 247-bet.
ta’sir etadi, taklifni o‘zgartiradi. Bozordagi yakka hokimlik tarmoqqa kirish va chiqish to'siqlari bo‘lganda yuzaga keladi. To‘siqlarni kelib chiqish sabablari har xil.
Monopol raqobat bozori
Monopol raqobat bozorining mohiyati, xillari
Monopol yoki takomillashmagan raqobat bozorining mohiyati uning quyidagi xillari (yoki tiplari)da ko’rinadi:
monopolistik raqobat;
monopoliya;
oligopoliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |