Shunday qilib, kapital — keltirilgan, yaratilgan vaqtdan boshlab ishlab chiqarishda uzoq yillar xizmat qiluvchi ishlab chiqarish omili, u daromad keltirib turishi zarur.
Kapital va yer birgalikda mamlakat moddiy boyligini tashkil etadi. Ular uzoq davr mobaynida ishlatiladi va ma’lum qiymatga ega. Lekin moliyaviy boylik moddiy boylikdan farq qiladi. Masalan, birorta aniq firmaning 100 ta aksiyasiga ega bo'lgan kishi uchun bu moliyaviy kapital. Uning aksiya sertifikatlari qiymatga ega. Chunki ular moddiy boylikka egalik qilish huquqini beradi. Lekin sertifikatning o‘zi moddiy boylik emas. Sertifikat yordamida avtomobil ishlaD chiqarib boMmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |