Asosiy iboralar va tushunchalar
Tovar — e’tiborni tortish, xarid qilish, foydalanish yoki iste'mol qilish maqsadida bozorga chiqarilgan va ehtiyojni, talabni qondira oladigan barcha narsalar, jumladan, jismoniy obyektlar, xizmatlar, shaxslar, g'oyalar, tashkilotlardir yoki tovar- mehnat faoliyatining mahsuli bo’lib, sotish uchun mo'ljallangan ish va xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Baho - tovarlarni pulga ayirboshlash normasi.
Iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy-xo‘jaligi, korxona, davlat, ijtimoiy tashkilotlar.
Ratsional harakat — resurlar cheklangan sharoitda foydani maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan harakat.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari — iqtisodiyot ixtiyorida turgan mavjud resurslar va bilimlar hisobiga har qanday ikki xil mahsulotni maksimal hajmda ishlab chiqarish mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |