Har bir korxona o‘zining huquqiy maqomiga ega. Unda korxona o‘z ishini qanday boshlashi kerak, soliqlarni qachon, qancha miqdorda to‘lashi zarur va hokazolar ko‘rsatiladi. Davlat korxona uchun uning faoliyatini tartibga soluvchi, uni himoya qiluvchi, boshqaruvchi bo‘g‘in bo‘lib yuzaga chiqadi. Davlat — korxona faoliyatining huquqiy normalarini belgilaydi, korxona faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir koTsatadi. Davlat yakka hokimlikka qarshi siyosat olib borib, ayrim kuchsiz korxonalar raqobatda sinib qolmasligi, ayrim xil xomashyo, mahsulotlar bahosi oshib ketmasligini oldini olib, ularni tartibga solib turadi.
Davlat pul va kredit siyosati yordamida investitsiyaga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga, uni tuzilishiga ta’sir o4kazadi; Investitsiya talab
qiluvchi tovarlar bozorida investoriarni xatti-harakatlari strategiyasini belgilaydi. Iqtisodiyotning holatiga (inflatsiya darajasi, budjet tizimidagi kamyoblik, ishlab chiqarishning tuzilish holati va hokazolarga) qarab bozorni boshqarishning u yoki bu konsepsiyasi qoilaniladi. Наг qanday konsepsiya quyidagi maqsadlaiga qaratiladi:
pirovard maqsadlarga erishishga (milliy daromadni o’sishi, aholini ish bilan band bo‘Iishi, inflatsiya suratini pasayishi...);
oraliq maqsadlar (kapitalga bo‘lgan talab va taklifning nisbati, stavka foizlari, pul massasining dinamikasi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |