Resuslar cheklanganligi jamiyat a’zolarining barcha talablarini bir
vaqtda va to‘la-to‘kis qondirish mumkin emasligidadir. Ularning cheklanganligi esa ishlab chiqarishning cheklanishi, demakdir. Resurslar cheklanganligi yetishmovchilik yoki kambag‘aiiikni ko‘rsatmaydi, balki ulardan unumli, tejamkorlik bilan o‘z oTnida foydalanish zarurligini talab etadi. Shuning uchun ham iqtisodiy resurslar tanlab ishlatiladi.
Iqtisodiyotdagi ana shunday holat har qanday jamiyat oidida doimo quyidagi muammolami keitirib chiqaradi:
Nima ishlab chiqarish lozim?
Qancha ishlab chiqarish lozim?
Bu mahsulotni qanday qilib (qaysi texnologiya yoki qanday usullar yordamida) ishlab chiqarish zarur?
Bu mahsulotni kirn xarid qiladi, kim iste’mol qiladi?
Shu tizim (ishlab chiqarish) bozor talabida tez-tez bo‘ladigan 0‘zgarishlarga moslasha oladimi, yuqmi?
Bunday muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi bozor iqti- sodiyotining rivojlanishiga, yashashiga imkoniyat yaratadi yoki aksincha, bozor iqtisodiyotining rivoji yuqoridagi umumiy muam- molarni hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytsak, iqtisodiy faoliyatning takroran davom etib borish jarayoni quyidagicha ko'ri- nadi:
— Iste’mol (nima ishlab chiqarish?);
Resurslar (mehnat, mehnat buyumlari);
Texnologiya (qanday qilib ishlab chiqarish?);
— Mahsulotlar;
— Foydalanish (ne’matlarni qanday qilib taqsimlash kerak?);
— Yangi talablar.
«Iqtisod» — «xo‘jalik» ma’nosini beradi. U yunoncha so‘zdan olingan bo‘Iib, «uy xo‘ja!igini yuritish san’ati», demakdir.
Iqtisodiyot fani xuddi ana shularni o'rganadi. Hozirgi zamon iqti- sodiyoti nazariyasi mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot qismlaridan iborat.
Iqtisodiyot fanining ushbu sohalariga murojaat etish va uni o‘rga- nish 0‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini tartibga solish, istiqbol dasturlarini belgilash, milliy iqtisodiy manfaatlarni xalqaro ko'lamda himoya qilish omillarini yaratishga ko'maklashadi.
Ushbu kitob Mikroiqtisodiyot ilmiga bag'ishlangan o'zbek, rus va chet tillarida chop etilgan darsliklarning mazmun va mohiyatini bilgan holda va shu sohadagi ko‘p yillik bilim va tajribalar asosida to‘plangan hamda muallifning o‘zi tuzgan va qabul qilingan Namunaviy 0‘quv Dasturiga muvofiq nashrga tayyorlash jarayonida qayta ishlanib, to' 1- dirilib tuzatilgan. Ammo haqiqiy hayotimiz hodisa va jarayonlarga boy, ular doimo harakatda, o'zgarishda. Shunga ko'ra, darslik xususida bildi- rilgan xolisona fikr, taklif va mulohazalaringizni muallif minnatdorchilik bilan qabul qiladi.
bob. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI
VA 0‘RGANISH USLUBI
Fanning predmeti va vazifalari
Iqtisodiy faoliyatning obyekti bo'lib, iqtisodiy ne’matlar hisob- lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |