Sof (takomillashgan) raqobat bozorining belgilari va afzalliklari:
Nisbatan kichik ishlab chiqaruvchilarning va xaridorlarning ko‘pligi, ulaming erkin ravishda bozorga kirishi va undan chiqishi.
Bunda istagan kishi yo har kim tadbirkorlik faoliyati bilan shu- g‘ullanishi yoki bunday faoliyatni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. U o‘z firmasini ochishi, mustaqil mehnat qilishi; ishchilami yollashi mumkin. Har qanday kompaniyaning aksiya va obligatsiyalarini sotib olish; bankga pul qo‘yishi va undan ma’lum foizlar olish; ko'chmas mulkni (yer, uyni) investitsiya qilishi va rentalarni o'zlashtirishi mumkin, erkin bozor modeli uchun davlat mulkidan tashqari, barcha mulk shakllari tegishli bo‘ladi va har bir shaxs ulardan xohlaganini tanlashi mumkin. Bunday bozorda iste’molchilarga tazyiq o‘tkazilmaydi (diskriminat- siya). Xaridor istagan tovarlarini xarid qiladi.
Uzoq davrda moddiy, moliyaviy mehnat va boshqa ishlab chi- qarish omillarining mutlaq ravishda shart-sharoitlarga qarab o‘zgarishi (moslashishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |