Tayyor mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xomashyo mate- riallar miqdori. Bu ko‘rsatkich maxsus tarmoq va ishlab chiqarishlarda qo'llaniladi. Masalan, qora metallurgiyada — 1 tonna cho‘yan olish uchun ruda va koks xarajati; 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun metall shixtalari sarfi; konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda - 1 tonna pechene uchun un xarajati miqdori; mashinasozlikda - lta traktor uchun metall xarajati; poyafzal ishlab chiqarishda 100 juft ma’lum turdagi va sifatdagi oyoq qiymati uchun charm va boshqa materiallar xarajati va boshqalar. Elektroenergetikada yoqilg‘idan foydalanish darajasini bir kilovatt/soat elektrenergiyasi olish uchun ketadigan yoqilg'i miqdori (grammda). Bu ko'rsatkich bir yillik shartli yoqilg'i miqdorini (tonnada) shu yili ishlab chiqarilgan elektr- energiyaning (kvt/soatlarda) umumiy miqdoriga nisbati bilan topiladi.
Materiallardan foydalanish koeffitsiyenti detallar, uzellar, buyumlarni sof og‘iriigini (Bd) bir dona detal yoki buyumga ketadigan materiallarning xarajat normasiga (Hd) (reja bo'yicha foydalanish koeffitsiyenti) yoki haqiqiy miqdoriga nisbati (hisobot ko‘rsatkichi) bilan topiladi. Buyumlarning sof og‘irligi deb, tasdiqlangan chizmalar va texnik shartlar talabiga mos kelgandagi og‘irligi hisob qilinadi. Materiallardan foydalanishning bu ko‘rsatkichi quyidagicha topiladi:
ft js ^Bg Bbuyum ,
ГЛ — _ — _ r )
m Ъня Hbuywn
Agar tayyor mahsulotning sof og‘irligi 60 kg, xarajat normasi 75 kg, haqiqiy xarajat 80 kg bo‘lsa, reja bo‘yicha materiallardan foydalanish koeffitsiyenti 60:75=0,8 yoki 80%, haqiqiy koeffitsiyent esa 60:80=0,75 yoki 75% bo'ladi.
Ayrim xil sanoat tarmoqlarida — metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati va boshqalarda xomashyo materiallariga ketma-ket ishlov beriladi. Bunday sharoitda materiallardan foydalanish darajasi har bir ishlab chiqarish bosqichi bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Korxona bo'yicha moddiy resurslardan foydalanishning umumiy ko‘rsatkichi xususiy ko‘rsatkichlarni o'zaro ko'paytirish yoii bilan topiladi. Moddiy resurslardan foydalanish ko‘rsatkichlarini va ulardan foydalanishni tahlil etishda qo‘yidagilami hisobga olish zarur:
buyumlarni sof og‘irligi har doim bir xil turmaydi. Sanoatda mashina va uskunalarning og‘irligini kamaytirib borish imkoniyatlari ko‘p;
buyumlar, detallar shakli, konfigurasiyasi materiallarni isrofiga ta’sir qiladi;
materiallardan foydalanish koeffitsiyenti ko‘p jihatdan ishlab chiqarish texnologiyasiga, ishchilaming kasbi, mahorati va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi;
korxonaga kelib tushadigan xomashyo, materiallaming sifati katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |