Moddiy boyliklaming bugungi qiymati ularning kelajakda nima yaratishiga bog‘liq. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqarish dastgohlari, bino, inshootlar va boshqalarga sarf qilingan kapital mablag'larini kelasi davrlarda olinadigan qo‘shimcha foyda bilan taqqoslash zarur bo'ladi. Firmalar bir qarorga kelishdan awal ana shu masalalar ustida o‘ylab ko‘rib, «kelasi davrda olinadigan foyda qanchaga tushadi?» degan savolga javob topishlari kerak bo‘ladi. Lekin yollangan ishchi kuchini jalb etishda, xomashyo materiallami sotib olishda bunday muamolalar paydo bo‘Imaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |