Hodisalarni tahlil qilishda pozitiv va normativ tahlil usullari ham ishlatiladi.
Pozitiv yondoshuv voqealarni real holatini ifoda etadi.
Normativ usulda u yoki bu jarayonga baho beriladi.
Masalan, metroda yurish bahosi keyingi ikki yilda 50 so‘mdan 150 so'mga oshgan bo'lsa bu - pozitiv yondoshuv. Agar biz metroda yurish bahosini 50 so‘nidan 150 so‘mga ko'payishi, kishilar daromadini kamaytirib turmush tarzini pasaytirgan bo'Isa, bu normativ yondoshuv hisoblanadi.
Iqtisodiy modellashtirish usulini ishlatish har qanday fikrlarni, chizmalarni. jadvallarni va shuningdek, jarayonlarni matematik tarzda ifodalash imkoniyatini beradi.
Induksiya usulida faktlardan nazariya tomon, xususiy hodisalardan umuntiylikka tamon boriladi.
Alohida iqtisodiy agentlar - uy xo'jaligi, korxona va firmalar, iste’molchilar va boshqalar faoliyatini o'rganishda optimallashtirish vositasi ham qo‘llaniIadi. Shuning uchun barcha ish olib boriladigan tushunchalar pirovard xarakterda bo'ladi (pirovard foydalilik, pirovard mahsulot, pirovard xarajatlar, pirovard tushum va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |