0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi


(152 so‘z. “Mangu latofat” kitobidan)



Download 85,37 Kb.
bet5/17
Sana31.12.2021
Hajmi85,37 Kb.
#200408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

(152 so‘z. “Mangu latofat” kitobidan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Adolat va insoniylik mezonlari haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.

YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI

Ko‘klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg‘iz o‘tiraverib, zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo'lmadi, borib holidan bir xabar olib kelay deb, do‘sti yashaydigan mahallaga yo‘l olibdi. Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib bog‘ida ishlayotgan ekan. Buni ko‘rgan sulton Husayn otidan tushib, do‘sti bilan so‘rashgach:

  • Hormang, do‘stim! Nega shoirlar majlisida ko'rinmay qoldingiz desam, bog‘bonlikni pesha qilibsiz-da! - debdi.

Mir Alisher ham belbog‘i bilan peshanasidagi terini artar ekan:

  • Ko'klam kelsa ko‘chat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bog‘dagi qurigan olmalarni qo‘porib tashlab, o‘rniga uch-to'rt tup yong‘oq ekayapman, - deb javob beribdi.

  • Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qilishning sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshagan bo‘lsak, bu yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? Oxir umringizda mana shu bog‘dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina g‘azal bitib o‘tiravermaysizmi?

  • Do'stim, yaxshidan bog; qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko‘chalarini changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekayapman. Bir kun kelib, shu ko‘chatlarning har biri azim daraxt bo‘lib, hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan totib ko‘rishganda, «Bu bog‘ Mir Alisherdan qolgan!» - deyishsa, shuning o‘zi menga har qanday ne’matdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.

Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga bir hamyon to‘la tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:

  • Ana ko‘rdingizmi, do‘stim! Ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo‘yibdi.

Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qo­yil qolgan ekan.


Download 85,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish