6— yopishqoq qurilish materiallari ombori;
7—to‘g‘ridan-to‘g‘ri (vagon-avtomobil) qayta ortish platformasi.
Omboming eng zamonaviy va maqsadga muvofiq turi — bu an- garli ombor hisoblanib, uning ichki qismiga temir yol kiradi. Agar katta hajmda yuk qayta ishlanadigan bo Isa, temir yo‘lning tashqari qismida joylashgan omboiga qaraganda bu turdagi omborlami qurish arzonga tushadi. Angarli omborlarda mehnat sharoitlarijuda yaxshi, yuklarning saqlanishi va yuk ortib-tushirish ishlarini mexani- zatsiyalashga boigan imkoniyat oshadi. Angarli omborlaming to‘rtta turi qollaniladi. Ularning ichiga bittadan to to‘rttagacha temir yol izi kirgan boiishi mumkin. Omborlaming uzunligi standart ravishda 72 m, 144 m, 216 m va 288 m qilib qabul qilingan.
Yuk bekatlarining namunaviy chizmalari
Yuk bekatlarining chizmalari va ularning joylashish o‘rinlari texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, ishning miqdori va tavsifi, ajra- tib beriladigan hududning maydoni, topografik, geologik va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish asosida tanlanadi. Agar bekat - ni rivojlantirish kerak bo Isa, qurilmalardan iloji boricha toliq foydalanish hisobga olinadi.
Yuk bekatlarida asosiy qurilmalarning joylashishi va tuzilishi vagonlar harakati oqimini, poyezdlar harakat xavfsizligini va manevr ishlarini amalga oshirishdagi harakat xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlashi kerak.
Yuk bekatlarining chizmalari ko‘plab shartlarga: bekat turi (berk yoki aksincha), ishning hajmi va tavsifi, ajratilgan maydon konfiguratsiyasi, korxonalarning joylashishi, bekatga ulanadigan korxona temir yo‘llari, shaharning rejalashtirilishi, yuk rayoni- ning turi va boshqalarga bog‘liq. 11.2- rasmda berk turdagi yuk bekatining chizmalari ko‘rsatilgan.
Ushbu chizmada yuk rayoni asosiy park bilan ketma-ket joylashgan. Kelgan vagonlar kichik quwatli saralash tepaligida tarqatiladi. Vagonlarni bo‘shatish uchun manevr lokomotiv te- gishli saralash parkining yo‘liga boradi va vagonni olib yuk rayoni - ning tegishli yo‘liga qo‘yadi. Yuklangan va bo‘shatiIgan vagonlar esa yuk rayonidan manevr lokomotivi yordamida olib chiqib, saralash-jo1 natish parkining tegishli yo‘liga qo‘yiladi.
U
. 11.2- rasm. Berk turdagi yuk bekatining chizmalari:
Ushbu chizmada: Q— poyezdlarni qabul qilish parki; S—/—saralash yo‘llari, tuzish va jo'natish parki; S— bekatga keladigan vagonlarni saralash parki; /^texnik idora; 2—texnik xizmat ko‘rsatish punkti; 3—lokomotivlarni eki pirovkaqilish quriimasi; 4~vagon og'irligini o‘lchaydigan tarozi; 5,6— kichik quwatli saralash tepaligi; 7—vagonlarni ta'mirlash yo‘li; 8— yuk hovlisining o‘tish yo‘li; 9-korxona temir yo‘lining ulanishi.
shbu turdagi chizmada yuk rayoniga vagonlarni berish va yig'ib olib chiqishdagi uzluksizlik va vagonlar yurish masofasining qisqa-
rishi e’tiborga olinadi. Chizmaning kamchilik tomoni — keladigan poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va tarqatish operatsiya- lari bekatning bir hududida jamlanganligidadir. Chunki buning uchun katta uzunlikda maydon talab qilinadi. Bundan tashqari yuk bekatlarining yuk rayonlari parklarga parallel joylashgan, saralash tepaligi qabul va saralash parklari oraliglda joylashgan chizmalari mavjud.
Berk turdagi yuk bekatlarining barcha chizmalarida texnik idora bekat parklari yonida, asosiy manevr rayoni yaqinida joylash- tiriladi.
0‘tuvchi ochiq turdagi yuk bekatining asosiy chizmalari 11.3- rasmda ko‘rsatilgan boiib, unda parklar va yuk rayoni o'zaro parallel joylashtirilgan. Ushbu chizmalarda ham yuk rayonlariga xizmat ko‘rsatish awalgi berk turdagi kabidir. Ammo ushbu chizmalarda bekatda bajariladigan harakatlar bekatning ikki tomon strelkali bo‘g‘izlari orasida taxminan birdek taqsimlanadi.
Magistral bosh yo‘llarda joylashgan ko‘pchilik yuk stansiya- lari korxonalarga, bazalarga va omborlarga xizmat ko‘rsatadi. Ayrim maxsuslashtirilmagan yuk bekatlarida ko‘p sonli bosh yollar mavjud boiib, vagon aylanmasi 300 ta yoki undan ko‘proq boiishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |