0‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar Reja:
0‘rtaliq birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar va asboblarni tasnifi
0‘rtalik birikmalarni bajarish texnologiyasi
0‘rtaliq birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar va asboblarni tasnifi
Yog‘ochdan detail buyumlar tayyorlashda ko‘pincha kesuvchi va o‘yuvchi iskanalar bilan bajariladi. Uya va go‘shalarni o‘yishda asosan trapetsiya shaklidagi o‘yuvchi iskana ishlatiladi. Bunday iskanalar uglerodli asbobsozlik po‘latidan, ularning dastalari qattiq yog‘ochlar (zarang, qora qayin, grab, hizil)dan yasaladi. Dasta yorilib ketmasligi uchun unga po‘lat holqa kiydiriladi.
Odatda yog‘ochsozlik va duradgorlik iskanalari boMadi
Kesuvchi iskananing tig6i 25-30° burchak hosil qilib charxla-nadi. Ishlanadigan yog‘och qanchalik qattiq bo‘lsa, o‘yuvchi va kesuvchi iskananing o‘tkirlik burchagi shunchalik katta boiishi lozim. Uyuvchi iskana asosan ensiz va chuqur o‘yiqlar hosil qilishda ishlatiladi. Kesuvchi iskanalar tekis va yarim doira shaklida bo‘ladi
1-rasm. 0‘yuvchi iskanalar: a - yog‘ochsozlivda; 6 - duradgordik-
2-rasm. Qirquvchi iskanalar: a - yassi iskana; b- nrich duchadoq iskana.
Ulardan tirnoqni, uyani, quloqlarni tozalashda, yog‘och va fanerning zihlarini yo‘nishda, yog‘och detallarni ko‘ndalangiga kesishda foydala- niladi. Kesuvchi iskana o‘yuvchi iskanadan yupqaroq va uning o‘tkirlik burchagi 15-25° boMadi.
Uyani o‘yish: a - o‘yishda iskananing holati; b- qirinlilarii iskana bilan chiqarish.
0‘rtalik birikmalarni bajarish texnologiyasi
0‘yuvchi va kesuvchi iskanalar bilan ishlashda metall bolg‘alarlan emas, balki sg‘och bolg‘a (to‘qmoq)lardan foydalaniladi.
Yog‘ochlami o‘yishda ish o‘mini tashkil etishning quyidagi qoi- dalariga rioya qilish zarur:
Tik turib o‘yishda korpusni to‘g‘ri ushlash, boshni sal oldinga og‘dirish va oyoqlar orasini ochiq holda tutish kerak).
Tubi yopiq go‘shalami o‘yishda detalni bir tomondan rejalana-
di.
Ochiq go‘shalarni o‘yishda esa detalni ikki qarama-qarshi tomondan rejalanadi.
Kalta detallar verstak iskanjasiga mahkam o‘rnatiladi. Duradgorlik verstagining qopqog‘ini shikastlantirmaslik uchun ishlanayotgan detaining ostiga kichikroq taxta qo‘yish lozim. Chuqur va ensiz uyalar asosan o‘yuvchi iskanada o‘yiladi. Bunda iskananing eni rejalangan o‘yiqning kengligiga baravar bo‘lishi kerak. Lekin har doim buning iloji bo‘lavermaydi. Ko‘pincha ustaxonadagi mavjud iskananing eni- dan keng o‘yiqlar ochishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday hollarda uya yoki teshiklar bir o‘tishda o‘yuvchi iskanani reja chiziqlaridan biriga zichlab qo‘yib, uning eniga baravar qilib o‘yiladi va ikkinchi tomonda- gi yog‘ochning ortiqcha qismi kesuvchi iskana bilan olib tashlanadi.
0‘yishda reja chizig‘idan 1-1,5 mm qoldiriladi va bu qo‘yim kesuvchi iskana bilan tekislab olib tashlanadi.
Uyuvchi iskanani tik holatda keyokichining qiya tomonini uyaning ichiga qaratib qo‘yiladi.Qarshi tomonga qarab o‘yiladi.Birinchio‘yiq olingach, iskanani shuo‘yiqdan 15-20 mm nariga qo‘yiladi va qiyalatib o‘yiladi.
Yog‘ochning kesilgan qismlari iskana bilan kovlab chiqariladiAgar ochiq uya o‘yish lozim bo‘lsa, oldin zagotovkaning bir tomonidan uya chuqurligining taxminan 213 qismi o‘yilib, keyin zagotovkaiing teskari tomoni agdarib qo‘yib o‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |